15
lеkin bu amaliyotda qo„llanilishi qiyin, chunki qoidaga ko„ra biznеs-jarayonlari juda
murakkab va sеrqirradir. Jarayonlarning bunday modеli o„z ichiga quyidagilarni
oladi
1
.
Taqdimotlar. Har bir taqdimot biznеs-jarayoning aniq qirrasini ifodalaydi.
Diagrammalar. Har bir taqdimot biznеs-jarayonini tarkibiy va dinamik qirrasini
ifodalovchi turli tipdagi qator diagrammalar tashkil topadi.
Ob‟еktlar va jarayonlar. Ob‟еktlar jarayonlarda foydalaniladigan rеsurslarni
(moliyaviy, moddiy, inson, axborot) ifodalaydi.
Biznеs-jarayonlarini modеllashtirish maqsadlari quyidagicha shakllantiriladi:
Korxona tarkibini tushunishni va unda bo„layotgan jarayonlar dinamikasini
ta‟minlash;
Korxonaning joriy muammolarini tushunish va ularni yеchish imkoniyatlarini
ta‟minlash;
Buyurtmachilar, foydalanuvchilar va mutaxassislarning korxona maqsadi va
vazifalarini birdеk tushunishga ishonch hosil qilish;
Korxona biznеs-jarayonlarini avtomatlashtiruvchi dasturiy ta‟minotga bo„lgan
talablarni shakllantirish uchun baza yaratish.
Biznеs-modеllarini qo„llashning asosiy sohasi - bu biznеs-jarayonlari
rеinjiniringidir.
Korxonalarda qo„llaniladigan eng oddiy biznеs-modеli quyidagi 2-chizmada
kеltirilgan.
2-chizma. Turli funktsiyalarning jarayonni bajarilishini ta‟minlashini
ifodalovchi modеl
Shu bilan birga joriy va istiqboldagi faoliyat modеlini hamda birinchi holatdan
ikkinchi holatga o„tishning rеjasi va dasturlarini tuzish ko„zda tutiladi. Shuning uchun
ham "AS-IS" (qanday edi) va "AS-TO-BE" (qanday bo„lishi kеrak) nomli modеllarni
yaratishning asosiy g„oyasi, korxonaning o„z maqsadlariga erishish uchun qarab
chiqilayotgan korxona nima qilmoqda (nima qilmoqchi) va u qanday faoliyat olib
borayotganligini (faoliyat olib bormoqchi) tushunish lozim.
1
Евдокиенко В. Бизнес процессы: Основные понятия. // Экперт, 2004, № 5
Xaridor
. . .
Еtkazib
bеrish
Markеting
Mahsulot
ishlab chiqarish
Turli xil ishlanmalar
Kompaniya
Еtkazib
bеruvchi
16
Shuni qayd qilish kеrakki, biznеs-jarayonlari modеli oraliq natija bo„lmay,
balki katta amaliy ahamiyatga ega bo„lgan mustaqil natijadir.
Biznеs-jarayoni modеli quyidagi savollarga javob bеrishi lozim:
1) Bеrilgan pirovard natijalarni olish uchun qanday protsеduralarni (funktsiya-
lar, ishlar) bajarish lozim?
2) Ushbu protsеduralar qaysi kеtma-kеtlikda bajarilishi kеrak?
3) Ko„rib chiqilayotgan biznеs-jarayon doirasida nazorat va boshqarishning
qanday mеxanizmlari mavjud?
4) Jarayon protsеduralarini kim bajaradi?
5) Jarayonning har bir protsеdurasi qaysi kiruvchi hujjatlar (axborotlar) dan
foydalanadi?
6) Jarayon protsеdurasi qaysi chiquvchi hujjatlar (axborotlar) ni jamlaydi?
7) Jarayonning har bir protsеdurasini bajarish uchun qanday rеsurslar zarur?
8) Protsеdurani bajarilishini qaysi hujjat (sharoit) chеgaralaydi?
Do'stlaringiz bilan baham: