Bituruv malakaviy ishi mavzu: baholash va kalkulyatsiya bajaruvchi: Abdullayev Ilmiy rahbar



Download 2,48 Mb.
bet11/15
Sana21.07.2022
Hajmi2,48 Mb.
#834608
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Abdullayev baholash va kalkulyatsiya

XULOSA VA TAVSIYALAR
Zamonlar osha buxgalteriya hisobining shakllanib borishi hamda uning O’zbekiston Respublikasida keng qo’llanilishi yo’lga qo’yilishi, yurtimizda hisob siyosatining ancha yengillashuviga sabab bo’ldi desak xato bo’lmaydi. Sababi katta tashkilotlardan tortib, kichik uy xo’jaliklarigacha buxgalter (hisobchi) xizmatlariga ehtiyoj sezadilar. Chunki, aynan buxgalterlar korxonaning bugungi kundagi faoliyati haqida to’liq ma’lumotlar to’plab, ertangi kuni qanday bo’lishini baholay olishga zarur bo’ladigan hisobotlarni tuzadilar. Bunday moliyaviy axborotlarni yetkazish uchun ularga buxgalteriya hisobi usullar ko’maklashadi.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobining usuli xo’jalik mablag’lari va jarayonlarini boshqarish uchun axborotni shakllantirish usullarining yig’indisidir.
Buxgalteriya hisobining usuli qator usullardan keng foydalanish bilan tavsiflanadi va ularning har biri ma’lum maqsadlarga xizmat qilib, birgalikda yagona tizimni hosil qiladi. Buxgalteriya obyektlari unda yoppasiga va uzluksiz o’z aksini topadi. Buxgalteriya hisobining usuli hisobga olinayotgan obyektlarni o’zaro bog’langan holda aks ettirish imkonini beradi va shu bilan ayrim hodisalar o’rtasidagi sababli bog’liqlikni yuzaga chiqaradi. Хo’jalik hodisalari buxgalteriya hisobida real ma’lumotlar asosida ko’rsatiladi va shu bilan uning obyektivligi ta’minlanadi.
Buxgalteriya hisobining usuli xo’jalik hayotining barcha hodisalari, xo’jalik faoliyati jarayonida sodir bo’layotgan barcha ko’p sonli operatsiyalarni kuzatish imkonini beribgina qolmay, undan tashqari, ilmiy asoslangan boshqaruv yechimlarini ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumotlarni iqtisodiy jihatdan umumlashtirish imkoniyatini ham yaratadi. Buxgalteriya hisobi usulidan foydalanishning bosh maqsadi xo’jalik faoliyatini boshqarishni amalga oshirish uchun talab qilinadigan ko’rsatkichlarni hisoblab chiqishdan iborat.
Har bir xo‘jalik yurituvchi subekt o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida ko‘plab xo‘jalik operatsiyalarini sodir etadi. Bu xo‘jalik operatsiyalarining har biri sodir bo‘lganda balansga ta’sir qilib, balans moddalari summalarini o‘zgartirib yuboradi. Lekin bu xo‘jaklik operatsiyalari balansga faqat to‘rt xil yo‘l bilan ta’sir etadi. Birinchisi, shunday xo‘jalik operatsiyalari borki, ular balansning faqat aktiviga ta’sir etadi. (+A –A) Bunda balansning aktivida bir modda summasi ko‘payib, ikkinchi bir modda summasi aynan shu summaga kamayadi, lekin balansning umumiy summasi o‘zgarmasdan qoladi. Ikkinchisi, shunday xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘ladiki, ular balansning faqat passiviga ta’sir qilib, (+P –P) passivda bir modda summasi ko‘payib, ikkinchi modda summasi aynan shu summaga kamayadi. Bunda ham balansning umumiy summasi o‘zgarmaydi. Uchinchisi, shunday xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘ladiki, ular balansning aktiviga va passiviga ham ta’sir etib, ular summasini ko‘paytirib yuboradi. (+A +P) Bunda yuz bergan xo‘jalik operatsiyasi ta’sirdia balansninng aktiv tomonda bir modda ko‘paysa aynan shu summaga passiv tomnda ikkinchi bir modda ham ko‘payadi. To‘rtinchisi, shunday xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘ladiki, ular balansning aktiviga ham passiviga ham ta’sir etib, ular summasini kamaytirib yuboradi. (-A – P) Bunda yuz bergan xo‘jalik operatsiyasi ta’sirida balansninng aktiv tomonda bir modda kamaysa aynan shu summaga passiv tomnida ikkinchi bir modda ham kamayadi. Balansga ta’sir qiladigan bunday o‘zgarishlarni misollarda keltiramiz. 61 Buxgalteriya balansi hisobot davrining 1-kuniga tuziladi. Xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda xo‘jalik mablag‘lari tarkibi va hajmi sodir bo‘layotgan operatsiyalar ta’sirida uzluksiz o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarishlar balansga, albatta, ta’sir etadi. Lekin bunda mablag‘lar turining umumiy summasi bilan ularning manbalarining umumiy qiymati o‘rtasidagi tenglik hech qachon buzilmaydi. Birinchi operatsiya. Kassadan korxona xodimlariga hisobdorlik shartlari bilan 60 000 so‘m berildi. Pul berilgandan keyin «Kassa» moddasidagi summa 60 000 so‘mga kamayadi va 40 000 (100 000-60 000) so‘mni tashkil qiladi. SHu bilan bir vaqtda pullarning hisobdorlik shartlari bilan berilishi hisobdor shaxsning ushbu korxonaga qarzining paydo bo‘lishiga olib keladi. Demak, balans aktivida hisobdor shaxsning korxonaga bo‘lgan 60 000 so‘mlik qarzi aks ettiriladigan «Debitorlar» moddasi paydo bo‘ladi. Bunda ushbu operatsiya ta’sir etgan har ikkala balans moddasi ham aktivdir. Mazkur xodisadan mablag‘lar aktivining bir moddasidan ikkinchisiga o‘tipshgina sodir bo‘ldi. Aktivning jami o‘zgarmaydi va aktiv hamda passiv summalar o‘rtasidagi tenglik 62 saqlanib qoladi.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, O’zbekiston Respublikasida bo’layotgan iqtisodiy, moliyaviy o’zgarishlar har bir soha, shu jumladan, buxgalteriya hisobini ham yuritish uchun, qolaversa, foydalanuvchilarga ma’lumotlarni uzliksiz, tez, ishonchli manbalarga asoslangan holda yetkazib berish uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratilib kelinmoqda. Ayniqsa, hozirgi davrda kopmyuterlashgan tizimga asoslangan buxgalteriya hisobini yurgazish, buxgalteriyaga taaluqli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda bo’layotgan o’zgarishlar ham ushbu sohaga ijobiy ta’sir ko’rsatib kelmoqda.
Shunday shart-sharoitlardan to’g’ri foydalana olgan, o’z korxonasida buxgalteriya hisobi usullarining barcha elementlarini, jumladan, hujjatlashtirish, inventerizatsiya, baholash, kalkulatsiya, ikkiyoqlama yozuv, schyotlar rejasi, buxgalteriya balansi va hisobotlarni to’g’ri yo’lga qo’yib, muntazam nazorat qilib, qonuniy ish faoliyati olib boruvchi rahbarlar o’z korxonalarining iqtisodiy- moliyaviy barqarorligini ta’minlay olishi hamda to’g’ri, aniq tuzilgan moliyaviy hisobotlar natijasida xorijiy investorlarni jalb qilib, yanada ko’plab imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega bo’lishi mumkin.
Bitiruv malakaviy ishini yozish mobaynida quyidagi xulosa va tavsiyalar ishlab chiqildi:
-O’zbekistonda buxgalteriya hisobining rivojlanish tarixiga oid ma'lumotlar to'plash;
-O’zbekistonda buxgalteriya hisobining rivojlanish tarixi va uning iqtisodiyotda tutgan o’rnini o'rganish;
-Buxgalteriya hisobini tashkil qilishda buxgalteriya usullari va elementlarining zarurligini amalda isbotlash;
-Hujjatlashtirish va ikki yoqlama yozuv usullari, baholash, kalkulyatsiya va inventarizatsiya usullarining buxgalteriya hisobidagi o’rnini o'rganish va tahlil etish;
-Hujjatlashtirish va ikki yoqlama yozuv usullarini amaliyotga tatbiq qilish;
-Baholash, kalkulyatsiya va inventarizatsiya usullarining buxgalteriya hisobidagi o’rni va zarurligini o'rganish;
-Balans va kalkulyatsiyaning ahamiyatli jihatlari va ularni amaliyotda qo’llash;
-Schyotlar, buxgalteriya balansi va hisobotning ahamiyati va ularni amaliyotda qo’llash;
-Balansning tuzilishi va uning moddalari haqida o'rganish,umumiy xulosalarga kelish,mavjud mavzuga doir muammalarga yechim topish kerak.



Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish