Egalik qo‘shimchasi. Otlarda so‘zlovchining egalik belgisi –m qo‘shimchasidir. Ko‘zum elim; so‘zlovchi ko‘p kishi bo‘lganda –miz, -miz qo‘shimchasi qo‘llaniladi.
So‘zlovchi o‘zi haqida so‘z yuritganda, odatda, o‘zum deb ishlatadi va bunga qo‘shimcha qilib ta`kidni kuchaytirish uchun ba`zan ban olmoshini ham qo‘shib qo‘llashi mumkin: Kalturtim- ko‘k turk bodunuğ Otukan yarka ban o‘zum bilga Tonyuquq.- Keltirdim ham turk xalqini O‘tukan yerga men o‘zim bilga To.’nyuquq
Kelishik kategoriyasi. Kelishik kategoriyasi turkiy tillarning bosh qonuniyatlaridan biridir. Tilning tarixiy taraqqiyoti davomida tilimizning ichki qonuniyatlari, o‘zgarishi oqibatida uning soni ba`zan o‘zgarib ham turgan. Hozirgi tilshunoslikda ularning soni nechta ko‘rsatilayotganidan qat`i nazar, kelishik kategoriyasi turkiy tillarda qadimdan bor, bundan keyin ham saqlanib qoladi.
Kelishik qo‘shimchasi o‘zbek tilida ot, otlashgan so‘zlar, barcha ism guruhiga qo‘shila oladi. Otlarning kelishiklar bilan turlanishi bosh kelishikdagi holatning o‘zgarishidir. Kelishiklar otlarning boshqa so‘zlar bilan bo‘lgan munosabatini ko‘rsatadi. Bu munosabat narsa-buyumning boshqa narsa-buyum bilan, yo harakat, yoki boshqa belgi bilan aloqasini ifodalaydi
Qadimgi turkiy tilda bir kelishik o‘rnida boshqa kelishik almashinib ishlatilib kelgan: iliňa bitigdim- davlatida bititdim (Tonyuquq), Turgas qağanta ko‘rug kalti-Turgash xoqondan kuzatuvchi keldi (Tonyuquq).
Qadimgi turkiy tilda 7 ta kelishik bo‘lgan. Ular quyidagilar:
1. Bosh kelishik;
2. Qaratqich kelishigi;
3. Jo‘nalish kelishigi;
4. Tushum kelishigi;
5. O‘rin-payt kelishigi;
6. Chiqish kelishigi;
7. Vosita kelishigi;
Fe’llar taraqqiyoti
Fe’l so‘z turkumlari orasida eng murakkab va ko‘p kategoriyali turkumdir. Matnda ham nutqda ham gap so‘zlovchi tomonidan tuziladi. Faqat harakat va holatning bajaruvchisi aniq hamda majhul bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari fe`l so‘z turkumi orqali harakatning vaqti, ishning bajarilgan bajarilmagani haqida ham xabarga ega bo‘lish mumkin. Shu ma`noda fe`l so‘z turkumining keng qirrali ekanligi oydinlashadi. Qadimgi turkiy tilda, jumladan, O‘rxun-Enasoy bitiglarida fe`llarning taraqqiyoti murakkab vazifasini bajargan.
Harakat va holatni bajaruvchi shaxs aniq bo‘lganda so‘zlovchi birligida men,ko‘pligida biz tushiniladi. Tinglovchi birligida sen, ko‘plikda siz nazarda tutiladi. Bajaruvchi o‘zga bir kishi bo‘lganda ul, ko‘pchilik bo‘lganda alar nazarda tutiladi. Fe’llar har qachon ham o‘z bajaruvchisiga bo‘ysunadi: ko‘rinishini o‘shanga qarab o‘zgartiradi. Faqat fe`lning masdar shakligina (o‘qimaq, kelmak kabi) bu qoidaga bo‘ysunmaydi.
Masdar alomati. Turkiy masdar ikki xildir: biri-fe`l masdari, ikkinchisisifat yoki otga qo‘shilib xoslangan masdarla Fe`l masdarlaridan biri –maq, -mak qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasalgan turidir. Bu qo‘shimcha shaxs ko‘rsatkichini olmagan fe`llarga qo‘shilib keladi: almaq, turmaq, ketmak, kelmak.
Fe`lning boshqa bir masdari shaxs ko‘rsatkichini olmagan so‘zlarga –s, (-is, -is, -us, -us) qo‘shimchasini qo‘shib hosil qilingan: urus kabi. Ismlardagi masdar yasovchilardan biri –liq, -lik, -luq, -luk dir.
Sonlarning birlik, ikilik, ucluk, to‘rtluk shakli ham ism masdariga misoldir.
Bu qo‘shimcha fe`l masdarga qo‘shilib ism masdarini hosil qilishi ham mumkin: almaqliq, bermaklik.
Ismlardagi masdarning boshqa belgilari ham bor. Masalan, muddat uzoqligini bildiradi: ayliq, yilliq, kunluk.
Fe`llarning yasalishi. Qadimgi turkiy tilda fe`llar asosan quyidagi qo‘shimchalar orqali yasalgan:
-a,-a , i, -i, -u, u, -la,-la , -iq, -ik, -ad, -ad, Ko‘k turk bitiglarida: yasa- yasha;
Ota nasihat qil; Qiličla-qilichla, qilishdan o‘tkaz; Ičikdi-ichga kirdi; Qulad-qu qil. - sira, -sira affiksi, bu qo‘shimcha “istash, zor bo‘lish” ma`nosidagi fe`llar yasaydi.
“Elligig elsiratdimiz, qağanliğiğ qağansiratdimiz” ( Kultegin 18) – Eli borni (elidan ayirib) eliga zor qildik, xoqonlini (xoqonidan judo qilib) xoqonga zor qildirdik.
“Turuk bodun o‘lurayin uruğsiratayin tir ermis”- ( Kultegin 10)- turk xalqini o‘ldirayin, urug‘ini qoldirmayin der ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |