yakan (pul), bedana (to‘pponcha), pero (pichoq), molam bu (bor), noyyo (yo‘q), dar (go‘zal), shashbil (palov) kabi.
Xalqni aldovchi, firibgar dallollar ham molning narh va qimmatini mahfiy tutish maqsadida sanoq sonlarni sun’iy ravishda quyidagicha ataganlar: nosir (yarim soni), sari (bir - 1), piyoz (2), giri (3), gapa (4), nimsari (5), kapara (6), giri kam (7), piyoz kam (8), arra kam (9) va boshqalar. Bu ijtimoiy guruhlarning o‘ziga xos sun’iy ifoda vositalarini – maxsus so‘z va iboralarni keng xalq ommasi tushunmaydi.
Jargonlar va argolar tilni bulg‘aydi. Tilning sofligi va tozaligi, aniqligi va ravshanligi uchun kurash jargonlarga qarshi kurashni ham taqazo qiladi. Lekin badiiy adabiyotda uslubiy maqsadda jargonlardan qisman foydalaniladi.
Jargonlar ma’lum ijtimoiy tabaqa yoki guruhlar o‘rtasida tarqalganligidan ular shu toifa kishilari nutqini berish vositasi sifatida ishlatiladi. YOzuvchi SHotursun G‘ulomovning «Jon kuydir» sarlavhali adabiy materialidan keltirilgan quyidagi parchaga e’tibor bering:
Birinchi yigit esa mushukdan qo‘rqqan sichqondek atrofga olazarak bo‘lib oldi-da, menga engashib sekin shipshidi:
-Bilasanmi, bizning jamoada...
U gapning oxirini ayta olmadi. Sherigi to‘satdan: «xit»... rais... qoch... dedi va sakrab o‘rnidan turib, choyxona orqasiga o‘zini urdi.
«Qorilik» paroliyasida ahloqiy buzuqlik yo‘liga kirgan ruhoniy-qori o‘z nutqida qaymoq, aroq, pivo, konyak, musallas, kolbasa, shashlik, likyor, lag‘mon kabi so‘zlarni arab tilidagi yasovchilarga taqlidan tovush tomonidan o‘zgartirib, ularga jargonnoma tus beradi: Qori: - Billahu tavfiqun etti yog‘liq patiru nallazina kafaru qaymaqun to‘qqiz chalpakni olib keltiring... Qulyo ayyuhol kerak mehmonxonada arog‘atun, pivaxum, konyakun, musallasusha’riyun, yog‘liq kolbasatun xuvol vinou shashlikun minallikyoru vala’man (Gazetadan).
Badiiy adabiyotda jargonlarning uslubiy maqsadda ishlatilishi haqida gap borar ekan, adabiyot xalqni badiiy jihatdan tarbiyalash quroli ekanini unutmaslik
kerak. Badiiy asar tili realistik tasvir qonunlariga bo‘ysundirilgan, ya’ni individuallashtirilgan, tipiklashtirilgan bo‘ladi.
Badiiy asarda tasvirlanayotgan va o‘ziga xos hulq-atvorga ega bo‘lgan shaxs-ijobiy yoki salbiy qahramonning xarakteri va hatto voqealar rivojida u qadar muhim rol o‘ynamaydigan personajning fe’li, tabiati ham ularning o‘z nutqlari orqali beriladi. Yozuvchi tipik holatlarni saralab olishi va tasodifiy holatlardan holi bo‘lishga alohida ahamiyat berishi lozim.
Badiiy individuallashtirish qahramon yoki personaj nutqida umumlashmagan, tasodifiy holatlarga, ayni o‘rinda jargon so‘zlarning ishlatilishiga tanqidiy munosabatda bo‘lishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |