Bitiruv malakaviy ishi


Muvozanatlashganlik kuchi: Aq Fh/(Fq)



Download 479 Kb.
bet2/5
Sana25.06.2017
Hajmi479 Kb.
#15862
1   2   3   4   5

Muvozanatlashganlik kuchi: Aq Fh/(Fq)


  • Agar Fh/(Fq) ning qiymati 1 ga teng bo‘lsa shunchalik muvozanatlashganlik yuqori.

  • 0,85-1,15 oralig‘idan muvozanatlashganlik

  • Agar ushbu chegaradan chetga chiqsa yoki 0,85 past bo‘lsa bu toifa odam

  • qo‘zg‘alishga nisbatan muvozanatsiz,

  • 1.15-muvozanatsiz tormozlanish etakchilik qiladi.

    Boshqariluvchi temperament nazaryasi (B T N). Bu so‘rovnoma Yan Srilyayu tomonidan Pavlov g‘oyasi asosida ishlab chiqilgan, g‘oya asosida individning atrof muxitga ko‘nikishida temperament kata ro‘l o‘ynaydi, bundan tashqari asos bo‘lib D. Xebbomning hissiyotning optimal ko‘rinishi darajasi bo‘lgan. Boshqariluvchi temperament nazaryasiga binoan temperament strukturasida reaktivlik (individning his qilish va chidamliligi yoki ishga layoqati)va aktivligi buning ko‘rinishi harakatning o‘zaro almashinuvida kuzatiladi (aniq maqsadli harakatlar) ta’sirning o‘lchovi bo‘yicha.

    Stirilyayu boshqariluvchi temperament nazaryasi bo‘yicha isbotlanmagan holatlarni belgilab ko‘rsatadi. Misol uchun nisbiy barqaror individ mavjud bo‘lib xulq xarakteristikasi bo‘yicha asosiy ikki kategoriyaga asoslanadi. Intinsivligi (hulq atvorni faol shakli) va vaqt (vaqtincha hulq atvor ko‘rsatkichlari)

    Odamlar va hayvonlarning hati harakatlari qanchalik o‘ziga xos bo‘lmasin barcha sut emizuvchilar intinsiv va vaqtincha kategoryaga xarakter sifati qaratilgan bo‘ladi. Shunday qilib temperament hayvonlarda va odamlarda ham o‘rinlidir.

    Temperament xarakteristikasi bu biologik evalutsiya mahsuludir va uning genitik asosi bo‘lishi lozim. U o‘z o‘rnida psixologok xarakteristika orqali individning temperametdagi farqini belgilaydi.


    2.3. Mayers-Briggs tipologik so‘rovnomasi

    O‘sib kelayotgan avlodga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish hamda ularning “o‘z qobiliyati, intilishlariga mos, hayotda o‘ziga munosib o‘rin” topishlarida psixologlar tomonidan ham ko‘plab ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar olib borilmoqda. “Vazifa to‘g‘ri anglansa, orzuga etishmoq oson kechadi” deganlaridek, biz ham shu jumladan, o‘z oldimizga zamonaviy psixologik metodikalarni milliylashtirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borib, yoshlarning shaxs jihatlarini, yo‘nalganliklarini aniqlash va ularga kerakli yo‘llanmalar berishni vazifa qilib qo‘ydik.

    MDH da xorijiy testlar, keng qo‘llanilishiga qaramasdan, kamdan-kam hollarda bu testlar jiddiy ilmiy talablarga javob beradi. Bugungi kunda bizda qo‘llanilayotgan ko‘plab xorijiy testlarni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanuvchi–psixologlarga tavsiya etib bo‘lmaydi. Ularni qo‘llashdan olinadigan natijalari esa, aksariyat hollarda konkret, tadqiqotda ko‘zda tutilgan ko‘rsatgichni berdi. Uning oqibatida tadqiqotdagi xolislik pasayadi.

    Stimullarni o‘zgartirishga imkoniyati bo‘lmagan proektiv metodikalarning moslashtirish ishlari nihoyatda murakkab hisoblanadi. Bu gap verbal testlarga ham tegishlidir. Sovet psixodiagnostikasida ham, shaxs so‘rovnomalarining adaptatsiyasi murakkab muammolardan biri sanalgan.

    Shunga qaramay, K.G.Yung nazariyasiga asoslanib amerikalik olimalar tomonidan yaratilgan va Mayers-Briggs metodikasi, deb nom olgan so‘rovnomani o‘zbek tiliga tarjima qilib, barcha ilmiy talablar asosida milliy muhitga moslashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu metodika 94 savoldan iborat bo‘lib, ular 8 ta shkalada mujassamlashtirilgan. Savollar mazmunan mijozga tegishli shaxs xislatlarini aniqlashga qaratilgan. Bu metodikaning savollari o‘zbek tiliga o‘girilgandan so‘ng, ekspretlar guruhi rus varianti bilan mazmunan moslik darajasi ko‘rib chiqdi va tegishli tahririy o‘zgartirishlar kiritildi.

    Moslashtirishning muhim talablaridan biri ushbu metodikaning mazmuni va yo‘nalishiga mos keladigan boshqa metodika natijalari bilan qiyoslash kerakligidir. SHu ma’noda biz O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligining maxsus veb saytida e’lon qilingan “Sizning psixologik qiyofangiz” deb nomlangan metodikadan foydalanishni rejalashtirdik. Ushbu metodika ham mazmunan Mayers-Briggs metodikasiga to‘g‘ri keladigan 8 shkaladan iborat bo‘lib, boshqacha usulda va boshqacha savollar orqali ma’lumot olishga qaratilgan ekan.

    1950 yilda Aqshlik olima Katerina Briggs va uning qizi Izabel Mayers ularga qo‘shimcha ravishda yangi shkalani, ya’ni “qabul qilish — baholash”ni kiritadi.

    Mayers-Briggsning tipologik indikatori (MBTI) energiya zahirasini to‘ldirishning ikki har xil usuli (ekstraversiya — introversiya shkalasi – E-I), axborot yig‘ishning qarama-qarshi ikki usuli (sensorik — intuitiv shkala – S-N), qaror qabul qilishning ikki usuli (fikrlash va his qilish – T-F) va tashqi olam bilan aloqani tashkil etishning ikki usuli (qaror idrok – J-P)ni aniqlashga asoslanilgan. Shunday qilib, moyilliklarning to‘rt asosiy shkalasi mavjud. Har bir kishi o‘ziga xos xususiyati imkoniyati)dan kelib chiqqan holda, ana shu shkalalardan birida muayyan o‘rinni egallaydi va qarama-qarshi juftliklardagi u yoki bu qutbni tanlaydi. Har bir qarama-qarshi juftlik bo‘yicha moyillik (afzallik)lar kombinatsiyasi xulq-atvorning 16 tipidan birini anglatadi. Chunki u insonning o‘ziga xos xulq-atvorini bildiradi.

    So‘rovnoma mualliflarini insonlarning individual farqlarini tushuntiruvchi va xarakterlovchi psixologik vositani yaratish qiziqtiradi. Ammo bu psixologik vosita insonning o‘ziga xos moyilliklar haqidagi nazariya (Yung g‘oyasi) ga to‘la mos bo‘lishi lozim. Ana o‘shandagina insonlarning individual o‘xshashliklari va farqlarini ishonchli ravishda aniqlash va olingan natijalarni amaliyotda qo‘llash mumkin.

    Mayers-Briggs tipologiyasi boshqa tipologiyalarga qaraganda qator afzalliklarga ega. Bunda odamlar “norma” yoki “patologiya” shkalasi bo‘yicha qiyoslanmaydi va shaxs tiplarining birortasi boshqalaridan afzal hisoblanmaydi. Ushbu ijtimoiy-psixologik tipologiya, boshqa psixologik tipologiyalardan farqli o‘laroq, psixologik sifatlarning ijtimoiy namoyon bo‘lishini o‘rganishga imkon beradi. U xulq-atvorning turli tiplarini, ya’ni odamlarning xulq-atvori xususiyatlari(insonning u yoki bu hayotiy vaziyatda o‘zini qanday tutishi)ni tavsiflaydi. Bunda shaxsiy sifatlarni shunchaki aniqlash emas, balki olingan natijalarni amaliy qo‘llash muhim hisoblanadi.

    MBTI so‘rovnomasining asosiy qoidalari:

    — So‘rovnoma yordamida qiziq va muhim xulq-atvor stereotiplari aniqlanadi, bu insonlarni va ularning o‘zaro munosabatlarini tushunish uchun foydalidir;

    — Axborotlarni qabul qilish va qaror chiqarishdagi individual farqlar aniqlanadi;

    — Bu test emas, balki ko‘rsatkich(indikator) hisoblanadi va bunda “to‘g‘ri” yoki “noto‘g‘ri” javoblar bo‘lmaydi;

    — nazariyada ikki qismga ajratish g‘oyasi(dixotomiya) ilgari suriladi, shuning uchun MBTIda psixometrik ko‘rsatkichlardan foydalaniladi;

    — MBTI shkalalari mustaqil emas, ular ыrtasida spetsifik dinamik munosabatlar mavjud;

    — nazariyada ham, tiplar tavsifida ham shaxsning rivojlanishi butun umr davom etadigan jarayon sifatida qaraladi;

    — tip – bu har xil psixik jarayonlarni tavsiflash uchun qulay usul(axborotni qabul qilish, idrok etish va baholash).

    — “yaxshi” yoki “yomon” tiplar yo‘q, ularning har birining o‘ziga xos kamchiligi va afzalliklari bor;

    — to‘rt psixik jarayon (S, N, E, F) va to‘rt holat yoki yo‘nalganlik(E, I, J, P) mavjud bo‘lib, ular to‘rtta qarama-qarshi juftlikni tashkil etadi: S-N, E-F, E-I, J-P;

    — har bir respondent barcha jarayon va holatlardan foydalanadi, lekin juftlikdagi “qutblar”dan birini tanlashga moyil bo‘ladi yoki afzal hisoblaydi;

    — natijalarni talqin etishda har bir elementning namoyon bo‘lishiga aniq misollar keltiriladi;

    — MBTI shkalalari tayanch psixik funksiyalar axborotni qabul qilish va baholashga daxldor bыlib, ular har qanday xulq-atvorda gavdalanadi. Shuning uchun so‘rovnomaning amaliy qo‘llanilish sohasi ancha keng.

              MBTI so‘rovnomasining qo‘llanilish sohalari:

    MBTI mansabga ko‘tarilish va kasbga yo‘naltirish muammolarini hal etishda quyidagilar yordam beradi:

    —         shaxsni ta’lim yo‘nalishi va kasb tanlashga yo‘naltirish;

    —         axborotlarni qabul qilish va baholashning afzal sanalgan usullaridan foydalanish imkoniyatini aniqlash;

    —         hamkorlar bilan ish yuzasidan fikr almashish;

    —         xodimlar o‘rtasida topshiriqlarni samarali taqsimlash;

    —         jamoa a’zolarining ish bo‘yicha eng maqbul o‘zaro munosabatlarini belgilash.

    MBTI-individual va oilaviy maslahatlarda :

    —         turli moyillik(afzal bilish)ning yaxshi jihatlari va ustuvorliklarini mijozga tushuntirish;

    —         shaxsiy o‘ziga xoslikni rivojlantirish va tevarak-atrofdagilar bilan muloqot qilish usullarini takomillashtirishga amaliy yыl tanlash;

    —         axborotlarni qabul qilish va baholash usullarini rivojlantirish yo‘llarini shaxsga tushuntirish va shu asosda uni o‘z hayotini belgilashga o‘rgatish;

    —         turli odamlar xulq-atvoridagi o‘xshashlik va farqlarni tushuntirish; ota-onalarni farzandlari qanday bo‘lsa, ularni shundayligicha qabul qilishga o‘rgatishda va boshqa ishlarda yordam beradi(bu ayniqsa ota-ona va farzandlar turli tiplarga tegishli bo‘lsa muhimdir).

    Mayers-Brigges metodikasi bilan tanishish shaxsni o‘zining kuchli tomonini anglashga va ulardan to‘la foydalanishga o‘rgatadi, inson xatti-harakatining pinhoniy jihatlarni anglashga, muloqotga kirishadigan odamlarning ko‘ngliga yo‘l topishga imkon beradi.

    Mayers-Briggs so‘rovnomasi 94 banddan iborat. Respondentlar taqdim etilgan ikki javob, ba’zi holda uch javobdan birini tanlaydi. Savollarning bir qismi inson xulq-atvorining turli hayotiy vaziyatlarda namoyon bo‘lishini tavsiflaydi (masalan: Kechki bazmlar sizga: a) goho zerikarli bo‘ladi; b) doimo xursandchilik bag‘ishlaydi). Savolning qolgan qismlari – tushunchalar juftligidan iborat(masalan: a) yaratmoq; b) qurmoq). Respondent (so‘rovnomada ishtirok etayotgan shaxs)ga maxsus javoblar varaqasi beriladi. U unda o‘zi tanlagan javobni belgilaydi.

    Har bir javob variantiga mos qiymat belgilangan(0, 1 yoki 2 ball). Natijalarni qayta ishlashda shkaladagi har ikkala qutb ballari hisoblanadi(ya’ni E, I, S, N, T, F, J, P uchun alohida-alohida). Masalan, agar respondentning E bo‘yicha ballari yig‘indisi I bo‘yicha ballari yig‘indisidan katta bo‘lsa, u ekstravert sifatida tasniflanadi. Ya’ni u ko‘p vaqtini ekstravert sifatida o‘tkazadi. Faoliyatning ekstravertlashgan turini afzal biladi va hayotning turli sohalariga ehtiyoj sezadi. SN shkalasi bo‘yicha N ga moyillik, respondentning sensor qabul qilishga qaraganda intuitiv idrok qilish usulini afzal bilishini ko‘rsatadi. Agar moyilliklar bo‘yicha aniqlangan ballar yig‘indisi kichik bo‘lsa, respondentning tipologik xarakteristikasi unchalik aniq bo‘lmaydi. Umuman, harf moyil yo‘nalishini, sonlar esa uni amalga oshirish darajasini ko‘rsatadi. Shunday qilib, miqdoriy ko‘rsatgich respondentning xulq-atvorida u yoki bu moyilning qanchalik kuchli namoyon bo‘lishi haqida tasavvur beradi. Lekin ushbu moyilning rivojlanganlik darajasi haqida mulohaza yuritishga imkon bermaydi.

    Tip formulasi to‘rt harfdan iborat– har bir shkalaga bittadan harf (masalan, ESTJ, INFP tiplari). Bu har bir tipni ixcham ta’riflash usulidir. Tip formulasi moyillikni quyidagicha ifodalaydi: birinchi harf — E yoki I (ekstraversiya yoki introversiya), ikkinchi harf – S yoki N (sensorika yoki intuitsiya), uchinchi harf – T yoki F (fikrlash yoki sezgi), to‘rtinchi harf – J yoki P (baholash yoki idrok etish).

    Mualliflarning fikricha, MBTI talqini psixologning respondent bilan muloqoti(dialogi) ni taqozo etadi. Psixologning asosiy vazifasi – respondentga o‘zi haqidagi bilimlari asosida psixologik tipini aniq tavsiflashga yordam berishdir. Psixolog bunda shaxs tiplari nazariyasi bo‘yicha mutaxassis sifatida unga maslahat beradi, xolos. Odatda, bunday vaziyatlarda taxminan 75 % respondent o‘zining natijalaridan qoniqish hosil qiladi. Bunda respondent bilan xulq-atvordagi moyilliklarning hayotiy vaziyatlarda qanday namoyon bo‘lishi haqida suhbat ыtkaziladi.

    Birorta ham metodika shaxsning butun murakkabligi yoki uning xulq-atvorini to‘liq oydinlashtirib bera olmaydi. MBTI natijalarini har doim ham ishonchli deb bo‘lmaydi. SHu bois, respondentga uning so‘rovnoma natijasida aniqlangan psixologik tipini taxminan quyidagi tartibda birgalikda muhokama qilish taklif etiladi: “Mana, so‘rovnoma natijalari. Sizningcha, bu qanchalik to‘g‘ri?”

    MBTI so‘rovnomasi natijalarining ishonchliligi, boshqa so‘rovnomalardagi kabi, savollarga qanchalik “to‘g‘ri” javob berilganiga bog‘liq. Ba’zi hollarda shaxs aniqlangan tipining ыz xarakteriga mos ekanini darhol tan oladi. Bunday respondentlar bilan tipning namoyon bo‘lishiga doir misollarni muhokama qilish va olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha ko‘proq suhbatlashish kerak. Ba’zi shaxslar esa o‘z tipiga nisbatan kuchli shubhada bo‘ladi(ishonmaydi). Shuning uchun ular Mayers-Briggsning tipologik so‘rovnomasi natijalarini talqin etish bosqichlarida olingan ma’lumotlar bilan tanishtirilishi lozim. Bu ma’lumotlar ularga o‘zining ko‘proq nimaga moyil ekanini aniqlashga va mos psixologik tipini topishga yordam beradi. 

    Mayers-Briggs metodikasi bilan tanishish natijasida shunday xulosaga kelish mumkin: uning kuchli tomonlarini, ya’ni inson xulqidagi “yashirin mexanizm” larni tushunish, motivatsion echimlarni to‘liqroq ishlatishga, odamlar bilan o‘zaro aloqada, ularga “kalit” topishga yordam beradi.

    Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa

    Ushbu bob yuzasidan xulosa qilar ekanmiz, mazkur bobda individuallikni rasmiy-dinamik xususiyatlariga daxldor so‘rovnomalarning psixologik tavsifi haqida ma’lumotlarga ega bo’lishimiz mumkin.

    Mazkur holatni hisobga olgan holda ushbu bobda rus olimi V.M.Rusalov tomonidan ishlab chiqilgan “Individuallikning rasmiy-dinamik xususiyatlarini o‘rganish so‘rovnomasini (OFDSI)” mahalliy muhitga moslashtirish qanday ijobiy natijalar berishi mumkinligi xususida to‘xtalib o’tilgan. Shuningdek yuqorida V.M.Rusalovning “Individuallikni rasmiy-dinamik xususiyatlarini o‘rganish so‘rovnomasi qayta ishlash uchun ko‘rsatma va metodikaning shkalalari tavsifi ham bayon etilgan. Bundan tashqari ushbu bobda individuallikka daxldor yana bir qator Y.Strelyau “Temperament tuzilishini o‘rganish”so‘rovnomasi hamda Mayers-Briggs tipologik so‘rovnomasi haqida ham batafsil ma’lumotlar keltirib o’tdik. O’ylaymizki ushbu metodikalar mahalliy muhitha to`la ravishda moslashtirilgandan so’ng mutahassislar uchun shaxs individualligini o`rganuvchi eng oson va qulay metodikalar sifatida amaliyotga tatbiq etiladi.

    III BOB. INDIVIDUAL-DINAMIKLIKNI O‘RGANISHGA DOIR SO‘ROVNOMLARNING TATBIQ ETISH BO‘YICHA EMPIRIK NATIJALARI

    Biz oldingi boblarda individual-dinamik xususiyatlar va ularning o‘rganishga yo‘naltirilgan so‘rovnomalarning nazariy –metodologik va uslubiy tavsiflariga e’tibor qaratdik. Bu esa tadqiqot maqsad va vazifalarining bir jihati edi. Biz tomonimizdan amalga oshirilayotgan tadqiqotning ikkinchi jihati individual-dinamiklikni o‘rganish so‘rovnomalarini amaliy tatbiq etishga e’tibor qaratishdan iborat. Biz so‘rovnomalarni qo‘llash bo‘yicha olib boradigan ishlarimizni ikki metodika asosida amalga oshiramiz:

    3.1. V.M.Rusalovning “Individuallikni rasmiy-dinamik xususiyatlari so‘rovnomasi” so‘rovnomasi tatibiq etish natijalari

    3.2. Ya.Strelyauning Temperament strukturasini o‘rganish so‘rovnomasi

    Metodiklarni tatbiq etish natijalarini alohida paragraflar bo‘yicha tahlil qilamiz.
    3.1. V.M.Rusalovning “Individuallikni rasmiy-dinamik xususiyatlari so‘rovnomasi” tatibiq etish natijalari

    V.M.Rusalov so‘rovnomasi tatbiq etishdan oldin uning amaliyotda foydalanish va mutaxassis faoliyatida yengillik tug‘dirish maqsadida ishni metodikaning respondentlar tomonidan javob berish va mutaxassis tomonidan natijalarni qayta ishlash sohasini takomillashtirdik. So‘ngra uni tatbiq etdik. So‘rovnomani qo‘llanish jihatlaridagi optimallashtirish jarayoni tadqiqot natijalarini qayta ishlashda vaqt tejamkorligiga erishishimizni ta’minladi. Biz ushbu paragrafda metodikani qo‘llashdan olingan natijalar sharhiga e’tibor qaratgan holda uning individual-dinamik xususiyatlarni aniqlashdagi ahamiyatini yoritishga erishamiz. So‘rovnomani qo‘llash barobarida tekshiriluvchilarning xususiyatlarni bir necha jabhada o‘rganishga erishish mumkinligini guvohi bo‘lish mumkin ekan. Bizning tadqiqot ob’ektimiz talabalar bo‘lganligi sababli so‘rovnomaning mazmunini tashkil etuvchi mulohazalar ham ularning faoliyat xususiyatlari muvofiq tuzilgan. So‘rovnomani natijalarni qayta ishlashdan olingan dastlabki bosqich natijalarini statistik usullar yordamida qayta ishlandi va qiymatlarning ishonchlilik darajalari aniqlandi. V.M.Rusalov so‘rovnomasining natijalari quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.



    1-jadval

    Talabalarning V.M.Rusalovning « Individuallikni rasmiy-dinamik xususiyatlari so‘rovnomasi » metodikasi bo‘yicha natijalar





    Umumiy

    Jins

    Xususiy

    ʈ

    X

    σ

    X

    σ

    ERM

    28,52

    5,296

    qizlar

    26,62

    5,094

    -3,400***


    qizlar

    30,3

    4,343

    ERI

    30,65

    4,723

    yigit

    29,34

    4,332

    -2,857**

    qizlar

    32,65

    4,561

    ERK

    28,35


    4,791


    yigit

    27,55

    4,38

    -1,465


    qizlar

    29,41

    4,99

    PM

    30,38

    6,232

    yigit

    28,75

    6,58

    -1,537

    qizlar

    31,34

    5,83

    PI

    27,97


    5,768


    yigit

    25,96

    5,02

    -2,874*


    qizlar

    29,58

    5,567

    PK

    28,48

    5,982

    yigit

    27,65

    5,23

    -2,112*


    qizlar

    30,55

    6,39

    SM

    31,68


    6,325


    yigit

    30,24

    6,28

    -2,082*


    qizlar

    34,06

    5,98

    SI

    29,55

    5,772

    yigit

    27,82

    5,83

    -2,615**

    qizlar

    31,93

    5,68

    SK

    28,50


    4,296


    yigit

    27,37

    3,84

    -2,744**

    Qizlar

    30,03

    4,10

    EM

    26,81

    5,844

    yigit

    26,06

    5,40

    -1,260

    qizlar

    28,20

    6,28

    EI

    28,91


    5,064


    yigit

    28,48

    5,89

    -,77

    qizlar

    29,58

    4,34

    EK

    26,32

    6,222

    yigit

    26,06

    5,71

    -,907

    qizlar

    27,75

    7,18

    NSH

    15,74

    3,219

    yigit

    15,82

    3,93

    -,303

    qizlar

    16,10

    2,61
    *** r≤0,001; ** r≤0,01; * r≤0,05

    Tajribaning birlamchi natijalari umumiy hamda talabalarining jinsiy tafovutlari bo‘yicha o‘rganishga e’tibor qaratildi. So‘rovnomaning birinchi shklasi psixomotor erglik (ERM) bo‘lib, u bo‘yicha tekshiriluvchilar o‘rtacha qiymatga ega bo‘ldilar. Bu talabalarning muskul tonuslari me’yorda ekanligi, odatdagi faol harakat, jismoniy zo‘riqishlarga nisbata o‘rtacha intiulvchan, o‘rtacha muskul harakatlariga qobiliyatli ekanligidan dalolat beradi (28, 52);

    Ikkinchi shkala shaxsning intellektual sohasini ifodalab, u emotsional intellekt (ERI) sohasi hisoblanib, ushbu mezon bo‘yicha ham talabalarning natijalari o‘rtacha darajada ekan (30.65): intellektual imkoniyatlarning o‘rtacha ekanligi, aqliy zo‘riqishlar bilan bog‘liq faoliyatga xayrixohlik ham o‘rtacha ifodalanmoqda. Shuningdek, tekshiriluvchilarning kommunikativ erglik (ERK), psixomotor plastiklik (PM), intellektual plastiklik (IP), kommunikativ plastiklik (KP), psixomotor tezlik (SM), intellektual tezlik (SI), kommunikativ tezlik (SK) va psixomotor emotsionallik (EM), intellektual emotsionallik (EI), kommunikativ emotsionallik (EK) bo‘yicha ham tekshiriluvchilar o‘rtacha o‘krsatkichlar bilan cheklanganlar (2-jadval). Bizning tadqiqot natijalarimizdan qoniqishimiz va olingan miqdoriy ko‘rsatkichlarning ahamiyatini nazorat shkalasi (NSH) me’yori bilan bog‘liqdir (15,74). Tekshiriluvchilar NSH bo‘yicha me’yordagi hamda o‘zining faoliyati va xulq-atvorini adekvat baholashga moyilliklaridan dalolat berdi.

    Metodika natijalariga ko‘ra tekshiriluvchilarning so‘rovnomaga bergan javoblarini haqqoniy deb baholay olamiz. Natijalarning tekshiriluvchilarning jinsiy tafovutlari bo‘yicha solishtirganda ham NSH ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib baholaymiz. Ushbu shkalada talaba yigitlar va talaba qizlarning ko‘rsatkichlari me’yorda ekan: 15,82 va 16,10. Bu esa qolgan shkalalarni talqin etishga imkoniyayat beradi.

    So‘rovnomaning dastlabki natijalarini jinsiy tafovutlar bo‘yicha sharhlaganda barcha shkalalar bo‘yicha o‘rtacha darajali xususiyatlar xos ekanligi qayd etilgan (yigitlarda ham, qizlarda ham). Bu esa tekshiriluvchilarning qiymatlaridagi tafovutlarni faqat statistik o‘lchoqlar orqaligini ajaratib izohlash mumkin. Tekshiriluvchilarning jinslari bo‘yicha ko‘rsatkichlari tahlil qilinganda ERM (26,62 va 30.3), ERI (29,34 va 32,65), PI (25.96 va 29,58), PK (27,65 va 30,55), SM (30,24 va 34,06), SI (27,82 va 31,93), SK (27,37 va 31,93) bo‘yicha qizlarning ko‘rsatkichlari nisbatan ustunlik qilgan holda tekshiriluvchilarning farqlarga ega; yigitlarda esa bunday ustunlikdagi tafovut aks etmadi. Bundan ko‘rinadiki, talaba qizlarning individual dinamik xususiyatlarni ifodalovchi sifatlarini barcha jabhalarda tengdoshlariga nisbatan etakchilikka ega bo‘ldi. Bunday holat ta’lim jarayonida am kuzatiladi. Talaba yigitlar va qizlarning EM, EI, EK shkalalari bo‘yicha ko‘rsatkichlarida farqllar aniqlanmadi.

    Biz natijalarning ikkinchi o‘ziga xos tomonlari yoritish maqsadida tekshiriluvchilarning so‘rovnomadagi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlikni aniqlashga erishdik.



    Talabalarning so‘rovnoma bo‘yicha umumiy natijalarida 2-jadvlda keltirilgan.

    Download 479 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish