Ruxsatnoma (litsenziya) - qonunda belgilangan tartibda vakolatli idoralar tomonidan tadbirkorlikning ayrim turlari bilan (masalan, bank faoliyati bilan) shug‘ullanishi uchun berilgan ruxsatnoma. Berilish asoslari va tartiblari qonun hujjatlarida belgilabqo‘yilgan.
Sanatsiyalash - yirik korxonalar moliyaviy inqirozi oldini olishga qaratilgan davlat sog‘lomlashtirish tadbirlarining majmui. Bunday moliyaviy soqlomlashtirish tadbirlari qatoriga: davlat qarzlarini kechib yuborish, byudjet hisobidan dotatsiya berish, byudjetga to‘lovlar muddatini uzaytirish (prolongatsiyalash), soliqlardan ozod qilish, imtiyozli kreditlar berish, foydalanilmayotgan mol-mulklarni sotish kabi choralar kiradi.
Sertifikat - u yoki bu narsa (buyum, hujjat)dan foydalanish, unga egalik qilish huquqiga ega ekanlikni tasdiqlovchi guvohnoma.
Do'stlaringiz bilan baham: |