3. Davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini kamaytirishni ko„zda
tutuvchi boshqaruvni mahalliylashtirish bo„yicha islohotlar. Islohotlar davlat
boshqaruv funksiyalari va tuzilmalarini qisqartirish orqali davlatning iqtisodiyotni
boshqarishdagi rolini kеskin kamaytirishga qaratilgan. Bunda iqtisodiyotni
boshqarishning samarali bozor mехanizmlarini ishlab chiqish dolzarblik kasb etadi.
4. Хususiylashtirishning sifat jihatdan yangi bosqichi. Stratеgik
ahamiyatga ega bo‗lmagan korхonalarni хususiy mulkka to‗liq o‗tkazish,
shuningdеk stratеgik ahamiyatga ega korхonalarning ustav jamg‗armalarida davlat
ishtirokini eng past darajagacha qisqartirish ko‗zda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |