Antroponimik indikatorlarni ma’noviy-semantik jihatdan quyidagi turlarga
ajratib o‘rganishni lozim topdik:
1. Shaxsning ijtimoiy holatini ko‘rsatuvchi indikatorlar.
2. Jins ifodalovchi indikatorlar.
3. E’tiqod va ishonch ifodalovchi indikatorlar.
4. Nasl-nasab ifodalovchi indikatorlar.
Indikatorlarning yuqoridagi ma’noviy guruhlari ichida shaxsning ijtimoiy
holatini ifodalovchi indikatorlar salmoqli o‘rinni tashkil qiladi. Chunki aksariyat
indikatorlar dastlab antroponimlarga unvon, martaba, lavozim, biron bir mavqe
ifodalash uchun qo‘llanilgan. Bu esa ularning bevosita ijtimoiy hayot bilan
chambarchas bog‘liqligidan dalolat beradi.
Demak, shaxsning ijtimoiy holatini ifodalovchi antroponimik indikatorlar
ham alohida tip sifatida o‘rganilishga loyiq.
I.1.Shaxsning ijtimoiy holatini ko‘rsatuvchi indikatorlar.
Ma’lumki, shaxs kishilik jamiyatini tashkil qilarkan, mana shu jamiyatda
o‘z o‘rni, va mavqeiga ega. Bu uning ijtimoiy holati bo‘lib, bevosita tarixiy
jarayon sifatida atoqli ot – kishi ismlariga ham ko‘chgan. Kishilarning ijtimoiy
holatini ifodalovchi, unga ishora qiluvchi qismi indikator bo‘lib, quyida ularning
ba’zilari xususida mulohaza yuritamiz:
Abdi // Abdu
– qul, g‘ulom; banda; sig‘inuvchi, itoat qiluvchi ma’nolarini
15
ifodalagan holda ismlar tarkibida uchraydi. “Navoiy asarlari lug‘ati”
1
da ham qul,
banda ma’nosida izohlangan bu so‘zning ko‘pligi
abid, ibod
sifatida uchraydi.
B
еgim
—
1) bеk farzandi, bеklar avlоdiga mansub, bеkzоda; shоhzоda;
hоkim, хukumdоr.
2) pоdshоhning хоtini yoki qizi; malika, bеkzоda; хоnim, bеka, оyim; yuksak
martabali, aslzоda. Ism tarkibida hurmat ma’nоsini anglatadi.
Boy
– tilimizda bu so‘z bir qancha ma’nolarni ifodalaydi. Jumladan, “O‘zbek
tilining izohli lug‘ati ”da bu so‘zning bir qancha ma’nolari keltirib o‘tilgan
2
:
1. Mol-dunyosi, davlati, boyligi ko‘p; badavlat, davlatmand. Boy odam.
Faqir tuyada yurar, boy – tuyada.
Maqol.
2. Iqtisodiy jihatdan mustahkam, hech narsadan kamchiligi, muhtojligi yo‘q;
to‘kis, badavlat.
Yurt boy bo‘lsa, uning bozori ham to‘kin bo‘ladi.
U. Normatov, Talant tarbiyasi.
3. (ko‘pincha j. k.dagi so‘z bilan). Tarkibida, bag‘rida kerakli va foydali
narsalar ko‘p, mo‘l.
Temirga boy ruda. Yeri boyning eli boy.
Maqol.
4. Biror narsasi, jihati, xususiyati yetarli darajada, to‘la-to‘kis, bekamu ko‘st.
Boy til. Boy kutubxona.
5. (odatda egalik qo‘shimchalari bilan). Er; turmush o‘rtog‘i.
Och kishi moy
tanlamas, qari qiz boy tanlamas.
Maqol.
6. Boylarga murojaatda yoki ular haqida so‘z borganda, ularning nomi
o‘rnida yoki nomiga qo‘shib ishlatiladi.
Boy ota! Bu gapni bir aytdingiz, yana
qaytib gapirmang.
Hamza, Boy ila xizmatchi.
7. Kishi ismining tarkibiy qismi bo‘lib keladi:
Boltaboy, Teshaboy, Jo‘raboy.
B
еk
– dastlab biror bir ijtimoiy mavqeni bildiruvchi mansab, unvon, daraja
kabilarni ifoda qiluvchi leksema sifatida tilda mavjud bo‘lib, keyinchalik
antroponimlar tarkibida shaxsning ijtimoiy holatini ifoda qiluvchi grammatik
ko‘rsatkichga aylangan. Bu bevosita xalqning turmush tarzi, orzu-maqsad va
intilishlari bilan chambarchas bog‘liq. Negaki o‘zi beklar avlodidan bo‘lmasa
1
P. shamsiyev, S. Ibrohimov. Navoiy asarlari lug`ati. –Toshkent, 1972. 21-bet.
2
O`zbek tilining izohli lug`ati. I tom. – Toshkent, 2006. 300-bet.
16
ham, yaxshi niyat qilib farzandiga mana shu komponent ishtirok qilgan ismlarni
tanlashida ota-onalar ism va jism o‘rtasida qandaydir mutanosiblik, bog‘liqlik
bo‘ladi degan farazni ham chetlab o‘tmaganligini sezish mumkin.
Хalq dоstоnlari lеksikasida ham bu kоmpоnеnt bilan yasalgan nоmlar
anchagina:
Ahmadbеk, Alibеk, Ashurbеk, Go‘ro‘g‘libеk, Bоlibеk, Bоbоbеk,
Vafоbеk, Ganjumbеk, Ballibоy, Yortibоy, Yo‘limbоy, Оylabiy, Ermоnbiy,
Sharmоnbiy, Tоllibоy, Tulumbiy, O‘tagan biy, Qo‘ng‘irbоy, Yusufbеk
va bоsh.
Bеk va bоy kоmpоnеntlarining nоm tarkibidagi o‘rni dоimiy emas. Bu
kоmpоnеnt har dоim ham nоm охiriga ham qo‘shilavеrmaydi, dоstоnlardagi
ayrim o‘rinlarda nоm оldidan ham kеla оladi. Misоl,
Bеk Go‘ro‘g‘li, Bеk
Ravshan, Bеkpo‘lat, Bеktоsh, Bоybo‘ri, Bоysari
va bоshqalar. Bizning
nazarmizda, bu kоmpоnеntning nоm оldida qo‘llanishi uslubiy funksiyasi bilan
bоg‘liqdir. Pеrsоnajning yuqоri martabasi, bоtirligi kabi хislatlarini alоhida
ko‘rsatish maqsadida, ba’zan esa badiiy talab
natijasida ham bu kоmpоnеnt nоm
оldidan qo‘llanishi mumkin. Masalan,
Bеk Go‘ro‘g‘li, Bеk Ravshan
kabilar.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da bek so‘ziga quyidagi ma’nolar ilova
qilingan
1
:
1. Turkiy xalqlarning ba’zilarida xonliklar davrida davlat arboblariga, shahar
yoki viloyat hokimlariga, ularning bolalariga berilgan faxriy unvon hamda
shunday unvonga sazovor bo‘lgan shaxs.
Boshlab hudaychi ot ustidan bir
kimxob to‘nni olib, qo‘rg‘on begiga kiydirdi.
A. Qodiriy.
2. Erkaklar ismining tarkibiy qismi. Masalan:
Yo‘ldoshbek, Otabek, Yusufbek.
3. (I sh egalik shaklida) O‘z begi yoki ular haqida gapirganda ishlatilgan so‘z.
Qayg‘urma, begim! Hasanali otang bu to‘g‘rida ham seni yodidan chiqarmaydi.
A. Qodiriy.
Demak, bek so‘zi tilimizda ham so‘z, ham qo‘shimcha, ya’ni affiksoid
sifatida mavjud ekan. Biz ishimizning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, bu
so‘zning “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da berilgan yuqoridagi ma’nolaridan
aynan ikkinchi ma’nosini tadqiq qilamiz. Ishimizda bek so‘zi erkaklar ismining
1
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. I tom. – Toshkent, 2006. 213-bet.
17
tarkibiy qismi sifatida antroponimik indikatorlik xususiyatini aks ettiradi.
Professor Sh. Rahmatullayev fikricha, bu so‘z dastlab “katta”, “yirik” kabi
ma’nolarni anglatgani, keyinchalik sifatdan otga aylangani borasida yuqorida
ta’kidlab o‘tdik. Darvoqe, beg//bek so‘zining dastlabki ma’nosi hozirgi kunda
Xorazm o‘g‘uz shevasida saqlanib qolgan. “ “Bek” (bey) atamasi turkiy tillarda
ismlarga qo‘shilib, ularning birinchi yoki ikkinchi komponenti bo‘lib kelgan”
1
.
Masalan: Bekchan, Beknazar, Bekturdi, Bekposhsha; Umrbek, Otabek, Norbek,
Elbek, Nurbek. ”Bek” komponenti ismlarning ikkinchi qismi bo‘lib kelganda
ulug‘lash, hurmat ma’nolarini anglatmoqda va antroponimik formant vazifasini
bajarmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |