III.1 TADQIQOT USLUBLARI
Ish 2011-2012 yili Abay qo’ylarni bo’rdoqiga boqish va qorako’lcha ishlab chiqarish shirkat xo’jaligida olib borildi va bajarildi.
Buning uchun biz qochirish mavsumida sovliqlardan 5 gurux tashkil qilib ularni suniy ravishda urug’lantirildi. Urug’langan sovliqlar qulog’iga xar-xil muddatlarda so’yish uchun xar xil rangli latta bog’ladik. Sovliqlar bo’g’ozlik davrining 129, 130, 131, 132, 133 kunligida so’yiladi.
Bo’rdoqiga boqilgan qo’ylarni semizlik darajasini va tirik vaznining o’zgaruvchanligini B.I.Ch.I uslubiga asosan o’rganildi (M.F.Tommi, 1956; S.V.Buylov va boshqalar 1970).
-
Bo’rdoqiga boqish davrida sovliqlarning tirik vaznini o’rganishda, bo’rdoqiga boqishdan oldin va bo’rdoqiga boqishning oxirida 200 kilogrammlik katta tarozida tortish yo’li bilan o’rganildi (200 grammgacha aniqlikda). Semizlik darajasini qo’l bilan ushlab ko’rish yo’li bilan aniqlaniladi.
-
Embrionning og’irligini tarozida tortish yo’li bilan o’rganildi. Embrion og’irligi prujinali tarozida (0.1 gramm aniqlikgachi) o’lchaniladi. Embrionning soni va og’irligi Abay go’sht kombinatida inobatga olindi.
-
Embrionlardan yangi shilib olingan terilarning og’irligini prujinali tarozida (0.1 gramm aniqlikgachi) o’lchash yo’li bilan o’rganildi. Terilarning satx kengligi va og’irligini Abay qo’ylarini bo’rdoqiga boqish va qorako’lcha ishlab chiqarish shirkat xo’jaligi omborida o’rganildi.
-
Quritilib tozalangan terilarning og’irligini prujinali tarozida (0.1 gramm aniqlikgachi) o’lchanildi. Bu ishni Abay qo’ylarini bo’rdoqiga boqish va qorako’lcha ishlab chiqarish shirkat xo’jaligining omborida bajarildi.
-
Junning uzunligi millimetirli metal lineyka yordamida o’lchandi.
-
Teri satxi, teri uzunasi va eni ko’paytirilib aniqlandi. Uzunasi deganda bo’yin asosidan , dum asosigacha olindi, eni esa shu o’lchamning o’rtasi olindi.
-
Ipaksimonligi, yaltiroqligi, qalinligi, jun qoplamining quyuqligi organaliptik (qo’l va ko’z bilan) aniqlandi. Qorako’l terilar sifatini o’rganish, umumiy qabul qilingan uslubga asosan o’rganildi. B.I.K.I.T.I I.N.Dyachkov va boshqalar (1963).
-
Teri navlarini O’zbekiston Respublikasining xom terilar uchun chiqarilgan O’Z RST-641-95 raqamli davlat standarti asosida aniqlanadi.
-
Iqtsodiy samaradorligi, sof foydani, tannarxga nisbati bilan aniqlanadi.
-
Ishdagi raqamli natijalar biometriya usulida ishlanib umumlashtirildi. M-arfmetik o’rtacha qiymat, b-o’rtacha kvadratik og’ishma, SV-o’zgaruvchanlik koeffisenti, m-o’rtacha arifmetik xato, tg-ikki variasion qator , arifmetik o’rtacha qiymatlar solishtirilib (R-extimollik R<0.05, P<0.01, P<0.001) topildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |