245-M - Soliq solishdan ozod qilinadigan sug‘urta xizmatlari
- 1) sug‘urta bozorining professional ishtirokchisi quyidagilarni olsa, qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi:
- sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari;
- qayta sug‘urta qilishga topshirilgan shartnomalar bo‘yicha vositachilik haqi va tantyemalar;
- sug‘urta agenti, sug‘urta va qayta sug‘urta brokeri, syurveyer hamda sug‘urta bozorining boshqa professional ishtirokchilarining xizmatlari uchun vositachilik haqi;
- sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari (aktuariylar, ajasterlar, syurveyerlar, assistans xizmatlari va shu singarilar) ko‘rsatgan xizmatlardan olinadigan daromadlar;
- qonunchilikka muvofiq sug‘urtalovchiga o‘tgan, sug‘urta qildiruvchining (naf oluvchining) yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxslardan talab qilish huquqini realizatsiya qilishdan olinadigan mablag‘lar;
- qayta sug‘urta qilish shartnomalari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, ular bo‘yicha sug‘urta mukofotlarining qaytarib berilgan qismi summalari;
- bevosita sug‘urta faoliyatini amalga oshirishdan olinadigan boshqa daromadlar;
- 2) sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) quyidagilarni olsa, qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi:
- sug‘urta to‘lovi (sug‘urta tovoni);
- preventiv tadbirlar o‘tkazish uchun beriladigan mablag‘lar;
- sug‘urta qilish shartnomasi zararsiz amal qilishi uchun sug‘urtalovchi to‘laydigan mablag‘lar;
- sug‘urta qilish shartnomasiga muvofiq boshqa mablag‘lar.
AKSIZ SOLIG’I Bir oy soliq davridir. - Soliq to‘lovchilar
- 1) O‘zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni (aksiz to‘lanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar;
- 2) tabiiy gazni iste’molchilarga realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar;
- 3) benzin, dizel yoqilg‘isini yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali, shuningdek gazni gaz to‘ldirish stansiyalari va gaz to‘ldirish punktlari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar. Ushbu bo‘limni qo‘llash maqsadida yakuniy iste’molchilar deganda o‘z ehtiyojlari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi hamda gaz oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi;
- 4) oddiy shirkat ishtirokchisi bo‘lgan, oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshiriladigan aksiz to‘lanadigan tovarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bo‘yicha oddiy shirkat ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs;
- 5) O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali aksiz to‘lanadigan tovarlarni olib o‘tuvchilar. Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq mazkur shaxslar soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.
- 1) telekommunikatsiya mobil aloqa xizmatlarini (aksiz to‘lanadigan xizmatlarni) ko‘rsatadigan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;
- 2) O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan, aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi yoki shunday tovarlarni olib kirishni amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari.
Do'stlaringiz bilan baham: |