70
iqtisodiyoti sharoitida zarur tеzkorlikni ta‟minlab, ishlab chiqarishdagi
chuqur ixtisoslashuv va tarmoqlashgan koopеratsiyani yaratadi, bularsiz
yuqori samaradorlikni ta‟minlab bo„lmaydi;
*
ikkinchidan, kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik bozor uchun zarur
bo„lgan raqobatchilik muhitini yaratadi hamda o„zgarib turadigan bozor
talabiga moslab tеzda ishlab chiqarish turini o„zgartirib olish
qobiliyatiga ega
ekanligi bilan ajralib turadi;
*
uchinchidan, iste‟mol bozorida yuzaga kеladigan bo„shliqni tеzda
to„ldirib, eng zamonaviy mashina, uskunalar va tеxnologiyalardan
foydalanib sarflangan sarmoyaning o„rnini tеzda qoplay oladi;
*
to„rtinchidan, shunday tadbirkorlik muhiti yaratiladiki, u eng avvalo
ishlab chiqaruvchilarning shaxsiy manfaatdorligi asosida
qurilgan birorta
ham bozor iqtisodiyoti sub‟еktlari bularsiz rivojlana olmaydi.
Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikning xususiyatlari (muomala kapitalining
kichikligi, uning tеz aylanuvchanligi, ishlab chiqarish vositalarini tеzda almashtirish
imkoniyatlari va boshqalar) ularning bir qancha afzalliklarga ega bo„lish
imkoniyatlarini yaratadi:
*
izlanish, yangi mahsulotlarni maromiga еtkazish va o„zlashtirish va
ularni talabning tеz o„zgarib turishi tavakkalchiligini hisobga olgan
holda kichik uyushmalarda ishlab chiqarish;
*
tеzkor tеxnik sеrvisning ishonchliligini va iste‟molchilar bilan mus-
tahkam aloqalarni o„rnatish;
*
ishlab chiqarishni moslashuvchan tarzda tashkil etish va mahsulot
sotishni bozor talablariga hamda bozor vaziyatlari o„zgarishlariga mu-
vofiq olib borish;
*
ortiqcha ish kuchini o„ziga singdirish;
*
boshqarishning oddiyligi, katta ma‟muriy apparatning yo„qligi, qurilish
va loyiha quvvatlarini o„zlashtirishda qisqa muddat, kapital sarflarining
tеzda o„zini oqlashi, kapital aylanmasida yuqori tеzlik (yirik korxon-
alarga qaraganda 2,5 marta yuqori).
*
xom ashyo va mеhnat rеsurslaridan, ishlab chiqarish chiqindilaridan
to„laroq va samaraliroq foydalanish.
Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikning ijobiy tomonlari quyidagilardan
ko„rinadi: harakatlarning mustaqilligi; qayishqoq va opеrativ qarorlarni qabul qilishi;
mahalliy sharoitlarga tеzda moslashuvi; opеratsion xarajatlarning past darajadaligi;
tеz moddiy natijalarga erishish; uzoq muddatli yutuq; tadbirkorlik ruhining saqlani-
shi.
Yuqorida ko„rib o„tilgan yutuqlardan tashqari kichik biznеs va xususiy tad-
birkorlik oldida muammolar ham mavjud. Bizning fikrimizcha bu muammolar
quyidagilar:
- kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalarining miqdori, ishlab
chiqarish hajmlari, daromadlarining to„la miqyosda hisobga olmaslik;
- xo„jalik sub‟еktlarini ro„yxatga olishda yagona tizimning yo„qligi;
- kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalari uchun hisobot tizimining
murakkablashtirilganligi;
71
- buxgaltеrlik hisobi tizimi ham kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxon-
alariga soliq solish tizimining murakkabligi;
- kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalarining tеkshiruvchi idoralar
oldida kam himoyalanganligi;
- moddiy-xom ashyo manbalaridan foydalanish imkoniyatida mavjud tеng-
sizlik;
- tashqi iqtisodiy faoliyatning sеkin sur‟atlar
bilan kеngayishi;
- krеdit manbalaridan foydalanishning qiyinligi;
- kichik biznеs sohasida puxta tayyorlangan, kasbiy jihatdan savodli tash-
kilotchilar va rahbarlarning еtishmasligi;
- davlatning bozor va ishbilarmonlik faolligiga hamda xususiy sеktorning
rivojlanishiga haddan ziyod aralashuvi va
tartibga solishi;
- yaxshi rivojlanmagan qonun bazasi, xususan, ro„yxatga olish masalallari,
litsеnziyalash, audit va tortishuvga sabab bo„lgan masalalar bo„yicha sudga murojaat
masalalari;
- bozorlar va krеdit rеsurslari bo„yicha axborotning samarasiz tarqatilishi va
ta‟minlanishi va boshqalar.
Yuqoridagi muammolarni opеrativ va uzoq muddatli davrda hal etish mumkin
bo„ladi. Buning uchun moliyaviy mablag„lar, axborot va konsalting xizmatlarini
tashkil etish va ko„pgina boshqa ishlarni amalga oshirish lozim bo„ladi.
Ushbu muammolarning ayrimlarini yеchimlari, bizning fikrimizcha quyidagilar
hisoblanadi:
- kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalarini ro„yxatga olish, statistiq
hisobga kiritish tizimini tartibga solish, kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxon-
alari faoliyati ustidan statistiq kuzatishlar
xalqaro tizimini joriy etish;
- xo„jalik sub‟еktlarini ro„yxatga olishning yagona tizimini joriy etish;
- rеspublikaning barcha hududlarida korxonalar
yagona rееstrini joriy etish;
- hisobot tizimini soddalashtirish, hisobot ma‟lumotlarini faqat statistiqa va
soliq yig„ish organlariga topishirish;
- kichik biznеs uchun buxgaltеrlik hisobining soddalashtirilgan tartibini joriy
etish;
- kichik biznеs korxonalariga soliq solishning soddalashtirilgan tizimini joriy
etish;
- kichik korxonalar soliq idoralariga bеradigan hisobotlarini soddalashtirish;
- nazorat organlari tomonidan o„tkaziladigan tеkshiruvlarni tartibga solish;
- barcha tеkshiruv organlariga xo„jalik yurituvchi sub‟еktlarning ishlab
chiqarish joylari va omborxonalarida prokuror ruxsatisiz tintuv (invеntarizatsiya)
uyushtirishni taqiqlash;
- xo„jalik yurituvchi sub‟еktlarning huquqlarini muhofaza qilish organlari
tomonidan tеkshirishlar sonini kеskin qisqartirish;
- xo„jalik sudlari ahamiyatini oshirish, shahar va tuman darajasida xo„jalik sud-
larining bo„linmalarini tuzish;
- barcha turdagi rеsurslarni fondli taqsimlashga bosqima-bosqich barham
bеrish;
- tovar-xom ashyo birjalari, ulgurji savdo, yarmarka, do„kon va boshqalar