Yig‘ilgan axborot asosida baholovchi ko‘rib chiqilayotgan davr uchun korxona moliyaviy hisoboti ma’lumotlarini tahlil qilishni amalga oshirishi lozim. Ushbu tahlil buxgalteriya balanslarini, moliyaviy natijalar haqidagi hisobotlarni va moliyaviy koeffitsiyentlarning asosiy toifalarini tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. Zarur holda baholovchi tarmoqning o‘xshash korxonalari yoki tarmoq bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlar bilan qiyosiylikka va korxona pul oqimlarini prognoz qilishda qo‘llanishga yaroqlilikka erishish uchun moliyaviy hisobotni me’yorga solishni — baholanayotgan biznes qiymatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan ko‘rsatkichlar bo‘yicha tuzatish kiritishni amalga oshiradi. Tuzatishlarni kiritish uchun asoslar va ularning qo‘llanishi baholash to‘g‘risidagi hisobotda keltirilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |