1.3.
Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari.
Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari - bu ishlab chiqaruvchi va
ayrim shaxslarga ularning ijtimoiy extiyojlari va psixologik xususiyatlariga ta’sir etish
bilan boshqarish vositasidir. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullarini qo’llash
korxonada yo’z berayotgan ijtimoiy xodisalarni chukur urganish xodimlar nerv
sistemasi kayfiyatiga ta’sir etuvchi psixologik (ruxiy) omillarni bilishni talab etadi.
Ishlab chiqarish sharoitida sosiologiya kishilar ijtimoiy aloqasi shakllanishining asosi
bo’lgan mexnat omillarini urganadi, ijtimoiy tizimlar, shu jumladan, ishlab chiqarish
tizimi rivojlanishi va amal qilish qonuniyatlari, kishilarning jamiyatning turli
katlamidagi xulk-atvori qonuniyatlarini tadkik kiladi. ijtimoiy psixologiya gurux va
omma psixologiyasining xususiyatlari, ularning shaxsning ongi va xulqiga ta’siri,
kishilar faoliyatini ragbatlantiruvchi omillar, kayfiyat, ijtimoiy fikrni shakllantiruvchi
omillarni urganadi. Shaxs psixologiyasi oliy nerv faoliyati turlari va inson
temperamenti, xaraqteri, shaxsning irodasi, kobiliyati, xissiyoti, xotirasi, anglash va xis
etish kobiliyatini urganadi, mexnat psixologiyasi mexnat faoliyatlari, shu jumladan,
raxbar va mutaxassislar (kasbiy xususiyat va kobiliyatlari, qadrlarni uqitish usullari, ish
va dam olish tartibi, qadrlarni tanlash va baxolash usullari, mexnat jarayonining
psixologik jixatlari) faoliyatini urganadi. Kishilar fikrlash usulida o’zgarish yo’z berishi
va ular madaniy xamda bilim darajasi ortib borishi bilan ijtimoiy-psixologik usullar
ahamiyatiiyati xam ortib boradi. Bunday sharoitda shaxsning extiyoj va manfaatlari
ma’naviy soxa tomon o’zgarib boradi. O’z mexnatidan konikishning muxim omili
bo’lib ishlab chiqaruvchilarning raxbar bilan o’zaro yaxshi munosabati ishlab
chiqarishdagi kulay ijtimoiy-psixologik vaziyat xizmat kiladi.
Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari ishlab chiqarishda mavjud ijtimoiy
mexanizmni (o’zaro munosabat tizimi, ijtimoiy extiyojlar) qo’llashga asoslanadi.
Boshqaruvning ijtimoiy usullari ijtimoiy tartibga solish vositasida amalga oshiriladi.
Ijtimoiy tartibga solish usullari turli guruxlar va shaxslar maksadi va manfaatlarini
aniqlash va rostlash yo’li bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va
uygunlashtirish maksadida qo’llaniladi. Ular jumlasiga ijtimoiy tashkilotlar nizomlari,
shartnomalar, o’zaro majburiyatlar, ishchilarni tanlash, taksimlash va ijtimoiy
extiyojlarni kondirish tizimi kiradi. Ijtimoiy tartibga solish usullari inson omili faolligini
oshirish, boshqaruvni demoqratlashtirish maksadida xam qo’llaniladi.
Boshqaruvning psixologik usullari jamoada maqbul psixologik xolat tashkil etish yo’li
bilan kishilar urtasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgandir. Psixologik
usullarga kichik gurux va jamoalarni tashkil etish, mexnatni insoniylashtirish, malakali
qadrlar tanlash va ularni uqitish va x.k.lar kiradi. Kichik gurux va jamoalarni tashkil
etish usulini qo’llash kichik guruxdagi ishchilar urtasidagi maqbul miqdoriy-sifat
nisbatini aniqlash imkonini beradi. Mexnat faoliyatini insoniylashtirish deganda
ranglar, musikaning ruxiy ta’siridan foydalanish, bir xil, o’zgarmas mexnatni bartaraf
etish, ijodiy yondashuvni kengaytirish tushuniladi. Kasbiy tanlashning moxiyati -
kishilarning ruxiy xususiyatlari ular bajaruvchiishlariga eng mos bo’ladigan qilib
tanlashdan iborat. Shaxsning ruxiy xususiyatlari juslasiga uning kizikish va mayllari,
kobiliyati, temperament va xaraqteri kiradi. Shu sababli, raxbar shaxsga raxbarlik
kilganda o’z oldiga inson ruxiy xususiyatlari shakllanishi va rivojlanishini urganishi,
uning kiikish va kobiliyati, temperament va fe’lini bilish vazifasini quyishi kerak.
9
Shaxsning ruxiy xususiyatlarini inson faoliyatida ajratib tushunib bulmaydi, chunki
kishi kobiliyati va fe’li xususiyatlari uning faoliyati va xulqida namoyon bo’ladi. Inson
xayoti va ommaviy faoliyati uning ruxiy xolatini shakllantiradi. Insonning qanday xayot
kechirishi, nima bilan shug’ulanishini bilmay vujudga kelganligi, u yoki bu narsaga
kobiliyat rivojlanganligi, fe’li shakllanganligini anglab bulmaydi.
Inson avvalo o’zini ijodiy shaxs sifatida baxolaydi. Ishchi mexnatga bunday
nuqtai nazardan karashga darrov kelmaydi: moddiy extiyojlar birlamchi bo’lib, ular
konikkandan sung nisbatan yuqsak insoniy extiyojlar ilgari suriladi.
Inson faoliyati ma’lum ragbatlantiruvchi omillarga asoslangan bo’lib, ma’lum
maksadga erishishga qaratilgandir. Ragbatlantiruvchi omil - maksad munosabati inson
faoliyati o’zagidir. Umumiy ma’noda ragbatlantiruvchi omil - bu insonni faoliyat
yuritish uchun undovchi omil bo’lib, maksad esa inson uni amalga oshirish natijasida
erishishni xoxlagan narsadir. Ragbatlantiruvchi omil kishi xulqining ichki kuchidir.
Psixologiyada o’zok va kiska ragbatlantiruvchi omil ajratiladi. Agar inson faoliyatini
ragbatlantiruvchi omil va o’z oldiga kuygan maksad yakin kelajakka muljallangan
bo’lsa, u kiska muddatli, agar ular o’zok istikbolni kamrab olsa o’zok muddatli deyiladi.
Ragbatlantiruvchi
omil
darajasi
bilan
insonning
mexnatga,
yutuk
va
muvaffakiyatsizlikka nisbatan bo’lgan munosabati uzviy bog’liqdir. Fakat o’zok
muddatli ragbatlantiruvchi omil mexnatga ijodiy munosabatda bo’lish manbaidir.
Raxbarga xos bo’lgan muxim xususiyat kishilar faoliyatini ragbatlantiruvchi omillarni
yaxshi bilish, xar bir kishini u yoki bu vazifani bajarishga kiziqtira olishdir. Bu ayniqsa,
u yoki bu korxonaga ishga kirib, ularni kelajakda nima kutishini bilish lozim bo’lgan
yoshlar bilan ishlashda muximdir.
Raxbar ishini kim va kachon kaysi skripkani chalishi, kaysi asbobda musika
chalishini urgangan, kim noto’g’ri chalishi mumkinligi, kimni kaysi yerga quyish
kerakligini bilishi lozim bo’lgan dirijer mexnati bilash solishtirish mumkin.
Kishi ruxiy xususiyatlarning u bajaruvchi ish talablariga mos kelmasligi o’z kasbidan
konikmaslik uni o’zgartirishga xarakat qilishga, xato qilish extimoli ortishiga va
natijada mexnat unumdorligi pasayishiga olib keladi.. aksincha, agar inson o’z
kobiliyatini tulik namoyon kila oluvchi ish bilan bund bo’lsa, u o’z mexnatidan mamnun
bo’ladi, kasbni tez egallaydi va mexnat unumdorligi yuqori bo’ladi. Inson uchun fakat
moddiy ragbat muxim deb xisoblash noto’g’ri. Unga juda ko’p narsa katta umumiy
ishda o’z xissasi borligini xis etish, o’zini mexnat orqali namoyon etish, o’z malakasi
bilan gururlanishi, urtoklari xurmatiga sazovor bo’lish va x.k.lar xam muximdir.
Ko’pchilik kishilar shaxsiy farovonlikka boshqalar xisobiga erishilgan shaxsiy
muvaffakiyat orqali emas, mamlakat iqtisodiyotiga kushgan mexnati xisobiga erishish
lozimligini ta’kidlaydilar. Izlanishlar mexnat mexnatga nisbatan munosabatga ta’sir
etuvchi ragbatlantiruvchi omillar quyidagi tartibda taksimlanishini ko’rsatdi: mexnat
moxiyati, ish xaki, yuqori lavozimga ega bo’lish imkoniyati, ishning kizikarliligi,
mexnatni tashkil etish, ma’muriyatning ishchiga nisbatan munosabati.
10
Do'stlaringiz bilan baham: |