FOTO EFFEKTNING UZUN TO‘LQIN CHEGARASI – muayyan modda
uchun tashqi fotoeffekt mavjud bo‘la oladigan yorug‘likning minimal takroriyligi.
FOTOYARIMO‘TKAZGICH - ichki fotoeffekt yoki fotoo‘tkazuvchanlik sodir
bo‘ladigan yarimo‘tkazgich.
FRANS-KELDISH EFFEKTI -
tashqi
elektr
maydon
mavjudligida
yarimo‘tkazgichning xususiy yorug‘lik yutish chegarasining kichik chastotalar
tomon siljishi.
GALVANOMAGNIT EFFEKT - ma’lum zichlikli elektr tokini hosil
qiluvchi elektronlar yoki kovaklarning induksiyaviy ko‘ndalang magnit maydonda
og‘ishi natijasida yarimo‘tkazgichda ko‘ndalang elektr maydon kuchlanganligining
vujudga kelishi.
GALVANOMAGNIT YARIMO‘TKAZGICH ASBOB -yarimo‘tkazgichlardagi
galvanmagnit effekt - Xoll effektidan foydalanishga asoslangan magnitelektr
yarimo‘tkazgich asbob.
GALVANOMETR - kichik toklarni, kuchlanishlar va elektr kattaliklarni
o‘lchashda ishlatiladigan yuqori sezgir elektr o‘tkazgich asbob.