Bitiruv mаlаkаviy ishi mаvzusining аsоslаnishi vа uning dоlzаrbligi


-bob. Agentlikning vazifalari va funksiyalari



Download 221 Kb.
bet15/20
Sana31.12.2021
Hajmi221 Kb.
#247014
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Ma'ruza matni

2-bob. Agentlikning vazifalari va funksiyalari

10. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

mamlakatda tadbirkorlikning barcha shakllarini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini yuritish;

aholini, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, mikromoliyalash tizimini takomillashtirish hamda tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni joriy etish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha davlat va hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

vakolatli davlat organlari va tashkilotlarining tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishni tashkil etish;

ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda tadbirkorlikni muhim drayverga aylantirishning konseptual va strategik yondashuvlarini hamda sohani rivojlantirish borasida byurokratik to‘siqlar, g‘ovlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

tadbirkorlik subyektlarini nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini shakllantirish;

xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirish, ularga texnik va maslahat ko‘magini tashkil etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish;

tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha davlat va hududiy dasturlarni tayyorlash, ushbu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

Agentlik huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) faoliyatiga rahbarlik qilish va Jamg‘arma tomonidan berilayotgan moliyaviy yordamlar ko‘lamini kengaytirish, yangi moliyaviy yordam turlarini joriy qilish hamda samarali boshqarish tizimini yo‘lga qo‘yish;

tadbirkorlikni kengaytirishni rag‘batlantirish, qo‘shimcha qiymat yaratishning yaxlit zanjirlarini shakllantirish, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish, eksportni ko‘paytirish, doimiy ish o‘rinlari yaratish borasida natijaga qaratilgan vositalarni joriy etish.

11. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) mamlakatda tadbirkorlikning barcha shakllarini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini yuritish sohasida:

respublikada tadbirkorlikning rivojlanishini baholash uchun milliy indikatorlar tizimini ishlab chiqadi va takomillashtiradi;

tadbirkorlikni istiqbolli rivojlantirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi, shuningdek, tegishli dasturlarni tayyorlash va amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi;

davlat organlari va xususiy sektor, xalqaro moliya institutlari, donor tashkilotlar va boshqa manfaatdor tomonlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qiladi;

tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida xalqaro va davlatlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishda ishtirok etadi;

xorijiy mamlakatlarning hukumat va nohukumat tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari bilan texnologiyalar transferiga va ularning O‘zbekiston Respublikasi tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro aloqasini ta’minlashga doir muzokaralarni belgilangan tartibda olib boradi;

manfaatdor vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda tadbirkorlikning barcha shakllarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlik subyektlari bilan ish olib borish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

hududlarda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazadi;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida Agentlik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar va takliflar ishlab chiqadi;

quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha monitoring olib boradi:

tadbirkorlikni rivojlantirishni tubdan yaxshilash, xususiy mulkchilik darajasi va ahamiyatini oshirish, davlatning iqtisodiyotda, shu jumladan davlat va xususiy sektor o‘rtasida hamkorlik qilish uchun shart-sharoitlarni yaratish, xususiy sektorga davlat funksiyalarini topshirish yo‘li bilan davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish;

tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish, tadbirkorlikka ishonchli himoyani ta’minlash va erkinlik berish, xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini ro‘yobga chiqarish;

b) aholini, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, mikromoliyalash tizimini takomillashtirish hamda tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash sohasida:

aholining tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga qiziqishi hamda manfaatdorligini oshiradi;

aholida tadbirkorlik sohasida zarur ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘qitish tizimini joriy etadi, mazkur jarayonga xalqaro tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va nodavlat ta’lim tashkilotlarini keng jalb qiladi;

tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mikrokreditlash tizimini institutsional jihatdan takomillashtiradi va rivojlantiradi;

aholi tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga oid ijtimoiy dasturlarni iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan uyg‘un hamda muvofiqlashtirilgan holda ishlab chiqadi;

tadbirkorlik ko‘nikmasi va tajribasiga ega bo‘lgan aholi va boshqa kichik biznes vakillari salohiyatini ro‘yobga chiqarish orqali ularning faoliyatini kengaytiradi va rivojlantirishga qaratilgan to‘laqonli tizimni yaratadi;

tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaxlit tizimni tashkil etadi va yagona davlat tashkiloti tomonidan amalga oshirilishi, muvofiqlashtirib borilishini yo‘lga qo‘yadi;

v) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha davlat va hududiy dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish sohasida:

tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha davlat va hududiy dasturlarga kiritish yuzasidan takliflarni yig‘ish, sifatli va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va umumlashtirish tizimini tashkil etadi;

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha davlat va hududiy dasturlarni amalga oshirish jarayoni monitoringini olib borish tizimini joriy etadi;

tayyorlangan dasturlarni Vazirlikka ko‘rib chiqish uchun kiritadi;

tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tasdiqlangan dasturlarni amalga oshirishni tashkil etadi va monitoring olib boradi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va manfaatdor tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda loyihalari tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha davlat va hududiy dasturlarga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama ko‘maklashadi;

o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha davlat va hududiy dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish jarayoni to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzadi va e’lon qiladi;

tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha davlat va hududiy dasturlarni o‘z vaqtida amalga oshirmagan hamda sansalorlikka yo‘l qo‘ygan vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan javobgarlik choralarini qo‘llash yuzasidan tegishli organlarga takliflar kiritadi;

g) vakolatli davlat organlari va tashkilotlarining tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishni tashkil etish sohasida;

vakolatli davlat organlari va tashkilotlarining tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishni tashkil etadi;

d) ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda tadbirkorlikni muhim drayverga aylantirishning konseptual va strategik yondashuvlarini hamda sohani rivojlantirish borasida byurokratik to‘siqlar va g‘ovlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, amalga oshirish sohasida:

iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida boshqarish bo‘yicha institutsional islohotlarni amalga oshirish orqali normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarining ishbilarmonlik muhitiga ta’sirini baholaydi hamda takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

mamlakat iqtisodiyotida ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar bo‘yicha vakolatli organlar bilan birgalikda o‘zaro muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshiradi;

mamlakatda ishbilarmonlik muhitini kengaytirish hamda xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston o‘rnini yaxshilashga qaratilgan “yo‘l xaritalari”da belgilangan chora-tadbirlarning mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi bo‘yicha monitoring olib boradi;

hududning amaldagi ehtiyojlaridan va mavjud mehnat, tabiiy, mineral xomashyo resurslaridan kelib chiqib, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda mavjud moliyaviy resurslar doirasida iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun hudud drayvyerlarini aniqlaydi va shu asosda hududiy dasturlarni ishlab chiqadi;

ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha muntazam ravishda so‘rovnomalar o‘tkazadi, muammolarni chuqur o‘rganish va aniqlangan byurokratik to‘siqlar, g‘ovlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

muammolarni hamda islohotlarni ro‘yobga chiqarish yakunlarini tizimli o‘rganish asosida ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tegishli hujjatlar va dasturlarni bajaradi;

tadbirkorlikni kengaytirishni rag‘batlantirishga qaratilgan vositalarni joriy etishga doir ilg‘or xorijiy tajriba va xalqaro standartlarni o‘rganadi, milliy qonunchilikka joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish yuzasidan asoslangan takliflar tayyorlaydi;

xalqaro reytinglarda, xususan, “Doing Business” reytingidagi “Biznes yuritish” indeksida O‘zbekiston Respublikasining ko‘rsatkichlarini yaxshilashda ishtirok etadi hamda alohida indikatorlari bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralar ishlarini muvofiqlashtiradi, salbiy ko‘rsatkichlar sabablarini aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

e) tadbirkorlik subyektlarini nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini shakllantirish sohasida:

mutasaddi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan aholining imkoniyatlari cheklangan himoyaga muhtoj qatlamlarini kasblar va mutaxassisliklarga, tadbirkorlik faoliyati sohasi bo‘yicha qonun hujjatlari, yangi texnologiyalar va mahsulotlar, bozorlar va boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha o‘qitishni (bepul telefon va onlayn-maslahat xizmatlari, o‘quv markazlari, biznes-inkubatorlar, axborot xizmatlari va boshqalar) tashkil etadi, zarur tarzda faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi;

tadbirkorlik subyektlarini nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun metodik va o‘quv materiallari, boshqa axborot-maslahat berish resurslarining doimiy ma’lumotlar bazasini yaratadi va yuritadi, bunda ulardan bepul va to‘liq foydalanish imkonini ta’minlaydi;

tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish uchun o‘quv kurslari, seminarlar, munozaralar va boshqa tadbirlarni o‘tkazadi;

j) xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirish, ularga texnik va maslahat ko‘magini tashkil etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish sohasida:

tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirish, ularga texnik va maslahat ko‘magini tashkil etish, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining grantlari, kreditlari va texnik ko‘magini jalb etish masalalarini ishlab chiqadi;

xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining grantlari, imtiyozli kreditlari, maqsadli portfel investitsiyalari va boshqa mablag‘lari hisobiga Jamg‘armaning resurs bazasini kengaytirish bo‘yicha choralar ko‘radi;

z) tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha davlat va hududiy dasturlarni tayyorlash, ushbu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish sohasida:

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda aholi va tadbirkorlarni tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va bu borada yagona tizimni shakllantiradi;

vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlarning mutaxassislarini o‘qituvchi va murabbiylar sifatida jalb qilgan holda, tadbirkorlarning moliyaviy, huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha qisqa va o‘rta muddatli o‘quv kurslari, seminarlar va treninglarni tashkil etadi;

tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq muammoli masalalarni joyiga chiqib o‘rganadi va ularni hal etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

tadbirkorlik uchun (moliyaviy, tovar-xomashyo resurslari, muhandislik, kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanishi, investitsiyaviy va ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish, mulkiy va nomulkiy javobgarlikni sug‘urta qilish uchun imkoniyatlar, imtiyozlar va boshqa masalalari bo‘yicha) amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishga yo‘naltirilgan ma’lumot beruvchi materiallarni va boshqa moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralarini ishlab chiqadi;

i) Agentlik huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) faoliyatiga rahbarlik qilish va Jamg‘arma tomonidan berilayotgan moliyaviy yordamlar ko‘lamini kengaytirish, yangi moliyaviy yordam turlarini joriy qilish hamda samarali boshqarish tizimini yo‘lga qo‘yish sohasida;

tadbirkorlik subyektlariga, shu jumladan aholining himoyaga muhtoj qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslariga kafilliklar va kafolatlar, shuningdek, tijorat banklari kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya berish shaklida moliyaviy yordam ko‘rsatilishini tashkil etadi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har bir loyihani amalga oshirish bo‘yicha muayyan maqsadlarni belgilab, hududlarda tadbirkorlik klastyerlari majmuasini (tadbirkorlik dahalarini) tashkil qilish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy saytlari, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot konferensiyalari va brifinglarni tashkil etish yo‘li bilan Agentlik va Jamg‘armaning imkoniyatlari, ishlash mexanizmi bo‘yicha jamoatchilik orasida keng tushuntirish ishlarini olib boradi;

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi uchun ishsiz, kam ta’minlangan va kambag‘al oilalarga belgilangan tartibda subsidiyalar ajratilishini tashkil etish masalalari bo‘yicha o‘zaro aloqalarni amalga oshiradi;

Jamg‘armaning resurs portfelini kengaytirish uchun xalqaro moliya institutlari va chet el banklari orqali kredit liniyalarini jalb etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

k) tadbirkorlikni kengaytirishni rag‘batlantirishga, qo‘shimcha qiymat yaratishning yaxlit zanjirlarini shakllantirishga, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishga, eksportni ko‘paytirishga, doimiy ish o‘rinlarini yaratish borasida natijaga qaratilgan vositalarni joriy etish sohasida;

hududlarda yangi biznes loyihalarini aniqlaydi, ularni amalga oshirishga har tomonlama yordam beradi hamda yangi loyihalarni joylashtirish, shuningdek, ularni moliyalashtirishga ko‘maklashadi;

mamlakatdagi ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish, iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda kichik biznesni muhim drayverga aylantirishning konseptual va strategik yondashuvlarini hamda sohani rivojlantirish borasida fundamental to‘siq va muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.




Download 221 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish