Biznes muloqot va akademik yozuv


Germaniyalik tadbirkorlar



Download 2,32 Mb.
bet149/309
Sana02.01.2022
Hajmi2,32 Mb.
#85030
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   309
Bog'liq
Biznes muloqot va akademik yozuv-fayllar.org (1)

Germaniyalik tadbirkorlar

Masalan, agar Sizning ko’z o’ngingizda nemis do’stingiz telefon turgan xonaning, faks joylashgan joyning va nusha olish uskunasi turgan

joyni qulflab qo’ysa yoki bundan foydalanishga ruxsat bermasa, zinhor hafa bo’lmang, chunki bu narsa nemislarning tejamkorligidan dalolat beradi. Telefonda ham ular ko’p gaplashmaydilar, ishning indallosini aytib hal qilib qo’ya qoladilar, chunki vaqtni va pulni tejash kerakda. Nemislar juda aniq ish qilishni yoqtiradilar, shuning uchun ham agar Siz bir ishni aniq qilinishiga gumon qilayotgan bo’lsangiz, yaxshisi oldindan undan voz keching, chunki aks xolda Siz o’z do’stlaringizni umrbod yo’qotasiz. Nemis do’stlaringiz daraja va mansablarini aniq bilishni istaydilar, shuning uchun ham uchrashuv boshlanishidan oldin unda qatnashuvchi har bir insonning daraja va mansablarini aniqlab olish lozim. Siz albatta bizda qabul qilinganidek sovg’alar bilan kelasiz, lekin ulardan javob sovg’asini kutishni unuting, chunki bu erda bunday narsalar tadbirkorlar uchrashuvlari uchun qabul qilinmagan. Nemislarning hamma kundalik bajaradigan ishlarini kunlar va soatlar bo’yicha oldindan aniqlab qo’yish odatlari bor, shuning uchun uchrashuv haqida ularni oldindan xabardor qilib, Siz bilan uchrashuvni ham o’z kalendarlariga kiritib qo’yishlariga ahamiyat bering. Bunday qilmasligingiz mumkin, lekin bunda nemis do’stingiz Siz bilan uchrashuv xaqidagi taklifingizga rad javobini berishi ham mumkin. Vaqtni nemislar juda ham qadrlaydilar. Bizning quyidagi maqol ular uchun xayot qonuni desak to’g’ri bo’lar edi: «Vaqting ketdi - baxting ketdi».

Angliyalik ishbilarmonlar

Ingliz tadbirkorlari juda ham malakali hisoblanib, ular bozor sharoitlarini aniq tahlil qila olishadi, qisqa, o’rta va uzoq muddatli bashoratlar qilishning ustasi faranglari, qisqa muddatda foyda olinishi mumkin bo’lgan ishlarni juda qiziqish bilan bajarishadi, uzoq muddatli loyihalarni esa unchalik yoqtirishmaydi. Moliyaviy va xomashyo resurslari bilan savdo qilishda dunyoda ularning tengi yo’q desa ham bo’laveradi. Ular konservativ, eski g’oyalarga juda ham sodiq bo’ladilar. Ingliz tadbirkorlari juda ko’p sohalarni biladigan, eruditsiyali, inson faktoriga

alohida ahamiyat beradigan insonlardir. Ular faqat iqtisodiyotnigina emas, balki adabiyotni, madaniyatni, sportni va boshqa sohalarni ham yaxshi biladigan insonlardir. Ularning kuzatish qobiliyati juda ham yuqori va yaxshi ruxshunos/psixologdirlar. Shuning uchun ham yolg’onni, aldashni hamda chala bilim olganlarni yoqtirishmaydi. Ular bilan uchrashuvda dastavval kompliment sifatida «Biz inglizlardan ko’p narsani o’rganishimiz kerak» deb, keyin ulardan amaliy yordam so’ragan ma’qul bo’ladi. Ular o’z bilim va tajribalari bilan o’rtoqlashishga juda ham ishqibozlar va ba’zi paytlarda o’z ishlarining nozik tomonlarini ham ochiq aytib berishlari mumkin. Ingliz tadbirkorlari ko’p yillardan beri bu faoliyat turi bilan shug’ullanib kelgan oilalarning (dinastiyalar) farzandlaridir. Shuning uchun ham ularda yoshlarning amaliy va ruhiy tayyorgarligi juda ham yuqori darajada bo’ladi. Ular kolledj va maxsus tijorat maktablarida chuqur nazariy va amaliy bilimlarni egallagan bo’ladilar. Ingliz tadbirkorlari doirasida shaxsiy va telefon muloqotida, tushlik va lanchlarda, simpozium va kongresslarga borganda, ko’rsatmalarga, klublarga tashrif qilganda o’ziga xos muomala qoidalari mavjudki, ularga rioya qilish katta ahamiyatga ega. Agar Siz ular bilan til topib, aloqa qila olsangiz, faqat hozirgi kungagina emas, balki uzoq muddat davom etadigan do’stona aloqalarga ham ega bo’lasiz va bu korxonangizga katta, qimmatli hamda doimiy foyda keltirishi mumkin. Agar Ingliz do’stingiz Sizni lanchga (tushlikka) taklif qilsa, aslo rad qilmang, lekin keyinchalik Siz ham shunday ishni qilishingiz lozimligini aslo unutmang. Uchrashuvdan oldin uning qancha vaqti borligini so’rang, bu bilan Siz uning vaqtini qadrlashingizni ko’rsatasiz. Kim bilandir qachondir uchrashgan yoki muloqot qilgan bo’lsangiz, ularni kerakli vaqtlarda eslab, ularga bayramlar, tug’ilgan kunlar tabrigini yuborsangiz, obruyingiz yana ham ko’tariladi va ular Sizni yaxshi odam va ishonchli hamkasb sifatida xurmat qila boshlashadi. Angliyada sovg’alar berish va qabul qilish pora sifatida emas, balki bir ritual sifatida qabul qilingan. Bunda beriladigan narsalarning ruyxati oldindan ma’lum bo’ladi: kalendarlar, yozuv daftarchalari, avtoruchkalar, zajigalkalar, yangi yilga esa spirtli ichimliklar ham sovg’a qilish mumkin. Boshqa xil turdagi narsalar sovg’a qilinsa, ular buni qarshi tomonga qilingan bosim deb qabul qilinishlari mumkin.

Fransiyalik tadbirkorlar

Frantsuz firmalari bilan aloqa qilishni boshlash uchun eng avvalo ularni yaxshilab va har tomonlama o’rganish lozim bo’ladi, keyin esa ularga reklama materiallarini, kataloglarni, mahsulotingizdan namunalarni va qanday shartlar asosida mahsulotni ularga yuborishingiz mumkinligi xaqidagi ma’lumotlarini jo’natishingiz lozim bo’ladi. Bu ma’lumot va materiallarning barchasi frantsuz tilida bo’lishi kerak, chunki frantsuzlar ingliz yoki nemis tilini o’zaro biznes aloqalarida qo’llashni yoqtirmaydilar va bu ularning milliy qadr-qimmatlarini erga uradi deb tushunadilar. Taklif yuborganingizdan so’ng, javobni bilish uchun unga qo’ng’iroq qiling yoki faks jo’nating. Frantsiyada xuddi bizning mamlakatdagidek tanishlar, yaqin aloqalar va do’stlar katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham kerakli aloqalar qarindoshlar va do’stona aloqalar tufayli o’rnatiladi. Ular hech kim bilmaydigan notanish odamlarni o’zlariga yaqin ham keltirishmaydi. U erda byurokratiya juda ham rivojlanganligini alohida aytib o’tish kerak. Qarorlar chegaralangan sonli yuqori lavozimli xodimlar tomonidangina qabul qilinadi. Frantsuzlar taklifingizni juda ham puxta va har tomonlama o’rganib chiqadilar. Ular tavakkalchilikni unchalik yoqtirmaydilar. Takliflar muhokama qilinayotganda frantsuzlar Sizning gapingizni tez-tez bo’lgan xolda, o’z fikr-muloxazalarini va takliflarini bildirishni yoqtiradilar. Shuning uchun ham Siz uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko’rib kelishingiz lozim bo’ladi. Ular bilan tuzilgan kontraktlar ko’pincha to’rt betdan oshiq bo’lmaydi va ularga o’zgartirish kiritishni frantsuzlar yoqtirishmaydi. Qabul marosimlari faqat kabinetdagina emas, balki nonushta, tushlik va kechki ovqat paytida ham o’tkazilishi mumkin. Lekin takliflarni faqatgina kofe tortilgandan so’ng berishingiz mumkin.


Italiyalik ishbilarmonlar

Italiyalik tadbirkorlar o’zaro aloqalar o’rnatishda anchayin faoldirlar, ular tashkiliy va formal muammolarni echishni cho’zib o’tirmasdan darhol hal qiladilar, boshqa alternativ turdagi aloqalar o’rnatishga ham rozi bo’lishlari mumkin. Chunki ularda administrativ qarorlar qabul qilishni uzoq muddatga cho’zadigan murakkab administrativ tadbirlar yo’q. O’zaro aloqalar bog’lash uchun ish yo’nalishi ko’rsatilgan va firma xaqida qisqacha ma’lumotlar berilgan xatlar bilan almashinish kifoya. Ko’pincha o’zaro iqtisodiy aloqalar o’rnatish uchun vositachi firma yoki shaxslarga murojaat qilish ham etarli bo’ladi. Italyan ishbilarmonlari bilan tanishishni boshlash uchun tashrif qog’ozlari (vizitkalar) bilan almashinish lozim bo’ladi. Shuning uchun ham ulardan ko’proq miqdorda olishingiz zarur bo’ladi. Agarda Sizga biror-bir kimsa vizitka bersayu, Siz unga bera olmasangiz, darxol uzr so’rab, buning sababini aytish va keyinroq buni unga yuborishni va’da qilish lozim bo’ladi. Italyan tadbirkorlari jamiyatda yoki biznes olamida taxminan bir xil darajada turgan kishilarning bir-birlari bilan muzokara olib borishlariga katta e’tibor beradilar. Shuning uchun ham uchrashuvdan oldin uchrashuv qatnashchilarining qaerda ishlashlarini, yoshlari va mansablarini bilishga intiladilar. Italiyaliklarning vizitkalarida ma’lumot italyan va ingliz tillarida beriladi. Italiyada hamkorlarning ishdan tashqari paytdagi noformal muloqotlariga ham juda katta ahamiyat beriladi. Ular o’z mamlakatlari bilan juda ham faxrlanadilar va shuning uchun ham bu borada Sizda chuqur ma’lumotlar borligini sezsalar, Sizga nisbatan katta xurmat-e’tibor ko’rsatadilar. Ko’pgina masalalar va muammolarni italiyaliklar noan’anaviy muhitda, masalan restoranda muhokama qilishni

yoqtiradilar. Chunki ular bunday ochiq muhitda xaqiqiy fikrlar gapiriladi va e’tiroz bildirish osonroq bo’ladi deb tushunadilar. Agarda bir masala bo’yicha tayinli bir echimga kelish qiyin bo’lsa, ular aqlga muvofiq bo’lgan kelishuvga ham yurishlari mumkin.

Amerikalik biznesmenlar

Amerikalik tadbirkorlarning asosiy maqsadi har bir tadbirning ma’lum bir miqdorda foyda keltirishiga qaratilgan. Ya’ni, bekorga mehnat va vaqt sarfiga yo’l qo’yilmaydi, so’z berildimi, uni bajarish shartdir, har qanday ishni yaxshi va har tomonlama puxta o’ylab amalga oshiriladi, chuqur tahlil, mas’uliyatlarning aniq bo’linishi, bajaruvchanlik madaniyatiga katta ahamiyat beriladi, ishni ertaga bugundan ko’ra yaxshiroq bajarishga intilish, mayda-chuyda detallarga ham katta e’tibor berish, kadrlarning va ishlab chiqarishning mutaxasislashuviga diqqatni qaratish, aniqlik va shaffoflik hamda konstruktivizmga intilish ularning ish uslubidir.

Ular bilan ishlash uchun Amerikaliklarning o’zaro aloqalariga e’tibor bering. Ular yaxshi iqtisodiy ma’lumot olganliklari uchun o’zlarini har qanday davlat iqtisodiyotini va biznesini juda yaxshi biladilar deb hisoblaydilar. Kontraktlar tuzayotganda ular bu bilan bog’liq hamma mayda-chuyda narsalarni Sizga aytmaydilar, lekin baribir Sizdan ishning mohiyatini tushunishni hamda amerikacha tadbirkorlik faoliyatini yuritishingizni kutadilar. Agarda uchrashuvlar paytida Siz muhokama qilinayotgan masalalar yuzasidan to’liq ma’lumotga ega bo’lmasangiz, uni bilganday qilib ko’rsating va tegishli savol-javoblar orqali tezlik bilan ishning mohiyatini tushunib olishga harakat qiling (induktsiya va deduktsiya usuli). Maktublar yozganda yoki muloqot qilayotganda albatta Sizni ular bilan birinchi bor tanishtirgan tashkilotlar yoki shaxslar nomini ko’rsatib o’ting. Agar bu shaxslar oldindan Sizni amerikalik tadbirkor tanishtirib qo’ysalar (telefon, faks yoki e-mail orqali) nur ustiga a’lo bo’ladi. Muhokama chog’ida qarama-qarshi tomon diqqat-e’tiborini o’z korxonangizning boshqa firmalardan farqli bo’lgan alohida ijobiy xususiyatlariga qaratsangiz, bu Sizga bir qadar yordam berishi mumkin. Agarda Sizning takliflaringiz ularning asosiy maqsadi bilan muvofiq bo’lsa, ular albatta bunga qiziqib qoladilar. Amerikalik hamkorni qidirayotganda Sizning fikringizcha ishlash maqsadga muvofiq bo’lgan 12-16 ta firmani tanlab oling. Katta va juda ham mashxur firmalarni tanlamang, chunki Sizga o’xshaganlardan juda ko’pchiligi ularga takliflar bilan chiqadilar va Sizning taklifingiz nazardan chetda qolishi ehtimoldan holi emas. Ular xaqida iloji boricha ko’proq ma’lumot yig’ing. Muammo bo’yicha biror-bir odamning ismini bilib oling va u bilan muloqot qilib bo’lganingizdan so’ng, keyingi muloqotlarda uning nomiga ishora qiling. Muhokama yoki uchrashuvdan oldin Siz nimani istayapsiz va natija qanday bo’lishi kerakligini aniqlab oling. Muloqotni shunday uyushtiringki, unda Sizning asosiy muammolaringiz muhokama qilinsin va Sizning imkoniyatlaringizga urg’u berilsin.

Yapon tadbirkorlari

Ular bilan muloqot an’anaviy g’arb va sharq tadbirkori bilan muloqotdan ancha-muncha farq qiladi. Masalan, yaponlar telefon qo’ng’iroqlari orqali yoki xatlar vositasi bilan emas, balki shaxsiy uchrashuvlar orqali aloqa qilishni afzal ko’radilar. Bunda ko’pincha vositachi shaxs yoki tashkilot oraga tushishi lozim bo’ladi. U ikkala tomonga ham yaxshi tanish bo’lgan yapon biznesmeni, tashkiloti yoki biz tomondagi ular yaxshi tanigan tashkilot namoyondasi bo’lishi mumkin. Yapon ishbilarmoni bilan tanishuv, vizitkalarni almashinish bilan boshlanadi va agar bunda Siz o’zingiznikini unga bermasangiz, u qattiq ranjishi mumkin. Yaponlar uchrashuvda ikki tomonning mavqei ham barobar bo’lishini talab qilishadi, chunki past tabaqa vakillari bilan muloqot an’anaviy yapon axloqiy normalariga asosan «O’z mavqeini yo’qotish» deb baholanadi. Shuning uchun ham yaponlar birinchi uchrashuvdayoq tomonlarning mavqelari bir-biriga mos

keladimi yoki yo’qmi, aniqlab oladilar. Mavqeda bir darajaga ham farq mavjud bo’lsa, yaponlar qarshi tomon etiket qoidasini buzdi va u biznes olamida obrusiz hamda u bizdan bir nimani so’rash uchun kelgan deb tushunadilar. Demak, uchrashuvdan oldin yapon tomonidan kimlar muzokarada ishtirok etishini bilib olib, shunga mos bo’lgan delegatsiya tayyorlash lozim bo’ladi. Agar buning iloji bo’lmasa, qisqa protokol tashrifi uyushtiriladi, xolos. Ular bilan uchrashuvlarga sabablariga qaramasdan, hech qachon kech qolmaslik kerak, chunki bu ularni xafa qilib qo’yishi mumkin. Mabodo kech qoladigan bo’lsangiz, ularni oldindan ogohlantirib, uchrashuv vaqtini shunchaga qisqartirishingiz lozim bo’ladi. Yaponlar bilan qo’l berishib ko’rishmang, chunki ular egilib salom berishni xush ko’radilar. Yaponiyaliklar o’z suhbatdoshini va uning fikrini oxirigacha, uning gapini bo’lmasdan eshitadilar. Ular muloqot paytida boshlarini qimirlatib qo’yishlari, ularning roziliklarini emas, balki Sizning fikringizni tushunganliklarini bildiradi. Agar yapon firmasida biror-bir shaxs ishdan bo’shasa, u bilan aloqa qiladigan hamma shaxslarga bu xaqda ma’lumot yuboriladi. Boshqa ishga o’tayotgan xodim esa ishdan ketishidan oldin yangi xodimni o’zining shu sohadagi hamma hamkorlari bilan shahsan tanishtiradi. Yaponlar bilan juda ham muloyim va yaxshi munosabatda bo’lish lozim, chunki ular buni juda ham qadrlaydilar. Ularni haddan tashqari maqtab yuborsangiz, Sizdan tilyog’lama ekan deb shubhalanishlari ham mumkin. Ko’proq aniq dalillarga tayangan xolda bu ishni amalga oshirsangiz yomon bo’lmaydi. Ular bilan qizishib gaplashish ishni buzib qo’yishga olib kelishi mumkin. O’zingizni tutib, bosiq muloqot qilsangiz, maqsadga erishasiz. Ozgina miqdorda yapon tilini bilsangiz, bu ham shubhasiz Sizning foydangizga hizmat qiladi.


Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish