Bitiruv mаlаkаviy ishi mаvzusining аsоslаnishi vа uning dоlzаrbligi


-bob. Jamg‘armaning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari



Download 221 Kb.
bet17/20
Sana31.12.2021
Hajmi221 Kb.
#247014
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Ma'ruza matni

2-bob. Jamg‘armaning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari

11. Quyidagilar Jamg‘arma faoliyati asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:

tadbirkorlikni rivojlantirishni, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini va ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishiga ko‘maklashish;

tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ish o‘rinlari yaratish imkonini beradigan davlat, tarmoq va hududiy dasturlar, loyihalar hamda tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;

tadbirkorlik subyektlarining innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yangi turdagi mahsulotlar yaratish va ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, shuningdek, ishlab chiqarish faoliyatiga samarali yangi texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashish;

ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda respublikada tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirish muammolarini o‘rganishga qaratilgan kompleks ilmiy va amaliy tadqiqotlar amalga oshirilishini tashkil etish.

12. Jamg‘armadan moliyaviy yordam olish uchun berilgan arizalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha elektron hujjatlar aylanishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-son qarorida ma’qullangan elektron hujjatlar aylanishi sxemalariga muvofiq amalga oshiriladi.

13. Jamg‘armadan moliyaviy yordam olgan shaxs Jamg‘armaning buyurtmasida qarz oluvchi sifatida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami bo‘yicha aniqlanadi.

14. Oldin Jamg‘armaning moliyaviy yordamini olgan shaxs quyidagi holatlarda Jamg‘armaga kafillik va/yoki kompensatsiya olish uchun takroran murojaat qilishga haqli bo‘ladi:

amaldagi kafillik shartnomasi bo‘yicha shartnoma amal qilgan kredit bo‘yicha qarzdorlik to‘liq qaytarilganda;

amaldagi kompensatsiya shartnomasi bo‘yicha shartnoma amal qilgan kredit bo‘yicha qarzdorlik to‘liq qaytarilganda;

kafillik va kompensatsiya taqdim etish to‘g‘risidagi shartnoma tomonlarning roziligi bilan bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda.


26.03.2020-yildagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag`allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5975-sonli farmoni qarori qabul qilindi. 30.07.2020-yilda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 460-son qarori qabul qilindi.

2. Quyidagilar Oliy maktabning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:

respublika iqtisodiyotini rivojlantirishga zarur bo‘lgan boshqaruv kadrlari, shu jumladan oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

kichik biznes va tadbirkorlik, raqamli iqtisodiyot, raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi kurashish, marketing, menejment va iqtisodiyotning talab yuqori bo‘lgan boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlarni, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash;

iqtisodiyotda erkin raqobat muhitini shakllantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish, tovar va moliya bozorlarida monopol mavqega ega bo‘lgan korxonalarga qo‘llanilgan imtiyoz va preferensiyalar samaradorligini baholab borish va tegishli masalalar bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish;

halqaro e’tirof etilgan xorijiy oliy o‘quv yurtlarining yetakchi professor-o‘qituvchilarini jalb qilgan holda, korporativ va loyiha boshqaruvi hamda boshqa sohalarda boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlikda dasturlarni (joint programs) amalga oshirish;

aholining tadbirkorlikka qiziqishi bo‘lgan qatlamlarini hamda tadbirkorlarni biznes va tadbirkorlik ko‘nikmalari bo‘yicha qisqa muddatli pulli, xususan, keyinchalik bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan o‘qitishni tashkil etish;

oilaviy tadbirkorlik dasturlari orqali kredit olishni mo‘ljallagan aholi qatlamlari uchun qisqa muddatli o‘qitishni tashkil etish;

aholi hamda tadbirkorlarga tadbirkorlik va biznesga oid o‘quv materiallarini (jumladan, elektron shaklda) tayyorlash.
Pandemiya davrida iqtisodiyotning barqaror ishlashi uchun tadbirkorlar davlat bilan teppa-teng hissa qo‘shdi, shuning uchun barcha tadbirkorlarga yelkadosh bo‘lib, ularni doimo qo‘llab-quvvatlashi shart, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 29-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida. “Bu borada ishbilarmonlarning haq-huquqlarini, ayniqsa, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash barcha darajadagi davlat organlarining asosiy vazifasi bo‘lishi lozim. Shu bilan birga, ayrim joylarda tadbirkorlarning mulkka doir huquqlarini buzish holatlari davom etmoqda. Bu masalada davlat organlari tizimidagi rahbar va mutasaddilarni ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha Biznes-ombudsmanga vakolat berishni taklif etaman”, — dedi Prezident.

Kelgusi yilda “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar uchun ularning biznes hamkorining soliq qarzdorligi haqidagi ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratiladi. Tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 105 ta litsenziya va ruxsatnoma turlari bekor qilinadi, 115 tasi bo‘yicha esa tartib-qoidalar soddalashtiriladi.

“Pandemiya sharoitida aylanma mablag‘ tanqisligiga duch kelgan tadbirkorlarimiz “oyoqqa turib olishlari” uchun ularga ko‘mak berishni davom ettiramiz”, — dedi davlat rahbari. Xususan, turizm, transport va umumiy ovqatlanish sohalariga berilgan imtiyozlar 2021-yil yakunigacha uzaytiriladi. 20 ming tadbirkorning 400 milliard so‘mlik yer va mol-mulk solig‘ini to‘lash muddatini yana bir yilga uzaytiriladi.

Bundan tashqari, 1 milliard so‘mgacha davlat xaridlari doirasida avans miqdori 30 foizga yetkazilib, tadbirkorlar qo‘shimcha 1,5 trillion so‘mgacha aylanma mablag‘larga ega bo‘ladi. Umuman, tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni davom ettirish maqsadida oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kelgusi yilda 6 trillion so‘m imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Shuningdek, Hukumat tomonidan Jahon banki bilan birgalikda boshlangan qishloqlarda tadbirkorlikni rivojlantirish dasturini kengaytirish uchun qo‘shimcha 100 million dollar yo‘naltiriladi. Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq 5 mingga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar qayta ko‘rib chiqilib, ularning soni qisqartiriladi hamda Tadbirkorlik kodeksi ishlab chiqiladi.


Download 221 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish