Xorijiy firma va korxonalar o‘z faoliyatlarida samaradorlikka erishish uchun ishlab chiqarish texnika va texnologiyalariga e’tibomi kuchaytirishdan tashqari, mahsulot sifatini oshirish va uni reklama qilishga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Masalan, Yaponiyaning «Omron» firmasi o‘ziga «Barchaning yaxshi hayoti, yaxshi dunyo uchun» degan iborani shior qilib olgan. Amerikaning «Katerpiller» kompaniyasining shiori «Dunyoning har bir burchagida 48 soat xizmat ko‘rsatish» bo‘Isa, «Ribok» firmasi «yaxshi bahodagi narx» iborasini shior qilib olgan. Bunday misollardan yana bir nechtasini keltirib o‘tish mumkin. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqadiki, samara va samaradorlik qotib qolgan kategoriyalar qatoriga kirmaydi hamda faqatgina pul ko'rinishida o‘lchanmaydi. Samaradorlik va sifatli mehnat tufayli korxona birinchidan, o‘zining iqtisodiy barqarorligi va bozordagi raqobatchilikka bardosh berishini ta’minlaydi, ikkinchidan, o‘z imidjini yaxshilaydi va hamkorlar bilan aloqalarini mustahkamlaydi, uchinchidan , xodimlaming iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini yaxshilaydi. Demak, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yoMlarini qidirish, xarajat va natijalarni to‘g‘ri solishtirish, mulkchilik shakli, qaysi tarmoqqa tegishliligi, hududiy joylashishi va faoliyatidan qat’i nazar, har bir korxona uchun muhim vazifa hisoblanadi.

Do'stlaringiz bilan baham: |