Birlashgan millatlar tashkilotining korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (nyu- york, 2003 yil 31 oktyabr) O‘zbekiston respublikasining qo‘shilishi to‘G‘risida



Download 32,06 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.06.2022
Hajmi32,06 Kb.
#636548
Bog'liq
O‘RQ-158-сон 07.07.2008. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003-yil 31-oktabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING KORRUPSIYAGA QARSHI KONVENSIYASIGA (NYU-
YORK, 2003 YIL 31 OKTYABR) O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QO‘SHILISHI TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 24-
iyunda qabul qilingan 
Senat tomonidan 2008-yil 27-iyunda
ma’qullangan
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi 
konvensiyasiga 
(Nyu-York, 2003-yil 31-
oktabr) quyidagi bildirishlar, bayonotlar va shartlar bilan qo‘shilinsin:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1) Konvensiya 6-moddasining 3-bandi bo‘yicha: “O‘zbekiston Respublikasi shuni bildiradiki,
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar
vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligi korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq chora-
tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda boshqa Ishtirokchi-davlatlarga yordam
ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan organlar sifatida belgilangan”;
(1-band O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-noyabrdagi O‘RQ-729-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 03/21/729/1064-son)
2) Konvensiya 42-moddasining 1 va 3-bandlari bo‘yicha: “O‘zbekiston Respublikasi shuni
bayon qiladiki, 15—19, 21, 22-moddalarda, 23-moddaning 1-bandida, 24, 25, 27-moddalarda nazarda
tutilgan qilmishlar milliy qonunchilikka muvofiq jinoiy jazolanadigan qilmishlardir va ularga
nisbatan O‘zbekiston Respublikasining yurisdiksiyasi tatbiq etiladi”;
3) Konvensiya 44-moddasining 6-bandi bo‘yicha: “O‘zbekiston Respublikasi Konvensiya 44-
moddasi 6-bandining “a” kichik bandiga muvofiq shuni bildiradiki, u ushbu Konvensiyadan
korrupsiya jinoyatlari sodir etgan shaxslarni tutib topshirish masalalarida ushbu Konvensiyaning
boshqa Ishtirokchi-davlatlari bilan o‘zarolik asosida hamkorlik qilish uchun huquqiy asos sifatida
foydalanadi”;
4) Konvensiyaning 46-moddasi bo‘yicha:
a) 13-band. “O‘zbekiston Respublikasi shuni bildiradiki, O‘zbekiston Respublikasining Bosh
prokuraturasi o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimoslarni olish va bajarish yoki
bunday iltimoslarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlariga
yuborishga javobgar bo‘lgan markaziy organdir”;
b) 14-band. “O‘zbekiston Respublikasi shuni bildiradiki, o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi
iltimoslarni yuborishda o‘zbek, rus va ingliz tillari maqbul tillar sifatida belgilangan”;
5) Konvensiyaning 66-moddasi bo‘yicha: “O‘zbekiston Respublikasi Konvensiya 66-
moddasining 3-bandiga muvofiq shuni bayon qiladiki, u o‘zini Konvensiya 66-moddasi 2-bandining
qoidalariga bog‘liq deb hisoblamaydi”.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 7-iyul,
O‘RQ-158-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 28-son, 260-modda; Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 19.11.2021-y., 03/21/729/1064-son)

Download 32,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish