ASOSIY BO’LMAGAN ZARYAD TASHUVCHILARNING DREYFI (DAYDISHI) –rekombinatsiya yuz berguncha o‘tgan vaqtda elektr maydon
ta’sirida asosiy bo’lmagan zaryad tashuvchilarning ko‘chishi.
ATOM KRISTALL - panjarasi tugunlarida elektr jihatdan neytral atomlar
joylashgan kristall.
ATOM MASSA - atom massasining atom massa birliklarida ifodalangan qiymati.
ATOM OG‘IRLIK - dastavval atom massasi atamasi o‘rniga ishlatib kelingan
atama
ATOM ORBITALLARI - atomlar har bir elektronining uchta kvant son - bosh
kvant son
n , impuls momentining orbital kvant soni
l va orbital magnitik kvant son
m e larning to‘lqin funksiyalari.
ATOM RADIUS - molekulalar va kristallarda atomlararo masofalarni taqriban
baholash imkonini beruvchi tavsif
ATOM RAQAMI - kimyoviy elementning Mendeleev davriy jadvalidagi tartib
raqami; u muayyan elementning atom yadrosi tarkibiga kiruvchi protonlar soniga
teng bo’ladi.
ATOM SPEKTRI - erkin atomning energiya sathlari orasidagi kvant o‘tishlarda
vujudga keluvchi yutilish spektri yoki chiqarish spektri.
19
ATOM - kimyoviy elementning xossalarini o‘zida mujassamlashtirgan uning eng
kichik zarrasi.