4-bob bo‘yicha nazorat savollari.
1.Assembler tili va uning vazifalari haqida tushuntirishlar bering. Misollar keltiring.
2.Assembler tilini o‘rganish qanday maqsadlarda amalga oshiriladi?
3.Assembler tilidagi dasturlarning, yuqori sath tillarida tuzilgan dasturlardan farqli va foydali jihatlari qaysilar?
4.Assembler tilida qo‘llaniladigan operatorlar va ularning formatlari haqida tushuncha bering.
5.Dasturni xotira adreslari bo‘yicha joylashtirilishi chizmasini keltiring, uni xotiradan olingan sonni inkorlash va kaytib xotiraga yozish dasturi misolida tushuntirib bering.
6.Assembler tilida makroslar deganda nima tushuniladi, ular nima uchun ishlatiladi va ularning qanday xillarini bilasiz?
7.Direktivalar deganda nimamalar tushuniladi? Misollar keltiring.
8.Assemblerlash jarayoni deganda nima tushuniladi va u qanday amalga oshiriladi?
5. MA’LUMOTLARNI KIRITISH-CHIQARISH ARXITEKTURASI
5.1. Ma’lumotlarni kiritish-chiqarish arxitekturasi va shinalar.
Zamonaviy kompyuter yoki kompyuter tizimi uchta asosiy tashkil etuvchilardan iborat: - protsessor; xotira (asosiy va yordamchi xotira); ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari (klaviatura, monitor, printer, modemlar). Ma’lumotlarni kiritish-chiqarish arxitekturasi deganda – ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalarini (MKChQ), kompyuterning boshqa qurilmalari bilan qanday bog‘langanligi va ular o‘zaro qanday ma’lumotlar almashinishi tushuniladi. Kompyuterning asosiy platasida (rus tilida – материнская плата) – protsessorning mikrosxemasi, asosiy xotira modullari bo‘lgan DIMMlar uchun mo‘ljallangan ulanish nuqtalari (rus tilida – разъёмы) va turli xil yordamchi mikrosxemalar bilan birga – shinalar ham joylashgan bo‘ladi (5.1-rasm).
5.1-rasm.Shaxsiy kompyuterning asosiy platasi.
Kompyuterga ma’lumotlarni kiritish-chiqarish jarayonlarini tushunib olish uchun quyidagi chizmalar bilan tanishib chiqamiz. 5.2-rasmda shaxsiy kompyuterning mantiqiy strukturasi keltirilgan.
Har bir ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmasi ikki qismdan tashkil topgan bo‘ladi: kontroller (nazorat qiluvchi) va MKChQning o‘zi. Har bir kontroller o‘ziga tegishli bo‘lgan MKChQni boshqarishni va uning shinaga murojaat qilish jarayonini nazorat qilib turadi. Masalan, biron-bir dastur magnitli diskdan (vinchesterdan) ma’lumotlarni o‘qib olishi kerak bo‘lsa, u disk kontrollerini bu haqida ogoxlantiradi va diskka kerakli ma’lumotni qidirib topish buyrug‘ini yuboradi. Diskning ma’lumotlar yozilgan yo‘lkasi va sektori topilgandan so‘ng, disk kontrollerga ma’lumotlarni bitlar oqimi ko‘rinishida uzata boshlaydi. Kontrollerning vazifasi - kelayotgan bitlar oqimini ma’lum bir uzunlikdagi (8, 16, 32 yoki 64 bitli) so‘zlarga aylantirib, xotiraga yozish hisoblanadi [1,2].
5.2-rasm. Shaxsiy kompyuterning mantiqiy strukturasi.
Shinalar, na faqat MKChQ kontrollerlari tomonidan, balki protsessor tomonidan, buyruqlar va ma’lumotlarni uzatish uchun ishlatiladi. Kompyuter shinasi orqali – ma’lumotlar, adreslar va boshqarish signallari uzatiladi, ya’ni shina uch qismdan iborat bo‘ladi:
1.Ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan qismi (8, 16, 32, 64 va 128 bitli).
2.Asosiy xotira adresini uzatish uchun mo‘ljallangan qismi, 16 razryadli – 64 Kbayt, 20 razryadli – 1 Mbayt va 32 razryadli – 4 Gbayt hajmga ega xotirani adreslash uchun.
3.Ma’lumot almashinish jarayonini boshqarish uchun mo‘ljallangan signallar to‘plami qismi.
Shinalarning yuqorida sanab o‘tilgan qismlarini 5.3-rasmda keltirilgan chizmada ham ko‘rishimiz mumkin.
5.3-rasm. 8051 protsessorining mikrosxemasi va undagi ulanish nuqtalarining belgilanishi (ulanish nuqtalarining soni 40-ta).
Uchinchi bobdagi 3.16-rasmda keltirilgan, Pentium 4 protsessorining mikrosxemasi va undagi ulanish nuqtalarining belgilanishi chizmasida ham shinalarni ko‘rsatib utish mumkin.
Hozirgacha shinalarning quyidagi xillari ishlab chiqarilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |