Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. Mamlakatimiz faol ravishda jamiyatning to'laqonli a'zosiga aylanar ekan, jahon bozori xalqaro amaliyotga muvofiq ichki buxgalteriya hisobining rivojlanishiga ancha katta ta'sir ko'rsatib kelmoqda. O'zbekiston Respublikasining o'tish davridagi bozor sharoitida buxgalteriya hisobini tartibga solishning ichki tizimini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini bashorat qilishga va unga bo'lgan ba'zi talablarni shakllantirishga imkon beradigan buxgalteriya islohotlarining asosiy yo'nalishlari aniqlab olingach oldiga bir qator vazifalarni qo’ydi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun buxgalteriya hisobini tashkil etishni qonuniy, me'yoriy va uslubiy ta'minoti ishlab chiqildi.
Buxgalteriya hisobi fan sifatida shakllanganida, barcha mustaqil fanlar kabi o’z usullariga ega bo’lgan. Buxgalteriya hisobining usuli - buxgalteriya hisobi ob‘ektlarini ya‘ni asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari3ning faoliyatini boshqarish orqali amalga oshirish maqsadida yoppasiga, uzluksiz, o’zaro bog’langan va obyektiv aks ettirishni ta’minlaydigan usullar tizimidan iborat. Buxgalteriya hisobi usullarining elementlari uning ob‘ektlari hisoblanib, unga quyidagilar kiradi: hujjatlashtirish; inventarizatsiya; baholash; kalkulatsiya; buxgalteriya hisobi schyotlari; ikkiyoqlama yozuv; buxgalteriya balansi; hamda moliyaviy hisobot.
Buxgalteriya hisobi usullarining sub‘ektlari esa uning ob‘ektlarini boshqarib boruvchi, nazorat qiluvchi va xo’jalik yurutuvchi korxonada sodir bo’layotgan operatsialarni hujjatlashtirib, axborotlarni qayd etib boruvchi shaxslar ya’ni buxgalter va uning yordamchilari, baholovchi, omborchi, ish boshqaruvchi, rahbar va h.k. hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobi usullarining asosiy maqsadi foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashda, axborotlar tog’ri, aniq va ishonchliligini yanada takomillashtirish uchun kerak bo’ladigan shart-sharoitlarni ta’minlashdan iborat.
Shu maqsadlardan kelib chiqib buxgalteriya hisobi usullari o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:
Korxona xo’jalik mablag’lari va ularni tashkil topish manbalarini, ularni xo’jalik jarayonlari natijasida o’zgarib borishlarini yoppasiga, uzluksiz, qonun-qoidalarga asosan hujjatlashtirib borish ;
Takror ishlab chiqarish jarayonidagi korxonalar, tashkilotlar va korporatsiyalarning samarali boshqarilishida mablag’lar holati va ulardan unumli foydalanish haqidagi hisobotlarni shakllantirib borish;
Xo’jalik jarayonlarida bevosita va bilvosita ishtirok etuvchi asosiy vositalarni hujjatlarda aks ettirish;
Korxonaning aktivlari va passivlari haqidagi ma’lumotlarni yig’ib, ikkiyoqlama yozuv asosida shakllantirib borib, oylik, choraklik, yillik buxgalteriya balansida aks ettirilib borishini ta’minlash.
Ushbu kurs ishida biz:
- O’zbekistonda buxgalteriya hisobining rivojlanish tarixi va uning iqtisodiyotda tutgan o’rni, hozirgi kunda qanday tartibda olib borilishi;
- buxgalteriya hisobini tashkil qilishda buxgalteriya usullari va uning elementlari zarurligi;
- hujjatlashtirish va ikki yoqlama yozuv usullarini amaliyotga tatbiq qilish jarayonlari, ularning buxgalteriya hisobini yurgazishda qay darajada ahamiyat kasb etishi;
- baholash va kalkulyatsiya nima va qanday hisoblanishi, inventarizatsiya o’tkazish tartibi va usullarining buxgalteriya hisobidagi o’rni va zarurligi;
- schyotlar rejasi, moliyaviy hisobot va buxgalteriya balansining ahamiyati va ularni amaliyotda qo’llash haqida kengroq to’xtalib o’tamiz.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va chuqurlashtirish sharoitida turli mulkchilikka asoslangan tashkiliy-iqtisodiy jihatdan bir-biridan farq qiluvchi ko‘plab xo‘jalik yurituvchi subektlarning paydo bo‘lishiga zamin yaratildi. SHu munosabat bilan xo‘jalik yurituvchi subektlarda buxgalteriya hisobning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi va uning ustidan nazoratning samarali mexanizmini ishlab chiqish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Xususan, buxgalteriya hisobining ahamiyati sifatida xo‘jalik yurituvchi subektlarda hisob tizimining naqadar to‘g‘ri yuritilishi, xo‘jalikning iqtisodiymoliyaviy faoliyatini o‘rganish va uning holatiga xolisona baho berish, shuningdek iqtisodiy ko‘rsatkichlarning samaradorligini aniqlash hamda nazoratini o‘rganish bugungi kunda talaba yoshlarga muhim dastur vazifasini o‘taydi. Iqtisodiyotni chuqurlashtirish jarayonida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy faoliyatini makro va mikro darajada tahlil qilib, kelgusida ishlab chiqarish (ish va xizmat) ning hajmini bashoratlash, shuningdek, samaradorlikka erishish uchun muhim bo‘lgan qarorlar qabul qilish “Buxgalteriya hisobi” fanining metodikasini yanada takomillashtirib borishni taqozo etadi. Tahlil natijasida olingan muhim qarorlar bevosita xo‘jalikning boshqaruv tizimini yaxshilash bo‘lsa, ikkinchidan ushbu ma’lumotlar tashqi foydalanuvchilarning xo‘jalik faoliyatiga bo‘lgan qiziqishiga hamda qo‘shimcha investitsiyaning kirib kelishiga zamin yaratadi. SHu jihatdan “Buxgalteriya hisobi” fanini o‘zlashtirish jarayonida talabalar bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlari hamda qonuniyatlarini hisobga olgan holda bu fanning mohiyati va ahamiyatini har tomonlama mukammal o‘rganish zaruriyatini belgilab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |