ISA (Industry Standard Architecture, rus tilida - стандартная промышленная архитекархитектура) – ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan standart arxitektura.
EISA (Extended ISA, rus tilida - расширенная стандартная промышленная архитектура) – ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan kengaytirilgan imkoniyatlarga ega standart arxitektura.
PCI (Peripheral Component Interconnect, rus tilida - взаимодействие периферийных компокомпонентов) – tashqi tashkil etuvchi qurilmalarni o‘zaro birgalikda ishlashini ta’minlovchi shina. PCI shinasining ko‘pgina turli xil konfiguratsiyalari mavjud. PCI shinasining keng tarqalgan va ko‘p qo‘llanilgan xili 5.4-rasmda keltirilgan.
5.4-rasm. PCI va ISA shinalariga ega shaxsiy kompyuter.
Modem va ovoz platasi ISA-qurilmalariga, SCSI kontrolleri esa
PCI-qurilmalariga mansub hisoblanadi.
Ushbu konfiguratsiyada markaziy protsessor, asosiy xotiraning kontrolleri bilan, alohida ajratilgan yuqori tezlikka ega shina orqali bog‘langan, ya’ni bu holatda protsessor va xotira o‘rtasida ma’lumot almashinish PCI-shina orqali emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri (rus tilida – непосредственно) amalga oshirilgan. Yuqori tezlikka ega bo‘lgan tashqi qurilmalar, masalan SCSI-disklar PCI-shinaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan. PCI-shina nisbatan sekin ishlaydigan va avval ishlab chiqarilgan qurilmalarni ulashda qo‘llaniladigan ISA-shinasi bilan parallel ulangan. Bunday kompyuterlar platalarining PCI va ISA-shinalarida 3-ta yoki 4-tagacha bo‘sh qoldirilgan ulanish joylari ham bo‘lgan. PCI-shinalarining ma’lumotlarni uzatish tezligi, xozirda - 528 Mbayt/sek ga etkazilgan.
5.5-rasmda Pentium protsessorlari asosida qurilgan dastlabki kompyuterning arxitekturasi keltirilgan. Chizmada tezligi nisbatan kattaroq bo‘lgan shinalar, qalinroq qilib tasvirlangan.
5.5-rasm. Pentium protsessorlari asosida qurilgan dastlabki
kompyuterning arxitekturasi.
Monitor ekrani sig‘dira oladigan nuqtalar – piksellar hajmining oshib borishi sababli (1600x1200 nuqta), shinalarning ma’lumotlar almashinish tezliklarini oshirish yo‘llari izlana boshlandi. Natijada aynan monitor bilan ishlash uchun mo‘ljallangan - AGP (Accelerated Graphics Port, rus tilida - ускоренный графический порт) – grafik ma’lumotlarni uzatish tezligi oshirilgan port shinasi ishlab chiqildi. Bunday shinaning AGP 3.0 versiyasining tezligi 2,1 Gbaytga etkazildi.
Tarkibida AGP-shinasiga ega, Pentium 4 protsessori asosida qurilgan zamonaviy tizim shinalarining joylashtirilishi 5.6-rasmda keltirilgan.
5.6-rasm. Pentium 4 protsessori asosida qurilgan zamonaviy kompyuter (tizim) shinalarining joylashtirilishi.
Bu tizim tarkibida juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan va uning beshta asosiy tashkil etuvchilarini o‘zaro birlashtirgan – shinalar aro ko‘prik mavjud. Ushbu ko‘prik – protsessor, asosiy xotira, grafik adapter, ATAPI kontrolleri va PCI-shinalarni o‘zaro bog‘laydi. Ba’zi hollarda ushbu ko‘prik yordamida, Ethernet texnologiyasi mansub tarmoq platalari va boshqa yuqori tezlikka ega qurilmalarni ham ishlashini ta’minlash, amalga oshiriladi.
5.6-rasmdagi chizmada xozirda shaxsiy kompyuterlarda juda keng qo‘llanila boshlagan, USB (Universal Serial Bus, rus tilida - универсальная последовательная шина) – ma’lumotlarni ketma-ket uzatuvchi universal shina ham keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |