ko'rishmoqchi bo'ldim, chunki bundan shunchaki yaxshi bir hikoya chiqishi mumkin edi,
lekin tez orada chol va'da qilganini ular bajarayotganiga amin bo'ldim. Butun hayotimga
ulkan ta'sir etgan sirlardan biri harakatlarning puxta o'ylangan rejasi quvvati edi.
— Buning zamirida aynan nimani nazarda tutyapsiz? — so'radi yigitcha.
— Siz nimani istashingiz va nima uchun istashingizni bilishingiz juda muhim va
ba'zan hayotingizga maqsadlaringizni kiritish uchun shuning o'ziyoq kifoya etadi. Basharti
ko'zlagan maqsadingizga erishish yo'lida biror-bir harakatni qo'llalamoqchi bo'lsangiz, sizni
bu maqsadlarga yaqinlashtiruvchi xatti-harakatlar yo'riqlarini ishlab chiqishingiz kerak.
Hamma ilg'or sportchilar o'z kelajagini rejalashtiradilar. Ular musobaqalar vaqtida yaxshi
formada bo'lishga harakat qilishi va shu holatni o'zlariga ta'minlash uchun mashq qilish
jadvalini tuzadilar. Musobaqadan avval va keyin ikki hafta — ularga to'g'ri kelmaydi. Agar
ular eng yaxshi natijalarga erishmoqchi bo'lsalar, o'sha voqeaning aynan o'sha davrida
ularning eng yaxshi holati zarur. Xuddi shuning kabi hayotda ham: o'z mulkini yaratishda
avval harakatlar rejasini o'ylab olib, shu asosda amal qilmagan biron-bir millioner yo'q.
Bundan bir necha yillar muqaddam juda badavlat va tadbirkor biznesmendan uning
muvaffaqiyatlarining siri nimadaligini so'raganimda, u menga uch narsaga: tartibli bo'lish,
tartibli bo'lish, tartibli bo'lish!.. qoidasiga amal qilgani tufayli hamma tilaklariga yetganini
aytib berdi. Bu javobda chuqur ma'no bor. Siz arxitektor rejasisiz imorat qurishni tasavvur
eta olasizmi? Buning uchun qanday ashyo va uskunalar talab etiladi? Poydevor qayerga
qo'yiladi? Bino qanday shaklda bo'ladi va necha qavatli quriladi? Agar rejangiz bo'lmasa,
hatto ishni nimadan boshlashni ham bilmaysiz.
Yigitcha rozi bo'lganday bosh irg'adi.
— Nima qurish niyatida bo'lsangiz ham, bu uy, kema, avtomobil... yoki davlat bo'lsin,
o'sha tamoyillar hamma narsalarga qo'llanadi. Barchasi uchun harakatlarning o'ylangan
rejasi zarur.
Harakatlarning o'ylangan rejasini tuzib, hayotimizni shunchaki qurishga kirishish
o'rniga o'zimiz istaganimizcha umr kechirmoq uchun hayotimizni rejalashtira olamiz. Bu
hatto mayda masalalarda ham asosiy o'rindir: faraz qilaylik, televizoringiz ishdan chiqdi va
sizga yangisi kerak. Siz sotib olmoqchi bo'lgan televizor rusumi va sotuvchi ham ma'lum.
Keyingi savol: uni olish uchun nima qilish kerak?
— Siz o'sha do'konni topishingiz, u yerga borib, zarur molni xarid qilishingiz kerak, —
dedi yigitcha.
— Yaxshi, bunday televizorlar sotiladigan, do'konni topdingiz. Lekin ular juda qimmat
bo'lsa-chi?
— U holda uni xarid qilolmaysiz. Bu juda oddiy hol, — javob berdi yigit.
— Keksa xitoylik bilan suhbatlashganingizda muammolarni yechishning oltin
qoidasini aytganmidi? — so'radi Xill xonim. U yon daftarchasini varaqlab, yigitga kerakli
betni topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: