Biznes muloqot va akademik yozuv


Stress tekshiruvchi suhbat



Download 2,32 Mb.
bet57/309
Sana02.01.2022
Hajmi2,32 Mb.
#85030
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   309
Bog'liq
Biznes muloqot va akademik yozuv-fayllar.org (1)

Stress tekshiruvchi suhbat. Stress tekshiruvchi suhbat u yoki bu shaxsni stressga reaksiyasini tekshirish maqsadida nomzodlarni qiyin holatga qoʻyadi. Bu metod ranjimasdan qiyin holatlarga ro‘baro‘ keluvchi shaxsni lavozimga tanlashda qoʻllaniladi. Stress tekshiruvchi suhbat nomzodlarning jasurlik, odoblilik, sovuqqon tabiat va oʽzini tuta bilish kabi xislatlarni boshqa shaxslar va guruhlarga zid kelgan hollarda tekshiradi.

Tanlov suhbati. Tanlov suhbatning eng asosiy maqsadi muayyan ish oʻrinlari uchun nomzodlarning mosligini aniqlashdir. Ishga yollanishdagi suhbatlar suhbat oʻtkazuvchilar guruhi tomonidan oʻtkaziladi. Suhbat 10 minutdan 45 minutgacha, hattoki, undan ham uzoqroq vaqtni olishi mumkin. Suhbat oʻtkazuvchilar esa yaxshi nomzodlarga bundan ham koʻproq vaqt ketkazadilar. Ular nomzodlarning tashkilotga qoʻshilish uchun mosligini baholashga qodir boʻlishlari uchun yetarlicha ma’lumot yigʻishlari kerak boʻladi. Nomzodlar ham tashkilot, uning ishchilarga oid siyosati va madaniyati, yangi ishchilardan nima kutishi va karyera rivojlanishida qanday imkoniyatlar taklif etilishi haqida bilib olishlari shart.

Shaxsning tanlagan sohasi boʻyicha malakali, yuqori mahoratga ega mutaxassis sifatida shakllanishi murakkab jarayon boʻlib, unga koʻp yillik samarali mehnat, ijodiy izlanishlar natijasidagina erishish mumkin. Biroq mazkur sifatlarning shakllanishi uchun zamin oʻrta maxsus kasb-hunar kollejlaridagi tahsil jarayonida yaratiladi. Boʻlajak iqtisodchi-pedagogning kasbiy tayyorgarligi jarayonida mutaxassislikka oid bilim, koʻnikma va malakalarni oʽzlashtirib borishi bilan bir qatorda psixologiya fani boʻyicha nazariy va amaliy bilimdonlikning shakllanishi ham muhim ahamiyatga ega. Xalq xo‘jaligining turli sohalaridagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish, dolzarb vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun har bir mutaxassisda kasbiy kompetentlikni shakllantirib borishga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Kasbiy kompetentlik kishining kasbiy faoliyat bilan bogʻliq vazifalarni bajara olish qobiliyati va undan samarali foydalana olish imkoniyati boʻlib, u shaxsga xos koʻplab psixologik xususiyatlarga ega boʻlishni taqozo etadi.

Kasbiy nutq maqsad yo‘nalishlari xususida gap borar ekan, uning yana bir muhim jihati e’tiborga loyiq. Ma’lumki, nutq orqali inson oʽzi uchun zarur boʻlgan obroʻ-e’tibor qozonadi, ijtimoiy mavqeini oshiradi. "Odamning qimmati - soʽzida", deya bejiz aytmagan xalqimiz. "...Biz odatda e’tibor qilmagan kishi suxango‘yligi bilan bizni rom etishi mumkin. Aql jismga jon ato etishi bilan barcha, muayyan ma’noda uni yangilaydi ham; bir-birini quvib, almashib kelayotgan tuygʻu va fikrlar yuzni jonlantiradi va unga u yoki bu ifoda beradi; aqlli nutq odamga diqqatni uzoq vaqt bogʻlab qoʻyadi". (Jan Jak Russo).

Rahbar (siyosiy arbob, muassasa yoki korxona rahbari vash.k.) xalq, omma, jamoa diqqat markazida boʻlib, shu makonda hurmat qozonib yetakchilikka erishadi. Rahbarlikni sharaf bilan ado etmoq uchun, kishi oʽzi rahbarlik qiladigan sohani bilishigina emas, balki yana bir qator sifat va fazilatlarga ega boʻlmogʻi kerak. Ular ichida avvalo til va nutq imkoniyatlarini ishga sola bilishni ajratib koʻrsatish darkor.

Demokratik islohotlar yoʻlidan borayotgan Oʻzbekistonda shaxs, shaxs tafakkuri jamiyatning asosiy jihatiga aylanib bormoqda. Qurilajak jamiyatning bu xususiyatlari rahbar ongida ham oʽz aksini topmogʻi lozim. Zamonaviy rahbar qolip vazifasini o‘taydigan namuna emas, balki oʽzgalar tushunishga intilgan shaxs sifatida namoyon boʻladi. Nafaqat uning oʽzi, balki u muloqotga kirishgan odamlarning har biri ham betakror individuallikka, oʽz soʽzi va fikriga ega boʻlgan shaxslardir. Bunday sharoitda avtoritarlik emas, Shaxsiy hurmat-e’tiborgina ish berishi mumkin. Bu borada Kaykovus bergan ogit oʽz ahamiyatini yo‘qotmagan:




"...Soʽzning ikki yuzi bordur. Biri xo‘b va biri zisht. Har soʽzni xaloyiqqa zohir qilsang, yaxshi yuz bila zohir qil, toki maqbul boʻlsin va xaloyiq sening soʽz bila baland martabaga egaligʻingni bilsunlar".

Rahbar ommaga, jamoaga oʽz fikrlari, nuqtai nazarini yetkazishga harakat qilar ekan, muhim sinovdan o‘tadi, zero, rahbar hukmu qarori oʽzgalarning taqdiriga ta’sir oʻtkazadi. Shu ma’noda omma (jamoa) muayyan ma’noda rahbarning muxolifi hamdir. Odamlar rahbarning yoʻl qoʻygan xatosiga, noto‘gʻri soʽziga darhol munosabat bildiradilar.



Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish