«Olamda qat'iyatni hech narsa bilan almashtirib bo'lmaydi. Uning o'rnini iste'dod
bosolmaydi
—
iste'dodli omadsiz kabi hech kimni bot-bot uchratolmaysiz. Uning o'rnini
daholik ham bosmaydi
—
tan olinmagan daholar maqollarga kiritilgan. Birgina ma'lumot
ham yetarli emas
—
dunyo nazaidan qolgan ma'lumotli kishilarga to'la. Faqat sabot va
qat'iyatlilik hammasidan kuchlidir».
Boylikka yoki o'z sohasida biron-bir yetakchi mavqega bo'lmasin, muvaffaqiyatga
erishgan kishining omadsiz insondan muhim farqlaridan biri shuki, ilg'orlar doimo qat'iyat
ko'rsatadilar, ular hech qachon osonlikcha jon bermaydilar. Hatto to'siqlar yoki
qarshiliklarga duchor bo'lsalar-da, ular aslo chekinmaydilar. Ular nimani istashlarini aniq
biladilar va niyatlariga yetmaguncha maqsad sari intilaveradilar.
Mohiyatan insoniyatning butun tarixi mobaynida eng ko'p muvaffaqiyatga
erishganlardan ko'pchiligi sabotli bo'lmaganlarida buning uddasidan chiqolmasdilar.
Siz o'zingizni mahsulot yaratishga urinayotgandek tasavvur qiling. Maqsadga
yetishdim deb hisoblashingiz uchun qancha urinishlar talab etila-di? Yuzmi? Mingmi? Ikki
mingmi? Balki besh mingdir?
Yigitcha yelkasini qisdi.
— Hamma zamonlarning eng omadli kashfiyotchilaridan biri bo'lmish Tomas Edison,
— davom etdi janob Ijli, — jahonda birinchi elektr lampochkani kashf etishdan avval o'n
mingdan ziyod alohida urinishlar qilishiga to'g'ri kelgan. Basharti u shunchalik qat'iyat
ko'rsatmaganda, balki biz hozirgacha elektr yoritishga ega bo'lmasmidik. Yoki o'zingizni
rok-guruh a'zosi deb tasavvur etib ko'ring. Siz o'z urinishlaringiz behuda ekanini tan
olishdan avval ovoz yozish kompaniyasidan necha marotaba rad javobini olishingiz kerak?
Beshmi? O'nmi? Balki yigirmami?
— O'ylaymanki, yigirmanchi martadan keyin chekinardim, — jilmaydi yigitcha.
— Shundaymi, lekin bitta guruh aslo chekinmadi. Agar ular shunday qilganida eng
zo'r rok-guruhlardan biri bo'lolmasdilar. Chunki
Bitiz
guruhi nihoyat yozuv uchun
o'zlarining ilk bitimlarini tuzmagunga qadar ellikta har xil kompaniyalardan rad javobini
olgandilar!
Sizga so'nggi misolni keltirishga ijozat etgaysiz. Buyuk davlat arbobi bo'lmoqni orzu
qiluvchi yigitni tasavvur qiling. Barcha zo'r harakatlariga qaramay, o'ttiz ikki yoshida to'la
bankrotlikka duchor bo'ladi. O'ttiz beshga yetganida yoshlikda ko'ngil bergan ayol vafot
etadi, oradan bir yil o'tgach, u asab buzilishi dardiga duchor bo'ladi. Keyingi yillarda u
birin-ketin bir necha saylovlarda mag'lubiyatni boshidan kechirdi. U o'z urinishlaridan
qachon voz kechishi kerak, deb o'ylaysiz?
— Bilmadim, lekin bu kishi hech qachon davlat arbobi bo'lmaydiganga o'xshaydi.
Janob Ijli jilmaydi.
— Men hikoya qilgan kishi — Avraam Linkolndir.
Yigitcha yon daftarchasiga nimalarnidir yozib qo'ydi.
— Hayotda shunchalik ko'p narsalarga yetishgan insonlar qachonlardir mag'lubiyat
alamlariga chidagan yoki rad etilganliklaridan hatto, bexabar edim, — dedi u.
— Albatta. Aslida ilg'or kishilar o'z muvaffaqiyatlariga erishishlarining sababi ham
mag'lubiyatlarga shuncha bor duchor bo'lganliklarida.
Yon daftarchasiga navbatdagi yozuvni bitgan yigitcha jilmaydi.
— Tushunmayapman, — dedi u boshini ko'tarib, — agar biz urinishlarni qayta-qayta
davom ettiraversak, oxir-oqibatda muvaffaqiyatga erishamiz, demoqchimisiz?
—
Ha. Ko'pincha shunday, — javob berdi janob Ijli, — shart shuki, biz xatolarimiz
orqali o'rganamiz. O'z lampochkasini yaratish uchun Tomas Edison birgina tajribani o'n
ming marta takrorlagan, har safar u qandaydir yangilikdan xabar topib, kerakli
o'zgarishlarni kiritavergan.
— Qat'iyat — bu hammamizning bolalik chog'imizdagi sifatidir, — davom etdi janob
Ijli. — Masalan, qachon bo'lmasin uzoq vaqt kurash va har kuni yiqilaverishdan so'ng
nihoyat yurishni o'rganib olgan bolani ko'rganmisiz?
— Nima uchun biz o'sha sifatni yo'qotib boramiz? — so'radi yigitcha.
— Ba'zan omadsizlik va inkorlardan qo'rqamiz. Gohida o'zimizga ishonchni
yo'qotamiz. Lekin eng asosiysi: omadsizlik va inkor — muvaffaqiyatning eng muhim
tomoni ekanligini unutamiz. Amalda qancha ko'p omadsizlik va inkorni boshdan
kechirsangiz, shuncha katta yutuqqa erisha olasiz.
— Anglayolmayapman, — dedi yigitcha. — Bu qay tarzda bo'lishi mumkin?
— Chunki omadsizlik va inkorlar — muvaifaqiyat sari yetaklovchi zinapoyaning
zaruriy bosqichlaridir. O'z xatolarimiz orqali o'rganamiz va natijada maqsadga
yaqinlashamiz. Jorj Bernard Shou aynan shunday yo'l tutgan. U: «Men yoshligimda o'nta
ishimdan to'qqiztasi omadsiz bo'lganini sezardim. Omadsiz bo'lishni istamaganim uchun o'n
baravar ko'p ish bajarar edim», — degandi.
Tanlagan yo'lida katta yutuqqa erishgan har qanday kishini olishingiz mumkin, —
tushuntirdi janob Ijli, — ular muvaffaqiyatga erishishdan avval albatta, qator omadsizlik va
inkorlardan o'tganliklarini bilib olasiz.
Men o'zimga ilk bor qat'iyatning muhimligini kashf etganimda mashhur aktyor bo'lish
u yoqda tursin, bironta rol olish umidini ham yo'qotib qo'ygandim. Lekin basharti
muvaffaqiyatga erishmuqchi bo'lsam, o'z urinishlarimni tinmay davom ettirishim zarurligini
angladim. O'zimga va qobiliyatimga ishonardim. Aniq maqsadim bor edi, o'zimga
o'ylangan harakatlar rejasini tuzib oldim va nihoyat, to'qqiz oydan keyin rol olmagunimcha
ish izlashni davom ettirdim.
— Biroq, siz doim omadsizlikka uchrab, hech qanday natijalarga erishmasangiz,
qat'iyatli bo'lish ancha qiyin kechadi, — dedi yigitcha.
— Buni hech kim oson deyayotgani yo'q, — dedi janob Ijli. — Basharti bu oson
bo'lganida har kimning qo'lidan kelardi. Lekin muvaffaqiyatga erishuvchi kishining
omadsiz insondan farqi shundaki, yutuqqa yetisha oluvchi odamga omadsizlik degan gap
yo'q — bu shunchaki o'rganishi darkor bo'lgan tajriba.
— Boshqacha aytganda-chi?
— Agar kutilgan natijaga erishmasangiz, bundan tegishli xulosa chiqarasiz va takror
urinasiz. Aslida biron-bir muvaffaqiyatga erishishda xatolar qilib, ulardan saboq olib va
ilgarilashda davom etishdan bo'lak yo'l yo'q. Teodor Ruzvelt bu fikrni shunday ifodalagan:
«Na g'alaba, na yengilishlar bo'lmaydigan g'ira-shirada yashovchi, na katta
g'alabalardan, na katta aziyatlardan bexabar bu bechora kishilar bilan tenglashgandan ko'ra,
katta yo'qotishlar ehtimoli mavjud gardkamlikka borish, garchi ba'zan yengilishlar bilan
almashsa-da, shuhratli g'alabalarni qo'lga kiritish yaxshiroqdir».
Shunchalik kam kishilar muvaffaqiyatga erishishining sabablaridan biri shuki, ular
omadsizlik va inkor etishlardan o'tishni istamaydilar.
Lekin omadsizliklarga qaramay, qat'iyatni kuchaytirishga yordamlashuvchi bir narsa
bor.
— Xo'sh bu nima ekan? — so'radi yigitcha.
—
Do'stlaringiz bilan baham: |