2.2. “Karbon kislotalar” mavzusini loyihalash ta’lim texnologiyasi
asosida o’qitish metodikasi.
Loyihalash texnologiyasidan kimyoni o’qitishda ham unumli foydalanish
mumkin.Ayniqsa,kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish bilan bog’ liq mavzularni
o’qitishda loyihalash texnologiyasidan foydalanish qo’l keladi.Bunda fanlararo
bog’lanish amalga oshiriladigan o’quv loyihalari ishlab chiqiladi. Akademik
litseylar organik kimyo kursining«Karbon kislotalar»
mavzusini loyihalash
texnologiyasi asosida o’qitish bo’yicha ishlab chiqilgan dars senariysini keltiramiz.
“Sirka kislota ishlab chiqarish” mavzusidagi rolli o’yin loyihasi.
Predmetlararo bog’lanish:organik kimyo, fizika, matematika, ekologiya.
Loyiha tipi: tadqiqot, amaliyotga yo’naltirilgan o’yin.
Loyiha kimyo-biologiya chuqur o’rganiladigan ixtisoslashgan maktab
o’quvchilariga mo’ljallangan.
Maqsadlar:
• Talim beruvchi maqsadi
-
turli xil axborot manbaalari bilan ishlash
ko’nikmalari
va
malakalarini
shakllantirish,politexnik
dunyoqarashini
kengaytirish, sirka kislota ishlab chiqarish texnologiyasini o’rganish, organik
sintezning xavfsizlik texnikasi asoslari bilan tanishish:
•
Tarbiyalovchi
maqsadi
-
talabalarni jamoada hamkorlikda
ishlash,
42
masuliyatlilik, tabiatni avaylab asrash ruxida tarbiyalash:
• Rivojlantiruvchi maqsadi- talabalarning ijodiy, ekologik fikrlashini
rivojlantirish, kerakli ma’lumotni mustaqil izlash ko’nikmalarini rivojlantirish:
Vazifalari:
• Karbon kislotalarning olinishi usullarini o’rgatish;
• Kimyo sanoati korxonalarida faoliyat ko’rsatuvchi turli xil kasb egalari va
ularning ishdagi vazifalarini bilish;
• Talabalarni faol bo’lishga, mustaqil izlanuvchan foliyat yuritishga tayyor
turishga tarbiyalash, kimyoviy texnologik jarayonlar misolida ulardagi ijodiy
qobiliyatlarni ochib berish;
• Jamoaviy muhokama vaqtida va qarorlar qabul qilishda nutq
munosabatlarining faol usullarini o’rgatish.
Imitatsion model: kengaytirilgan “direktor” oldi yig’ilishida reaktordan
chiqayotgan sirka kislota konsentratiyasining kamayiyishi masalasi muhokama
qilinadi.
Jihozlar: Har xil konsentratsiyali sirka kislota eritmalari, areometrlar
komlekti, jadvallar, sxemalar, laboratoriya idishlari.
Annotatsiya: Ushbu loyiha talabalarning organik kimyo kursini o’rganishini
kengaytirishga va kasbga yo’naltirishga qaratilgan.
Loyiha mahsuli: Ishbilarmonlik rolli o’yin.
Ishning bosqichlari:
Loyihaning mavzu va maqsadlarini aniqlash,
muammolar qo’yish, loyiha ustida ishlashni rejalashtirish, rollarni taqsimlash, sirka
kislota ishlab chiqarish jarayonining texnologiyasini o’rganish, adabiyotlar tanlash
va ularni sharhlash, eksperiment o’tkazish, natijalarni shakllantirish va
rasmiylashtirish, faoliyatlarni baholash.
Rollarning taqsimlanishi: Barcha o’yin ishtirokchilariga rol beriladi: “zavod
direktori”, “bosh muhandis”, “iqtisodchilar”, “ilmiy bo’lim xodimlari”, “bosh
energetika bo’lim xodimlari”, “amorf muhitni muhofaza qilish bo’yicha
inspektorlar, sotish bo’limi xodimlari”, zavodning kimyoviy laboratoriyasi
vakillari”.
43
O’ yin senariysi: O’qituvchi : kirish so’zida shu darsning mavzusini va
maqsadini e’lon qiladi, ko’p miqdordagi sirka kislota sintez qilish zaruriyatini
borish uchun so’z zavod direktoriga beriladi.
Zavod direktori. Hamkasblar kechagina tovarlarni nazorat qilish bo’limi
xodimlaridan sirka kislota konsentratsiyasining 70% gacha kamayganligi haqida
ma’lumot olinadi. Bugun biz konsentratsiyaning kamayib ketishi sababini aniqlash
uchun yig’ildik. Analizga kirishishdan oldin, men so’zni bosh muhandisga
bermoqchiman.
Bosh muhandis. Sirka kislota neft-kimyoviy mahsulotlarning asosiylaridan
biri hisoblanadi va hozirgi kunda keng qo’llanish sohalariga ega. Suvli eritmasi
oziq-ovqat sanoatida ta’m beruvchi va konservalovchi vosita sifatida ishlatiladi.
Sirka kislotaning murakkab efirlari erituvchilar va xushbo’y hidli moddalar sifatida
qo’llaniladi. Sirka kislota atsetat tola ishlab chiqarishda, bo’yoqlar va dorivor
moddalar sintezida, shuningdek gerbitsitlar ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi.
Sirka kislotaning bunday keng miqyosda qo’llanilishi, uni ishlab chiqarishning
dunyo miqyosida ko’payishiga olib keldi.
Fan va texnika bo’yicha direktor o’rinbosari. Sirka kislotani turli xil usullar
bilan olish mumkin. Eng qadimiy usullaridan biri yog’ochni bakteriyalar
yordamida haydash hisoblanadi. Hozirgi vaqtda bakterial metod asosan oziq -
ovqat sirkasi olish uchun qo’llaniladi. Texnik maqsadda keyingi ishlab chiqarishga
sarflanadigan sirka kislotasi atsetaldegiddan olinadi. Atsetaldegid esa atsetilendan
olinadi, atsetilenni esa ikkita usul bilan hosil qilish mumkin:
Mahsulotlar aralashmasi mis (II) sulfat eritmasi orqali o’tkaziladi. Bunda
asoslab beradi. Yaratilgan vaziyatlarni muhokama qilishda qatnashishi uchun
korxonanig turli xil bo’limlari xodimlari taklif qilinadi. Yig’ilishni boshqarib
A) Metandan
----
B) Kalsiy karbiddan
C
q
C03 —*
44
kalsiy gidroksiddan qutilib, toza holda atsetilen olinadi. Toza atsetilen simob (II)
oksid eritmasi orqali o’tkaziladi va 2000C gacha qizdiriladi. Bu yerda simob
birikmasi katalizator hisoblanadi. Reaksiya natijasida sirka aldegid olinadi.Ushbu
reaksiya atsetilenning gidratlanish reaksiyasi deb nomlanadi.Ushbu reaksiyani
1881- yilda rus organik kimyogari Mixail Grigorevich Kucherov kashf qildi, shu
sababli u Kucherov reaksiyasi deb ataladi.
2+
O
H C = C H + H2O
Hg > [C H 2 = C H ] --------- ► CH3— C ^
I
^ H
O
h
Sirka aldegid
(asetadegid)
Atsetaldegid sirka kislota ishlab chiqarishga sarflanadi.Bu usulning o’ziga
yarasha kamchiliklari bor.Bunda ishlatiladigan simob tuzlari zaharli moddalar
hisoblanadi va ular inson organizmiga zararlidir.
Zamonaviy usullardan biri etilenni oksidlash hisoblanadi.Bu ancha samarali
usul hisoblanadi.
0
Do'stlaringiz bilan baham: |