RAID-massivlar. (RAID - Redundant Array of Independent Disks, rus tilda - избыточный массив независимый дисков) - alohida-alohida ishlaydigan disklardagi qo‘shimcha massiv yoki SLED-disk (Single Large Expensive Disk, rus tilida - один большой дорогостоящий диск) – bitta katta xajmli qimmat disk. RAID-massivlar iborasini boshqacharoq qilib – magnitli disklar asosida qurilgan ma’lumotlarni tezkor kiritish-chiqarish qurilmasi, deb ham atashimiz mumkin. Protsessorlarning ishlash tezliklari bilan, magnitli disklarga ma’lumotlarni yozish-o‘qish tezliklari orasidagi farq kattalashaverdi. 80-yillarning oxirlariga kelib (1988 yili) diskli xotiraning tezkorligini va ishonchliligini oshirish imkonini beruvchi - RAID-massivlar g‘oyasini amalga oshirish yo‘llari, ya’ni ushbu xotirani tashkil qilishning bir necha xil variantlari (6-ta) taklif qilindi (2.19-rasm).
Bunda, protsessorlarning tezkorligini oshirishda qo‘llanilgan ma’lumotlarni parallel ishlash texnologiyalarini, diskli xotirani tashkil qilishda ham qo‘llashni amalga oshirish maqsad qilib qo‘yildi. Buning uchun bir nechta – 4, 5, 7 yoki 8-ta SCSI-disklari birlashtirilib, operatsion tizim tomonidan RAID-massiv yoki SLED-disk, yagona disk sifatida boshqarish yo‘lga qo‘yildi. SCSI-disklar to‘plami odatda serverlar yonida o‘rnatilgan bo‘lib, yagona RAID-kontroller tomonidan boshqariladi.
2.19-rasm. RAID-massivlarni tashkil qilishning bir necha xil variantlari.
Ma’lumotlar RAID-massivga ko‘chirib olinadi, so‘ngra esa ular bilan odatdagi yozish-o‘qish amallari bajariladi. RAID-massivlarda ma’lumotlarni taqsimlanishining turli xil variantlari 2.19-rasmda keltirilgan. Ular 0, 1, 2, 3, 4 va 5-sath RAID-massivlari deb ataladi, ammo bu erda sath so‘zi o‘rniga, variant so‘zini ishlatish to‘g‘riroq bo‘lar ekan.
CD va DVD disklar: CD-ROM (Compact Disc-Read Only Memory, rus tilida - постоянная память на компакт-диске) – kompakt diskda joylashgan doimiy xotira.
CD-R (CD-Recordable, rus tilida - записываемый компакт-диск) – yozish mumkin bo‘lgan kompakt disk. 2.20-rasmda kompakt diska yozish sxemasi keltirilgan.
CD-RW (CD-ReWritable, rus tilida - перезаписываемый компакт-диск) – ma’lumotlarni o‘chirib qayta yozish mumkin bo‘lgan disk.
DVD (Digital Video Disk, rus tilida - цифровой видеодиск) – raqamli video disk, yoki Digital Versatile Disk (rus tilida - цифровой многоцелевой диск) – raqamli ko‘p maqsadli disk. Ushbu disklarga yozishda qizil rangli lazer qo‘llaniladi va ularning quyidagi xillari mavjud:
2.20-rasm. Kompakt diskka yozish sxemasi.
1.Bir tomonli bir qavatli disklar – 4,7 Gbayt.
2.Bir tomonli ikki qavatli disklar – 8,5 Gbayt.
3.Ikki tomonli bir qavatli disklar – 9,4 Gbayt.
4.Ikki tomonli ikki qavatli disklar – 17 Gbayt.
Blu-Ray – ma’lumotlarni yozish uchun ko‘k rangli lazer qo‘llaniladigan DVD-disk. Bu xildagi disklarning bitta tomoniga 25 Gbaytgacha xajmdagi ma’lumotlarni yozish mumkin, ikki tomonli diskning xajmi esa 50 Gbayt bo‘ladi. Ma’lumotlarni uzatish tezligi 4,5 Mbit/sek.
Do'stlaringiz bilan baham: |