Biznes boshqaruv asoslari



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/301
Sana07.01.2022
Hajmi1,71 Mb.
#326471
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   301
Bog'liq
biznes boshqaruv asoslari fani boyicha oquv-uslubiy majmua 2

 
Интернет сайтлари 
www.cbu.uz 
www.gov.uz 
www.lex.uz 
www.mf.uz 
 
 
 
 
 
 
 
 


17 Mavzu: Investitsiya strategiyasi va omonat 
 
1. Investitsiya strategiyasi va omonati 
2. Qimmatli qogʻozlar investitsiyasi 
3. Obligatsiya va umumiy fond 
4. Real investitsiyalar 
Yalpi  talabning  birinchi  qismini  tashkil  etuvchi  isteʻmol  xarajatlari  nisbatan  barqaror 
boʻlsa, uning ikkinchi qismini tashkil etuvchi investitsiyalar aksincha oʻzgaruvchandir.  
Investitsiya (kapital quyilmalar) – YaIMning eng muhim va tez oʻzgaruvchan komponenti.  
Isteʻmol  daromadlar  bilan  funktsional  tarzda  bogʻlangan.  Davlat  xarajatlari  va  sof 
eksportning  oʻzgarishini  oson  taxmin  qilish  mumkin,  lekin  investitsiyalarni  taxmin  qilish  juda 
qiyin, ular toʻsatdan oʻsib ketishi yoki aksincha tushib ketishi mumkin. Masalan AQShda buyuk 
depressiya vaqtida investitsiyalar 100% tushib ketgan. Iqtisodchilar jamgʻarmani investitsiyaning 
asosi deb qarashadi. Iqtisodiy nazariyada investitsiya deganda  - kelajakdagi natija uchun: ishlab 
chiqarishni kengaytirish yoki rekonstruktsiya qilish, mahsulot va xizmatlarni sifatini yaxshilash, 
malakali mutaxassislar tayyorlash va ilmiy tadqiqot ishlari olib borishga moʻljallangan moliyaviy 
resurslar  tushuniladi.  Iqtisodiyotni  rivojlantirishda  investitsiyalar  etakchi  rolь  oʻynaydi,  sababi 
investitsiya  orqali  korxonalar  kapital  jamgʻarilishiga,  natijada  mamlakatning  ishlab  chiqarish  
imkoniyatlarini  kengaytirish  va  iqtisodiy  oʻsishga  erishiladi.  Yalpi  xarajatlarda  investitsiyalar 
hissasi  nisbatan  uncha  koʻp  boʻlmasada  (rivojlangan  mamalakatlarda  15-18%)  aynan 
investitsiyalar tufayli asosiy makroiqtisodiy siljishlarga erishiladi. Shu bilan birga jamgʻarish bilan 
investitsiya oʻrtasidagi muvozanat makroiqtisodiy muvozanatga erishishning eng muhim shartidir.       
Ammo investitsiya bilan jamgʻarish oʻrtasidagi bogʻlanish jamgʻarma subʻektlari (egalari) 
investitsiya  subʻektlari  (qiluvchilar)  bilan  koʻpincha  boshqa-boshqa  ekanligi  tufayli  noaniq 
boʻladi. Shuning uchun ham davlat tomonidan taʻsir oʻtqazish maqsadga muvofiq boʻladi. 
Investitsiyaga  ajratilgan  pul  mablagʻlari  nominal  investitsiyani  tashkil  etadi.  Ana  shu 
mablagʻlarni ishlatlishi  natijasida  erishilgan real natija real investitsiya  deyiladi.       
Real investitsiya quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshirilishi mumkin: 
-
 
ishlab chiqarish uchun yangi bino-inshootlar qurish; 
-
 
yangi texnika, texnologiya, uskunalar sotib olishi; 
-
 
uy-joy va madaniy-maishiy obʻektlar qurish; 
-
 
mutaxassis kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish. 
Odatda ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish uchun yangi korxonalar qurish, yangi 
texnologiyani  joriy  qilish,  kommunikatsiyani  rivojlantirish  maqsadida  kapital  resurslariga 
investitsiya qilinadi. Kapital investitsiyalar uzoq muddat xizmat qilish, katta mablagʻ talab qilish, 
yaʻni  qimmatligi,  xarajatlarning  uzoq  muddatdan  soʻng  qoplanishi  va  investorga  qaytishi  bilan 
farqlanadi. Shuning uchun kapital resurslariga investitsiya katta xatar bilan bogʻliq. Xom ashyo, 
materiallar  zaxirasi,  tugallanmagan  ishlab  chiqarish  va  tayyor  mahsulotlar  zaxirasi  uchun 
investitsiya  ishlab  chiqarishni  oʻzluksizligini  taminlashga  yordam  beradi.  Ularga  qilingan 
xarajatlar  nisbatan  tez  qaytadi.  Bir  tomondan  ehtiyojlarni    yuksalib  borishi  ikkinchi  tomondan, 
fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatishi)ni murakkablashib borishi insondan 
yuqori malaka va mahorat talab qiladi va borgan sari bu talab mezonlari yuksalib boradi. Natijada 
maʻlumot olish, tajriba toʻplash, malakaga ega boʻlish, sogʻlom boʻlish uchun borgan sari koʻproq 
kapital mablagʻlar talab qila boradi. Ana shu maqsadlarga sarflangan xarajatlar insoniy  kapitalga 
investitsiya deb ataladi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda ana shu yoʻnalishlarga muvofiq ravishda investitsiyalar: 
-
 
Asosiy kapitalga investitsiya 
-
 
Tovar-material zaxiralariga investitsiya 
-
 
Insoniy kapitalga investitsiya sifatida farqlanadi. 
Investitsiya kim tomonidan, qaysi mulk egasi tomonidan amalga oshirilishiga koʻra: 
Xususiy,  nodavlat  sektordagi  investitsiya  (tadbirkor,  aktsionerlik  jamiyati  bino,  inshoot 
quradi, asbob-uskuna sotib oladi); 


Ijtimoiy  (davlat)  sektoridagi  investitsiya  (masalan:  davlatning  yoʻl,  metro,  koʻprik, 
korxona,  elektrostantsiya  qurishi  kabilar);  Chet  el  investorlari  tomonidan  (xususiy,  davlat) 
qoʻyilgan investitsiyaga boʻlinadi.Kapital resurslarga investitsiyaning oʻzi ikki turga boʻlinadi: sof 
investitsiya  va  modernizatsiya  uchun  investitsiya.    “Sof  yoki  yangi”  investitsiya  bilan 
modernizatsiya  uchun  yoki  eskirgan  asosiy  kapitalning  oʻrnini  toʻldirish  uchun  investitsiyalar 
yalpi investitsiya deb ataladi.        
Yalpi  investitsiya  -  eski  asosiy  kapitalni  yangilash  (amortizattsiya)  +  ishlab  chiqarishni 
kengaytirish  uchun asosiy kapitalni koʻpaytirishga  sarflangan  investitsiyadan iborat. 
Sof investitsiya – yalpi investitsiyadan asosiy kapital amortizattsiyasining  ayirmasiga teng.  
Agar sof investitsiya musbat kattalikni tashkil etsa iqtisodiyot rivojlanadi. 
Agar sof investitsiya  nolga teng boʻlsa (investitsiya amortizattsiya summasiga teng), u 
holda iqtisodiyot turgʻunlikka yuz tutadi. 
Agar  sof  investitsiya    manfiy  miqdorga  teng  boʻlsa  (investitsiya  miqdori    amortizatsiya  
miqdoridan kam) u holda ishbilarmonlik faoliyati susayadi. 
Real  jamgʻarilgan    kapitalning  oʻsishi  farovonlikni  ortishiga  olib  keladi.  Shu  jihatdan 
qarasak    bugungi  farovonlik  kechagi  investitsiyaning    natijasi,  bugungi  investitsiya  esa  
jamiyatning ertangi farovonligini taʻminlaydi. 
Lekin    jamiyat  oldida  doimo  bugungi  va  ertangi  isteʻmolni  qancha  boʻlishini  echish  
muammosi turadi. Jamiyat bugun qancha koʻp investitsiya qilsa, ertaga boyroq boʻladi, aksincha 
koʻproq isteʻmol qilinsa, kelajakda koʻproq  isteʻmol  qilish imkoniyati shuncha kamayadi. 
Xorijdan kapital qabul qiluvchi tomonidan investitsiya muhiti modelini ishlab chiqish har 
tomonlama  asoslangan  tashqi  iqtisodiy  aloqalarni  aniqlab  beruvchi  vositadir.  U  orqali  xorijiy 
investorga  taʻsir  koʻrsatuvchi  omillar  toʻgʻrisida  aniq  tushunchalarga  ega  boʻlish,  xorijlik 
investorlarning hulq-atvorini har tomonlama anglash va mamlakatdagi iqtisodiy holatni chuqurroq 
baholash  imkoniyati  paydo  boʻladi.  Bu  jarayonlarning  barchasi  respublikamizning  boshqa 
davlatlar bilan dastlabki iqtisodiy munosabatlarini yoʻlga qoʻyish jarayonida chetdan kapitalni jalb 
qilishda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.Xorijiy  investitsiya  ishtirokida  amalga  oshirilishi  lozim 
boʻlgan  loyiha  va  dasturlarni  ishlab  chiqishda  nafaqat  oʻz  manfaatlari  bilan  chegaralanmasdan 
investorning maqsad va imkoniyatlari bilan hisoblashish alohida eʻtiborga loyiqdir. Investitsiya 
muhiti tushunchasi oʻzining murakkabligi va mukammalligi jihatidan makro va mikro iqtisodiyot 
darajasida koʻrib chiqiladi. Makroiqtisodiyot darajasida u kapitalni qabul qiluvchi mamlakatdagi 
mavjud  siyosiy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  holatlarni  oʻz  ichiga  oladi.Makroiqtisodiyot  darajasida 
yondashilganda xorijiy investitsiyalarga nisbatan davlat siyosati, halqaro shartnomalar shartlarini 
bajarish  xorijiy  mulkni  milliylashtirish,  turli  masalalar  boʻyicha  halqaro  shartnomalar  tizimida 
ishtirok etish davlat boshqaruv tizimilarining mustahkamligi, siyosiy rahbariyatning muqarrarligi, 
davlatning  iqtisodiyotga  aralashish  darajasi,  iqtisodiy  siyosatning  mukammalligi,  davlat 
apparatining ish samaradorligi, banklar tizimining takomillashuv darajasi, pul muomalasi va davlat 
byudjetining  barqarorligi,  davlatning  ichki  va  tashqi  qarzlari  miqdori  va  boshqalar  hal  qiluvchi 
oʻrinda  turadi.  Investitsiya  muhitiga  kapitalni  qabul  qiluvchi  mamlakatning  qonunlarida  aks 
ettirilgan  toʻgʻridan-toʻgʻri  xarajatlar  va  xorijiy  firmalarining  faoliyatini  chegaralovchi  yoki 
taqiqlovchi omillardan tashqari, toʻliq aniqlanmagan baʻzi bir qoidalar va muvofiqlashtirilmagan 
jarayonlarning mavjudligi salbiy taʻsir etadi. Mikroiqtisodiyot darajasida investitsiya muhiti bir 
tomondan  investor-firmasi  va  ikkinchi  tomondan  xorijiy  investitsiyani  qabul  qiluvchi  xoʻjalik 
subʻektlari, yaʻni sotuvchilar, sotib oluvchilar, banklar hamda kasaba uyushma va boshqa jamoat 
tashkilotlari oʻrtasidagi ikkiyoqlama munosabatlarni aks ettiradi. Bu darajada investitsiya iqlimi 
umumlashtirilgan baholar iqtisodiy, huquqiy va madaniy jabhalarda yaqqol koʻrinadi. Makro va 
mikroiqtisodiyot  darajalari  birgalikda  yagona  investitsiya  muhitini  tashkil  etadi  va  potentsial 
investorlar hamda kapitalni qabul qiluvchi tomonlarning boʻlajak munosabatlarini belgilab beradi. 
Investitsiya  muhiti  obʻekt  kategoriyasi  boʻlib,  har  bir  alohida  olingan  vaqt  doirasida 
investorlar uchun xaqiqatda mavjud boʻlgan shart-sharoitlar majmuasini aks ettiradi. Lekin hozirgi 
sharoitda  investitsiya  muhiti  faqat  davlat  organlari  taʻsiri  ostida  shakllanmoqda.  Albatta,  bu 
ishlarni  amalga  oshirishda  jahon  tajribasidan,  jumladan  xorijiy  investitsiya  bilan  tashkil  etilib, 


yuksak  iqtisodiy  koʻrsatkichlarga  erishgan  kompaniya  va  firmalar  tajribasidan  kengroq 
foydalanish kerak. Bu jarayonni amalga oshirishda milliy xususiyatlarni ham hisobga olish lozim. 
Davlat  hoqimiyatining  taʻsirchanligi  investitsiya  muhitini  aniqlovchi  omillardan  biridir. 
Shundan  kelib  chiqib,  har  bir  kapital  jalb  qiluvchi  mamlakat  maʻlum  bir  investitsiya  tizimiga 
egaligini  taʻkidlash  mumkin.  Bu  tizim  huquqiy  meʻyorlar  va  muassasalardan  iborat  xorijiy 
investitsiyalarni qabul qilish tizimi va investitsiya muhitini oʻz ichiga oladi. Xorijiy kapitalni qabul 
qilish tizimi investitsiya muhitining komponenti boʻlib xizmat qiladi va unga nisbatan mustaqil 
ravishda  tashkil  etiladi.  Chunki  u  investitsiya  muhitini  oʻzgartirishga  qodirdir.  Xorijiy 
investitsiyalarni qabul qilish tizimi qabul qiluvchi tomonni xorijiy kapitalni milliy iqtisodiyotga 
qulay ravishda kirib kelishini namoyon etsa, investitsiya muhiti kirib kelgan kapitalni mamlakat 
ichida  optimal  ravishda  oʻsib  borish  vaziyatiga  baho  beradi.  Xorijiy  investitsiyalarni  jalb  etish 
orqali sanoatni yangi zamonaviy texnologiyalar bilan, qishloq xoʻjaligida qayta ishlovchi sanoat 
majmuini va boshqa sohalarda tub oʻzgarishlar yasash mumkin. Shunday ijobiy ishlarni amalga 
oshirish  uchun  xorijiy  investorlarga  qulay  boʻlgan  investitsiya  muhitini  yaratib  berish  kerak. 
Investitsiya muhiti iqtisodiyotda  yangi tushuncha emas, ammo mustaqil Oʻzbekiston sharoitiga 
nisbatan  ishlab  chiqilmagan.  Endi  bu  sharoitni  yaratishga  oʻrinishlar  boʻlmoqda.  Bir  qator 
rivojlangan  davlatlar  bu  jarayonni  ijobiy  tarzda  amalga  oshirgan.  Investitsiya  muhitining 
ahamiyati, amaliy jihatdan, qaysi boyliklar va yunalishlar tizimi asosida xorijiy investorlar faoliyat 
yuritishlari toʻgʻrisida tushuncha beradi va shuning negizida xorijlik investorlarga nisbatan qanday 
munosabatda  boʻlishni  ishlab  chiqishga  imkoniyat  yaratadi.  Investitsiya  muhiti  -  juda  keng 
maʻnoda  ishlatiladigan  tushuncha  boʻlib,  investor  tomonidan  hisobga  olinadigan  barcha 
muammolar  va  masalalarni  oʻz  ichiga  qamrab  oladi.  Investor  tomonidan  maʻlum  bir  davlatga 
investitsiya qilishning qulay va noqulay tomonlari baholanadi, shu bilan bir qatorda, oʻz kapitalini 
kiritmoqchi  boʻlgan mamlakat  mafkurasi,  siyosati, iqtisodiyoti va madaniyatiga katta ahamiyat 
beriladi.  Investitsiya  muhiti  har  tomonlama  chuqur  tahlil  qilinishi  asosida  investitsiya  riski 
aniqlanadi.  Investitsiya  muhiti  va  risk  darajalari  bir-birlariga  teskari  nisbatdadir.  Investitsiya 
muhiti qanchalik qulay boʻlsa, investorning tadbirkorlik riski shunchalik past darajada boʻladi va 
bu investorlarning kirib kelishini koʻpaytiradi. Aksincha, investitsiya muhiti noqulay boʻlsa, risk 
darajasi yuqori boʻladi. Bu esa investitsiya qabul qiluvchining sarf-xarajatlarining oʻsishiga olib 
keladi. Shunday qilib, investitsiya muhitining holati faqat investor uchun emas, balki investitsiya 
qabul qiluvchi uchun ham muhimdir.Hozir turli mamlakatlar va mintaqalar oʻrtasidagi investitsiya 
uchun avj olayotgan raqobat kurashi nuqtai nazaridan investitsiya riski tushunchasini koʻrib oʻtish 
zarur.  
Investitsiya oqimlarining u yoki bu mamlakatlarga yunalganligi, shuningdek ularning real 
xajmlari oxir-oqibat shu risklar bilan belgilanadi. 
Umuman olganda investitsiya riskini uch toifaga boʻlish mumkin: 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish