Bog'liq biznes boshqaruv asoslari fani boyicha oquv-uslubiy majmua 2
Marketing tadqiqotlarini rejalashtirish Tadqiqot jarayonlarining koʻp turlari marketing muammolarni yechish uchun qoʻllanilishi
mumkin. 12-3 rasmda har bir tadqiqot qaysi ilmiy muammoga tegishli ekani koʻrsatilgan.
12-3 rasm. Nima uchun muammoni aniqlash marketing tadqiqotlarida birinchi bosqichdir?
Barcha marketing tadqiqotlar taʻlimoti axborot yigʻish va tahlil etishni oʻz ichiga oladi.
Xaridorlar va raqobatchilar haqidagi koʻp maʻlumotlar biznesda yangi tadqiqotlar oʻtkazmasdan
ham olinishi mumkin. Boshqa maqsadda yigʻilgan mavjud axborotni tahlil qilish va joriy
muammoni hal qilishda foydalanish ikkilamchi tadqiqot deyiladi. Joriy muammoni toʻgʻridan
toʻgʻri hal etish uchun maxsus yigʻilgan axborot birlamchi tadqiqot deb ataladi.