Baholash to‘g‘risidagi hisobotni tuzish Baholash natijalari baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan va baholovchi tashkilotning baholash obyekti qiymati xususidagi yig‘ilgan axborot va hisoblashlar asosida tasdiqlangan professional mulohazasini o‘z ichiga olgan baholash to‘g‘risidagi hisobot sifatida rasmiylashtirilishi lozim. Hisobot baholash milliy standartlari talablariga muvofiqlik haqidagi bayonotni va ulardan har qanday chetga chiqish haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |