3.2. Sakkiz razryadli kompyuter protsessorining tuzilishi.
Kompyuter protsessorining, va umuman kompyuterning tuzilishi va
qanday ishlashini o‘rganish jarayonida – protsessor, xotira va
ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari degan tushunchalar muhim
tushunchalar hisoblanadi. Birinchi bobning 1.1-rasmida keltirilgan
chizmada markaziy protsessor, tezkor xotira, diskli xotira va printer, hamda
ularni shinalar orqali qanday bog‘langanligi ko‘rsatilgan. Keltirilgan
chizmada markaziy protsessor qanday qismlardan iborat ekanligi ham,
alohida ko‘rsatib o‘tilgan, bular – boshqarish qurilmasi, arifmetik-mantiqiy
qurilma va registrlar to‘plamlaridir.
Kompyuter markaziy protsessorining vazifasi - asosiy, ya’ni tezkor
xotirada yozilgan dasturlarni bajarish hisoblanadi. Markaziy protsessorning
bu vazifani amalga oshirish jarayonini qisqacha qilib quyidagicha ifodalash
mumkin: markaziy protsessor xotirada yozilgan buyruqlarni chaqirib oladi,
buyruqlarni qanday buyruqlar ekanligini aniqlaydi va ularni ma’lum bir
ketma-ketlikda bajarilishini ta’minlaydi.
Kompyuterni va uning protsessorini tashkil etuvchi qurilmalar -
shinalar orqali bog‘langan bo‘ladi. Shina deganda parallel o‘tkazgichlar
to‘plamlaridan iborat bo‘lgan, adreslar, ma’lumotlar va boshqarish
signallarini uzatib berilishini ta’minlaydigan «qurilmalar» tushuniladi.
Ko‘pincha shina deganda parallel o‘tkazgichlar to‘plami tushuniladi, aslida
esa shina turli xil ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan qurilma
75
sifatida ishlab chiqilgandir. Uning tarkibida ma’lumotlarni uzatish
jarayonida kerak bo‘ladigan – registrlar, turli xildagi kombinator
elementlar va mantiqiy sxemalar mavjud bo‘ladi.
3.1-rasmda kompyuterlarda ishlatiladigan shinalarning qanday xillari
bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatuvchi chizma keltirilgan. Unda protsessorning
ichida joylashgan shinalar - ichki shinalar, protsessordan tashqarida
joylashgan, uni kompyuterning boshqa qurilmalari bilan bog‘lovchi -
tashqi shinasi, xotira shinasi va kompyuterga ma’lumotlarni kiritish-
chiqarishni amalga oshiruvchi shinalar keltirilgan.
3.1-rasm. Kompyuterlarda ishlatiladigan shinalarning xillari.
Ichki shinalar protsessor tarkibiga kirgan - boshqarish qurilmasi,
arifmetik-mantiqiy qurilma va registrlar o‘rtasida ma’lumotlarni uzatib
berish uchun xizmat qiladi. Tashqi shina yordamida esa - protsessor, tezkor
xotira va ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari bilan bog‘lanishni
amalga oshiriladi.
Avvalgi kompyuterlarda va hozir ham shina orqali ma’lumotlarni
uzatish deganda, ko‘pincha ma’lumotlarni parallel tarzda uzatish
tushuniladi. Ammo keyingi ishlab chiqarilayotgan kompyuterlarda
ma’lumotlarni ketma-ket tarzda uzatuvchi shinalardan ham
76
foydalanilmoqda. Bunday shinalarga misol qilib tarkibida ma’lumotlarni
ham parallel, ham ketma-ket uzatib beruvchi PCI Express (5.10-rasmga
qaralsin) va hozirda keng qo‘llanilayotgan ma’lumotlarni ketma-ket
uzatuvchi USB shinalarini keltirish mumkin.
3.2-rasmda protsessorning tashkil etuvchi qismlari va uni tezkor
xotira bilan kanday bog‘langanligi qo‘rsatilgan. Ushbu rasm asosida
protsessor tarkibiga kirgan qurilmalarning bajaradigan vazifalari haqida
qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
3.2-rasm. Protsessorning tashkil etuvchi qismlari va
uni tezkor xotira bilan qanday bog‘langanligi.
Boshqarish qurilmasi - buyruqlarni xotiradan chaqirish va ularni
qanday buyruqlar ekanligini aniqlash vazifalarini bajaradi.
Arifmetik-mantiqiy qurilma esa arifmetik - qo‘shish, ayrish,
ko‘paytirish va mantiqiy - mantiqiy qo‘shish, mantiqiy ko‘paytirish, inkor
kabi amallarni bajaradi.
Har qanday protsessor - Intel 8080 (K580), Intel 8088, Pentium 4,
UltraSPARС III, 8051, …, Intel Core i7 lar ham o‘zining ichki holatini aks
ettiruvchi muhim axborotlar to‘plamlariga ega bo‘ladi. Har bir protsessor
tarkibida ushbu axborotlar to‘plamlarini saqlash va ishlash, hamda ma’lum
77
bir vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan registralar to‘plamlariga ega
bo‘ladi.
Protsessor ichida joylashgan registrlar to‘plamlari - uning ichki
Do'stlaringiz bilan baham: |