Biznes etikasi va ma’naviyati


I BOB. AXLOQIY TARBIYANING MOHIYATINI BOSHQARISH



Download 27,09 Kb.
bet2/7
Sana06.08.2021
Hajmi27,09 Kb.
#140384
1   2   3   4   5   6   7
I BOB. AXLOQIY TARBIYANING MOHIYATINI BOSHQARISH

1.1. Kishilar xulqini axloqiy tartiblashtirishning mohiyati

Insoniyatning rivojlanish tarixi jarayonida yaxshilik va yomonlik, mehribonlik va yovuzlik, shuningdek, me’yoriy-ijtimoiy harakat tizimi haqida tasavvurlar shakllanib kelgan. Kishilar o‘z hayotida qo‘llab kelgan me’yor, tamoyil, qadriyatlar tizimi ko‘rinishida axloq namoyon bo‘ladi. Axloqiy me’yorlar – bu mehnat, maishiy hayot, kishilarning o‘zaro munosabati, kasbiy faoliyati kabilar bo‘lib, turli sohalarda me’yo-riy xulq sifatida yuzaga kelgan va jamiyat tomonidan ma’qullangan qoida yoki namunalardir. Insonlararo munosabatlar bor ekan, axloqiy me’yorlar ham mavjud bo‘ladi.

Axloqni boshqarishni baholash imperativ xususiyatga ega, ya’ni u kishilar xatti-harakatlarini ma’qullaydi yoki ularga salbiy munosabatda bo‘lib, baho beradi. Axloqning o‘ziga xos bo‘lgan xatti-harakatlarini boshqarish kishi ongi bilan bog‘liq. Axloqiy me’yorlar kishilar tomoni-dan o‘zlashtiriladi va shaxsning ijtimoiy ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi.

Etika axloq va odobni o‘rganuvchi va mazkur jamiyatga (jamoaga) mos bo‘lgan muomala tamoyillarining yaxlitligini belgilovchi falsafiy fandir.

Muomala, ya’ni subyektlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar bor joyda doimo axloqiy holat yuzaga keladi. Muomala subyekti sifatida kishining o‘zi (ichki dialog), boshqa kishi, bir guruh kishilar, kishilar jamiyati ishtirok etishi mumkin. Agar biz o‘zimizda, boshqalarda, jamiyat va shu kabilarda kishilar qiyofasini, subyektlarni ko‘rolmasak va ularni shun-chaki, kalaka qilish, o‘yin uchun kerak bo‘ladigan obyektlar, o‘ziga xos “murvatchalar” sifatida qabul qilsak, unda biz axloq doirasidan chiqib ketgan bo‘lamiz.

Muayyan holatda kishining axloqiy tushunchalari tevarak-atrofda-gilarning tushunchalari bilan mos kelmasligi mumkin, Kishi o‘g‘rilik qilmaslik, yolg‘on gapirmaslik, xiyonat, sotqinlik kabi jamiyat manfaat-lariga, axloq-odob qoidalariga, qonunchilikka zid xatti-harakatlarni qil-maslik huquqiga ega. Hatto bu holatlarning aksi boshqalarga vaqtincha-lik foyda keltirganda ham u o‘zining ichki tamoyillariga bo‘ysunishga haqli. Shuning uchun aksariyat mualliflar axloq nafaqat ijtimoiy hayotni boshqaruvchi omil, balki individual ong va xulqning boshqarib turuvchi muhim unrsurdir deb ta’kidlaydilar. Ijtimoiy hayot va individual ong, 6 xulq-atvor o‘rtasida qarama-qarshilik mavjudligini jamiyat tan oladi. Chunki har bir shaxs jamiyatda yashaydi va jamiyat oldida mas’uliyatga ega bo‘ladi va shu ma’noda har xil axloq me’yorlariga bo‘ysunadi.

Ahloqiy ta’limot tarixida inson irodasi qay darajada erkin bo‘lishi kerak? – degan tushunchalar mavjud. Bunday erkinlik haqida qadimda Epikur ham gapirib o‘tgan edi. Xristian dinida erkinlik mavzusi ancha keng yoritilgan bo‘lib, kishi irodasi har qanday sababiyatlardan erkin deb tushuntiriladi: kishi Xudo ko‘rsatgan yo‘lni tanlaydi yoki inkor eta-di. XX asrda ekzistensialistlar iroda erkinligini mutlaq erkinlik deb tu-shungan.

Mas’uliyat esa erkinlikning teskarisidir. Mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish amalga oshirilgan barcha harakatlar uchun to‘la javob berishdir. Erkinlik, harakat va ong mas’uliyatni yuzaga keltiruvchi shartlardan biridir.

Ijtimoiy taraqqiyotning qarama-qarshi va murakkab rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan harakatning axloqiy boshqarish muammolari haqi-da fikr yuritishga imkon beruvchi bir qator faylasuf, sotsiolog va iqtisod-chilarning ilmiy ishlari mavjud. Sanoatlashgan jamiyat uchun xos bo‘lgan imkon etish-relyativizm haqida P. Sorokin o‘z fikrini bildirib o‘tgan. Ortega-i-Gasset hozirgi jamiyatni “ommaviy kishi” hukmdorlik qilayotgan jaholat jamiyati deb nomlagan edi. Uning fikricha, bu ja-miyatda kishi shart-sharoit qurboni, erkinligi yo‘q va shu sabab mas’u-liyatdan mahrum bo‘lgan shaxsdir1. M. Veber bundan bir necha o‘n yil oldin kishilarning ijtimoiy tartiblashtirish mexanizmlarini o‘rganib, qa-driyatli-maqsadli harakatlar maqsadli-ratsional harakatlar bilan almashi-nishini qayd qilib, an’analar, shu jumladan, axloqiy urf-odatlarning ja-miyatdagi roli susayib borayotganligi haqida yozgan edi2.

1 Ортега-и-Гассет X. Восстание масс \\ Вопроси философии. 1989. - № 3 – 4.

2 Вебер M. Исбранное. –M., Юрист.: 1994.

Lekin shuni ta’kidlash kerakki, jamiyat o‘sib, rivojlanib, taraqqiy etib borgani sayin axloqiy urf-odatlar, an’ana va taraqqiyot, qadriyatlar, ma’naviy tamoyillar ham mukammallashib boraveradi. Natijada ular-ning keraksiz, ortiqchalari o‘z-o‘zidan jamiyat tomonidan inkor etilgani, unutilgani kabi ma’nan yuksaklari jamiyat hayotiga tobora singib boradi va uning tabiiy, ajralmas bir bo‘lagiga aylanadi. Xalqimizning ming yillardan buyon ardoqlab kelayotgan Navro‘z, Hayit bayramlari, suma-lak, halim, ixcham to‘y tantanalari fikrimizning tasdig‘idir.

Olimlarning fikriga qaraganda, kishi axloqli va erkin shaxs sifatida harakat qilishi uchun ko‘pgina shart-sharoitlar mavjud. 7 Bular:

 bevosita o‘lim tahlikasi va inson imkoniyatlariga keskin chekla-nishlar yo‘qligi;

 onglilik va refleksiya, mavjud variantlarni ko‘rish va ulardan bit-tasini tanlash imkoniyati;

 ideal, qadriyat, maqsadlar kabi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tushunchalarning mavjudligi.




Download 27,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish