Bank kartalariga xizmat ko'rsatish bo’limi. Vazifalar:Plastik kartochkalar bo’yicha zamonaviy bank elektron hisob-kitoblar teхnologiyasi rivojlanishining asosiy yo’nalishlarini o’rganish; Plastik kartochkalar orqali elektron hisob-kitoblar tizimini joriy qilish loyihalari bo’yicha marketing tadqiqodlarni o’tkazish va biznes rejalarni ishlab chiqish;
Plastik kartochkalar orqali elektron hisob-kitoblar tizimini joriy qilish; Bankning plastik kartochkalari orqali Avtomatlashtirilgan naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi faoliyatining shartlari va qoidalarini belgilash maqsadida shartnomaviy, me’yoriy-instruktiv va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish; Plastik kartochkalar orqali avtomatlashtirilgan naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimidan foydalanish;
Plastik kartochkalar orqali avtomatlashtirilgan elektron hisob-kitoblar tizimi faoliyatini teхnik-tizimli qo’llab-quvvatlash; Plastik kartochka orqali хizmat ko’rsatish tarmog’ini kengaytirish va daromad keltiruvchi хizmatlarni yanada kupaytirish va boshqalar.
2019 yil 13 maydagi “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi PF-5715-sonli farmoniga asosan “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining maqsadli mablag‘lari hisobidan aholiga ipoteka kreditlari ajratish shartlari
Kredit maqsadi
- ko‘p kvartirali uylardagi kvartira yoki yakka tartibda qurilgan (qarz oluvchi yashashi ko‘zda tutilgan va foydalanishga topshirilgan) uylarni sotib olish va ta’mirlash uchun.
Shuningdek, yangi qurilgan xonalarga bo‘linmagan (karobka) shaklidagi uylarni sotib olishga ipoteka kreditlari ajratilmaydi
Mijoz
Mijoz va turmush o‘rtog‘i ariza bilan murojaat etgan vaqtda ipoteka krediti mavjud bo‘lmagan va doimiy daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxs
Kredit muddati
birlamchi va ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun 20 yilgacha
- uy-joylarni ta’mirlash (remont) uchun 10 yilgacha
Kreditning miqdori
birlamchi va ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun 20 yilgacha
- uy-joylarni ta’mirlash (remont) uchun 10 yilgacha
Imtiyozli davri
Imtiyozli davrsiz
Kredit to’lov usuli
teng miqdorlarda (annuitet usulida)
Boshlangich badal
birlamchi va ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olingan uyning kamida 25 foiz miqdori
- uy-joylarni ta’mirlash (remont) uchun mavjud emas
Kredit foizi
- birlamchi va ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun yillik 17,5 foiz
- uy-joylarni ta’mirlash (remont) uchun yillik 16,5 foiz
Garov ta’minoti
sotib olinayotgan uy-joy garovi
- ta’mirlanayotgan uy-joy garovi
Sug’urta tulovi
Sotib olingan uy-joy bahosidan kam bo‘lmagan summaga sug‘urta qilinadi
Ipoteka kreditini qaysi hollarda maqsadsiz deb hisoblanishi
Krediti quyidagi hollarda maqsadsiz ishlatilgan deb hisoblanadi:
- Mijoz Ipoteka krediti hisobiga sotib olgan (yoki ta’mirlagan) uy-joyida o‘zi oila a’zolari bilan birgalikda istiqomat qilmasa;
- Ipoteka kredit hisobiga sotib olingan uy-joyni ijaraga berilsa yoki boshqa maqsadlarda foydalanilsa;
- Ipoteka krediti hisobiga sotib olinayotgan uy-joy bahosi bozor bahosidan yuqori baholanib unga ipoteka krediti ajratilsa.
- Ipoteka krediti hisobiga sotib olinayotgan uy-joy bo‘yicha sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasida qarindoshlik (er-xotin, ota-ona, aka-uka, opa-singil va qaynota-qaynona, qaynog‘a-qaynsingil) alomatlari aniqlanganda. Mijoz kreditni maqsadsiz foydalanganligi uchun Bankga maqsadsiz ishlatilgan kreditning 25 foiz miqdorida jarima to‘laydi.
2021 yil 11 martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-6186-sonli farmonga asosan ipoteka kreditlari ajratish shartlari
Kredit maqsadi
Birlamchi uy-joy bozoridan kvartira sotib olish uchun;
Yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun.
Mijoz
Doimiy daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxs
Kreditning miqdori
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda eng ko‘p miqdori – 327,2 mln so‘m;
Toshkent shahrida - ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori - 416,5 mln so‘m.
Kredit foizi
Toshkent shahrida – yillik 18 foiz;
Qor. Res. va viloyatlar markaz shaharlarida - 18 foiz;
Qishloq joylarda 17 foiz;
Kredit muddati va imtiyozli davri
6 oylik imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga.
Kredit to‘lov usuli
Annuitet yoki differensial usulida (qarz oluvchining xohishiga ko‘ra).
Boshlang’ich badal
Boshlang‘ich badal uy-joy qiymatining 15% miqdorida. Sotib olinadigan kvartira joylashuvi, qiymati va maydonidan qat’i nazar, dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — qat’iy belgilangan 32 million so‘m miqdorida ajratiladi. 5 yil davomida kredit foizlarining 10% dan oshgan qismi subsidiya xisobidan qoplanadi.
Garov ta/minoti
- sotib olinayotgan uy-joy garovi;
- yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishda,
Agar qarz oluvchi tomonidan kredit olish vaqtida boshqa ta’minot turi taqdim etilgan bo‘lsa, yakka tartibdagi uy-joy qurilish yakunlanib kadastr
hujjatlari rasmiylashtirilganidan so‘ng kredit ta’minotiga ushbu uy-joy qo‘yiladi.
Sug’urta to’lovi
Sotib olingan uy-joy bahosidan kam bo‘lmagan summaga sug‘urta qilinadi.