J: Moldova(Moldoviya). 50. Bu afrika davlati yonidagi daryo qirg‘og‘idan ko‘plab krevetkalar topilgani uchun portugallar ”Krevetkalar daryosi" deyishgan. Keyinchalik nom ozgina o‘zgargan.
J: Kamerun(dastlab Rio dos Kamorenes)
Mavzu: Bastakorlar 10. Bu mashhur bastakor doim chõntagida õyinchoq qurbaqa olib yurgan va uning omad keltirishiga ishongan. Kim ?
J: Edward Grieg 20. Nemis tilidan tarjima qilinganda U ning laqabi " kichkina qõziqorin" ma'nosini beradi Bunga U ning tashqi kõrinishi sabab bõlgan. U kim?
J: Franz Shubert 30.Johann Strauss bastalagan qaysi kuy Avstriyaning norasmiy madhiyasiga aylangan?
J: Radetskiy marshi 40. 2010 - yilgacha £20 banknotasida Uning suratini kõrish mumkin edi. U 1904 - yilda Qirol Eduard VII tomonidan ritsar qilib tayinlanadi . Qaysi bastakor?
J: Edvard Elgar 50.U qadimiy sanskrit tilidagi matnlarga, xususan Rigvedaga juda qiziqqan. Uning tarjimalari orasida "Ramayana"dagi epizodga asoslangan "Sita" operasi va "Mahabharata" ga asoslangan "Savitri" operasi bor.
J: Gustav Holst
Mavzu: Matritsali OT 10.Prollar uchun ularni qiziqtiradigan yagona ijtimoiy hodisa u bõlib,unda ğalaba qozonish foizi juda kamligini hammamiz bilamiz.
J:Lotoreya 20.M.Tven "Pianinochi" hikoyasida Toni Lindaga pianino chalishni õrganish jarayonida barmoqlarga nima qilishni ular aytadi deydi. Ularni ayting.
J: Notalar 30.Sovet-fin urushi davrida SSSR tashqi ishlar vaziri shu odam edi. Balki shu sababli finlar shu davrda sovet tanklariga qarshi ishlatgan vositani shunday nomlashgandir.
J:Molotov kokteyli 40.Kyoxel katalogi uning asarlarining xronologik tartibdagi tõliq rõyxati hisoblanar ekan.
J:Motsart 50.Djovanni Bragolinning ushbu "la'natlangan" suratining asl nusxasi hali ham topilmagan. Rassom naturshik sifatida õzining kichik õğlini tanlagan.
J: Yiğlayotgan bola
Mavzu: Mashhur ispanlar 10. U olti yoshida u oshpaz bo'lishni xohlagan. Yetti yoshida - Napoleon. Lekin u insoniyat tarixidagi eng buyuk rassomlardan biriga aylandi.
J: Salvador Dali 20. Ushbu ispanni bo’ysunmas ijodi tufayli Ispan Chegevarasi deb atashadi.
J:Federiko Garsiya Lorka 30.O’tgan asrda bu ispan haqida gapirilganda butun umr Xalqaro Olimpiya qo’mitasi prezidenti bo’lib qolsa kerak degan fikr yurar edi. Deyarli shunday bo’lgan desak ham bo’ladi aslida.
J: Xose Antonio Samaranch 40. Los -Anjeles va Vashington operalarida rejissyorlik qilgan ushbu ispan Xose Karreras va Lusiano Pavarotti bilan birgalikda bizning davrimizdagi uchta eng yaxshi tenorlardan biri hisoblanadi.
J: Plasido Domingo 50. Ushbu ispan xuddi roman yozayotgandek filmlar suratga oldi. Uning o’zi ham kamerani qalam sifatida ishlatardim deya takidlab o’tgan. Eng qizig’i u hech qachon sahnalarni qayta suratga olmagan.Kim?
J: Luis Bunuyel