— Xo'sh, qanday yo'l tutdingiz? — so'radi yigitcha.
—
Hech qanday, — javob berdi janob Levis. — Sira o'ylashdan to'xtamasdim:
«Mabodo ishlab ketmasa-chi?». Bu meni butkul xonavayron qilardi
Reklama
kompaniyasini moliyalashtirish uchun bankdan yirik mablag'ni qarzga olishim zarur edi,
agar bu ish yopishmay qolsa, qarzni besh yil davomida to'lashga to'g'ri kelardi!
Boshlagan ishim muvaffaqiyat qozonadi, deb hisoblash uchun qanday asosim bor edi?
O'tmishda muvaffaqiyatga kam erishganman, endi maqsadimga yetishimga qanday
ishonishim mumkin edi.
Keyin cholning ro'yxatida ko'rsatilganlardan biri ikkilanish va taraddud chog'i
o'zingga: «Basharti yengilishni ko'tarolmasligingni bilganingda qanday yo'l tutarding?»
degan yagona savol berish kerakligini aytdi. Albatta, yengilishni ko'tarolmasligimga
ishonchim komil bo'lsa, qarz olardim va reklama kompaniyasini boshlashimni bilardim.
O'shanda bu odam: «Mana sizga javob. Muvaffaqiyatsizlikka uchramasligingizga ko'zingiz
yetgan taqdirda qanday yo'l tutish kerak bo'lsa, o'shandan qolmang». Shundan so'ng u
qog'ozga nimalardir yozib, varaqni menga tutdi. O'qib ko'rdim: «Dovyurak bo'l, shunda
baquvvat kuchlar senda yordamga keladi».
«Dovyurak bo'l!». Ilgari hech qachon dovyurak bo'lmaganman. Cho'chish va
ikkilanishlarim doimo harakatlarimga xalaqit berardi. Endi o'tgan kunlarga nazar tashlab,
avvallari biznesim hech rivojlanmaganining sabablaridan biri ham shu ekanini angladim.
Qo'rquv va ikkilanishlarim tufayli hech qachon hal qiluvchi harakatlarga qobil emasdim.
Janob Levisning gaplari yigitchaga yaxshi tanish edi. Muhim qarorga kelish zarur
bo'lgan chog'dagi o'zining sustkashlik odatini bilardi, garchi bu odati ishda muvaffaqiyat
qozonishga to'sqinlik etsa-da, qo’lidan nima ham kelardi?
— Bilasizmi, — davom etdi janob Levis, — butun umrim davomida hech nimaga qo'l
urmagandan ko'ra, biror narsani sinab ko'rish va muaffaqiyatsizlikka duchor bo'lish
yaxshiroqligini eshitganman.
Lekin tajribam shuni ko'rsatdiki, aslida ko'pgina kishilar qalbini ich-ichida yaxshisi
sinab ko'rish kerak, modomikr sinab ko'rilarkan, albatta muvaffaqiyat qozonishga erishish
zarur, deb hisoblarkanlar.
Ko'pchilik omadsizlikka duchor bo'lish va ishni buzib qo'yishdan cho'chiydilar, lekin
haqiqat shundaki, muvaffaqiyatsizlikka rostakamiga uchrashning yagona yo'li — hech
qanday ishga qo'l urmaslikdir.
Agar nimadir qilmoqchi bo'lsangiz, hech qachon to'la muvaffaqiyatsizlikni boshdan
kechirmaysiz — jilla qurisa, bu sizni nimagadir o'rgatadi.
Juda ko'p kishilar boylik yaratishga hatto, urinmaydilar ham, chunki omadsizlik
oldidagi qo'rquv ularni to'xtatib turadi va ular hech qachon tavakkalchilikka bormaydilar.
Lekin hayotning o'zi — tavakkal. Ijozatingiz bilan bir nima ko'rsataman, — dedi janob
Levis she'r yozilgan bir varaqni berarkan.
Do'stlaringiz bilan baham: