4.2. Assembler tilida operatorlarning formatlari va ularni qo‘llash Assembler tilida
operator - unga mos mashina buyrug‘ining
tuzilishini o‘zida ifodalaydi. Ammo turli xil kompyuterlar uchun ishlab
chiqilgan assembler tillari, ko‘p jixatlari bilan o‘zaro o‘xshash
bo‘lganliklari sababli, assembler tili haqida
umumlashtirib ham gapirish
mumkin. 4.5, 4.6 va 4.7- keltirilgan misollarda, Pentium 4, Motorola 680x0
va UltraSPARC protsessorlari asosida qurilgan kompyuterlar uchun
assembler tilida yozilgan dasturlarning bo‘laklari keltirilgan. Barcha
dasturlar
N = I + J formulani hisoblashni amalga oshiradi. Barcha
misollarda bo‘sh qatorgacha bo‘lgan operatorlar hisoblashlarni bajaradilar,
bo‘sh qatordan pastda joylashgan operatorlar esa
I, J va N o‘zgaruvchilar
yozish uchun mo‘ljallangan xotirani ajratib qo‘yishni amalga oshiradilar.
4.5-rasm. Pentium 4 assemblerida
N = I + J ifodani hisoblash.