Radial halqali sxemada loyihalangan shaharlar:
a- Moskva; b- London; d- Berlin.
To'g'ri burchakli sxema. O'tgan asrda keng qo'llanilgan bo'lib, oldindan loyihalanib
qurilgan shaharlarda uchraydi. Unda magistrallar tizimi 90" ga yaqin bo'lgan burchak
ostida kesishuvchi to'rsimon shaklni o'zida ifodalaydi. Qulayligi — qurilishni tashkil
etishda va harakatlanish uchun qulayliklar yaratishda; kamchiligi - transporting uzoq
masofaga yurishida.
Nyu-York. Kvartallarning bir xil qaytariluvchi, transport harakatini
yaxshilovchi diagonal ko'chalarsiz to'g'ri burchakli loyihaviy «panjara» misoli.
Uchburchakli sxema. Magistral ko'chalar tizimi 60° ga yaqin burchak ostida kesishib,
magistrallar oralig'i hududlarining uchburchak ko'rinishiidagi hududini shakllantiradi.
To'g'ri burchakli chiziqli sxema cho'ziq shaklli (chiziqli) shaharlarda qo'llaniladi.
Shaharning u boshidan bu boshigacha eng qisqa vaqtda yetib borishni ta'minlash,
shaharning funksional qismlarini to'g'ri loyihalash muhim. Funksional qismlar shunday
taqsimlanishi kerakki, unda yashovchilarning kundalik turmushi jarayonida jamoat
markazlari, maishiy xizmatlardan va boshqa xizmatlardan foydalanishi eng qulay holda
tashkil etilsin. To'g'ri burchak-diagonal sxema. To'g'ri burchakli sxema diagonal
magistrallar bilan to'ldirilib yaxshilanadi. Transportlarning uzoq yurishi kamaytiriladi,
vaqt ketishi minimal holatga keltiriladi. Kamchiliklari — magistrallar kesishgan joylarda murakkab tugunlar hosil qilinadi. Magistral ko'chalar oralig'ida qurilishlar qiyinlashadi.
Kombinatsiyalashgan sxema. Yirik shaharlarda amalda keng tarqalgan. Misol uchun
shaharning bir qismi muntazam to'g'ri burchakli . iizimda, boshqa qismi radial-halqasimon yoki uchburchak sxemada hal qilinishi mumkin. Ba'zan shahar ahamiyatidagi magistral ko'chalar muntazam sistemada, ikkinchi darajali ko'chalar esa, yarim halqa yoki uchburchak sxemada hal qilinadi.
Erkin sxema murakkab relyeflarda qo'llaniladi. Shahar liududining transport tizimini
yuqorida keltirilgan birorta sxema asosida loyihalash imkoni bo'lmaganda shu usul
qo'llaniladi. Bunda aholining qatnov yo'nalishlari eng qisqa masofa bo'ylab birlashtiriladi. Loyihasiz qurilgan kichik shaharlarda uchraydi. Har xil ko'cha tizimlarida eng ko'p tarqalgan qo'shimcha bu — ilmoqsimon magistrallardi.
— shahar yo'llarining magistral ko'chalarining va yo'laklarning yagona tizim
sifatida qaralishi, tarmoqdagi har bir element alohida qism sifatida, funksiyasini bajarishi;
— transport vositalarini ularning konstruktiv o'ziga xosligini va perspektiv
harakat hajmidan kelib chiqqan holda xavfsiz o'tishini ta'minlash, shaharning hamma
qismlarini qisqa aloqalar bilan bog'lanishini ta'minlashi;
— tashqi transport bilan bog'lanishi va shaharga kirishning qulay ta'minlanishi;
— qurilmalarda muhandislik kommunikatsiyalarini o'tkazishda qulayliklar
ta'minlanishi;
— shahar o'lchamiga va transport oqimlariga mos kelishi;
— shahar muhitining garmonik rivojlanish imkoniyatini, shu jumladan, shahar
maydonining o'sish imkoniyatini ta'minlash;
— iqtisodiy jihatdan tejamli bo'lishini ta'minlash.
Ko'cha yo'l tarmoqlarining sifatini belgilovchi obyektiv ko'rsat- kichlari: ko'cha yo'l
tarmoqlari uzunligi, ko'cha yo'l tarmoqlari zichligi, shahar, tuman ko'cha yo'l tarmoqlari
uzunligining uning maydoniga nisbati. Tarmoqning zichligi qancha katta bo'lsa, uning
o'tkazish qobiliyati yuksaladi. Agar zichlik keragidan kichikroq bo'lsa, transport oqimini
o'tkaza olmaydi, probka paydo bo'ladi, bekatgacha uzoq masofa bo'lib qoladi, ko'proq
yurishga olib keladi. Agar zichlik yuqori bo'lsa, maydon ancha kamayadi. Shaharlarda
ko'cha tarmoqlariningo'rtacha zichligi - 1,5-2,5 km/km. Markaziy qismdagi zichlik - 2,5- 4,0 km/km2.
Transport oqimining tezligi yo'nalish boiyicha bo'lish lozim. Tranzit (shahar, markaz,
tumanga nisbatan) va yuk mashinalari harakati ajratilishi lozim. Bu muammo funksional
hududlarga ajratisli bilan birga bir vaqtning o'zida hal etiladi: ommaviy tashriflar uchun
obyektlar, yuk oqimlarini shakllantiruvchi punktlar shahar tarxida eng qulay darajada
joylashmog'i, bunda kelib chiqayotgan muammolarni hisobga olish lozim. Masalan, bu
ortiqcha mablag' sarflanislnga va ortiqcha yuk tashishga olib kelishi mumkin. Xuddi
shunday moddiy xarajatlardan tashqari, shahar aholisining ommaviy vaqti yo'qolishiga
sabab bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |