ta’kidlash axborot - ma’lumot shaklida bo‘lib, harakatni bevosi-ta o‘zgartirishni nazarda tutmaydi. Ma’lumotning xususiyati har xil bo‘lishi mumkin. Bu yerda xolislik me’yori bayonning befarqligidan tortib, to undash unsurlarini ma’lumotga kiritishgacha bo‘lishi mumkin. Har qanday ma’lumotning uzatilishi maxsus belgilar tizimi asosida amalga oshishi mumkin. Kommunikativ jarayonda qo‘llaniladigan bir necha belgilar tizimi mavjud. Ular asosida kommunikativ jarayonni tasniflash mumkin. Ko‘plab bo‘linishda, verbal va noverbal kommuni-katsiya turlari ajratib ko‘rsatiladi1.
1 Андреева Г.М. Социальная психология. –M., MГУ, 1988.
Belgi tizimi sifatida verbal kommunikatsiya kishining nutqini qo‘l-laydi. Nutq yordamida ma’lumot kodlanadi va kodlar o‘qiladi. Kom-munikator gapirish jarayonida ma’lumotni kodlashtiradi, retsepient esa tinglash jarayonida bu kodlarni o‘qiydi. Kommunikator ma’lumot maz-munini uni kodlashtirish jarayonidan oldin biladi. Chunki u dastlab ma’-lum maqsadga qaratilgan bo‘ladi, keyin esa belgilar tizimiga kiritilib, ifoda etiladi. Tinglovchi uchun qabul qilinayotgan ma’lumotning ma’-nosi kodni yechish bilan ma’lum bo‘ladi. Keyingi holatda o‘zaro fao-liyat shart-sharoitining ahamiyati aniq namoyon bo‘lmoqda. Uning ang-lanishi kodlarni echish jarayoniga kiritilgan bo‘lib, ma’lumotning maz-munini ochish bunday shart-sharoitdan tashqarida kechishi mumkin emas.
Nutq bir vaqtning o‘zida ma’lumot manbayi va suhbatdoshga ta’sir etuvchi kuch sifatida namoyon bo‘lada.
1) so‘z va gaplarning ma’nosi. So‘zni aniq ishlatish, uning tushu-narliligi, gapning to‘g‘ri qurilishi, uning oson anglanishi, talaffuzning to‘g‘riligi, intonatsiyalarning ifodalanishi va mazmuni katta ahamiyatga ega bo‘ladi; 2) nutq tovushlari bilan bog‘liq holatlar: nutqning sur’ati ( tez, o‘r-tacha, sekinlashgan), tovush balandligining modulyatsiyasi ( asta-sekin, keskin), tovushning ohanggi ( yuqori, past), marom (bir tekisda, uzuq-yuluq), tembr (qattiq, xirillagan, bo‘g‘iq), intonatsiya, nutqning diksiyasi; 3) ovozning ifodaviy sifati: muloqot vaqtida yuzaga keladigan o‘ziga xos bo‘lgan tovushlar; kulish, yig‘lash, shivirlash, uf tortish va boshqalar. Ajratish tovushlari: yo‘talish va b; nol tovushlar - pauzalar, shuningdek, nazalizatsiya tovushlari - “xm-xm”, “e-e-e” va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |