1.1. Namangan muhandislik-qurilish instituti haqida umumiy ma’lumotlar Namangan Muhandislik-Qurilish instituti dastlab 1991-yil Toshkent politexnika instituti filiali bo'lib ochilgan. Yillar mobaynida rivojlanib shu kungacha shu nomni olgan. Bundan oldin Namangan Muhandislik pedogogika instituti nomi bilan faoliyat yuritgan. Hozirgi kunda institutda ko'plab professor o'qituvchlar va olimlar o'z faoliyatini yuritayapti. Institutda hozirda 6 ta fakultet mavjud. Shulardan Energetika va sanoatni axborotlashtirish fakultetiga kiruvchi Informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi kiradi.
Kafedramizda ham professor o'qituvchilar talabalarga dars berishadi. Kafedramiz mudiri bo'lib dotsent To'xtasinov Mumtozali domla faoliyat yuritadilar. Kafedramiz qoshida Axborot texnologiyalar markazi ham ish yuritadi. Bu markaz O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.05.2001 yil 230-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.06.2002 yildagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora tadbirlari to’g’risidagi” 200-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirining “Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tizimidagi o’quv muassasalarida axborot texnologiyalari markazlari tashkil etish” to’g’risidagi 23-sonli buyrug’i, 2011 yil 14 yanvarda 2182-sonli buyrug’i bilan O’zbekiston adliya vazirligi tomonidan ro’yxatdan o’tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko’rsatuvchi va o’quv yordamchi xodimlarining namunaviy shtat birliklarini tasdiqlash to’g’risida”gi qaroriga asosan NamMPI rektorining buyrug’i bilan tashkil etildi hamda shtat birliklari belgilandi.
Informatika va axborot texnologiyalar kafedrasiva Axborot texnologiyalar markazi asosan quyidagi ishlar bilan shug'ullanadi
institutning axborot tizimi va zamonaviy kompyuter tuzilmalari negezida o’quv jarayonini fakultet, kafedra va boshqa bo’linmalarni axborotlashtirish vositalati bilan ta’minlash;
* institutning ichki axborotlashtirish muammolarini hal qilish, ya’ni o’quv jarayonini, institutning ilmiy va ma’muriyxo’jalik faoliyatini, oily o’quv yurtlararo faoliyatini va axborotlashtirish sohasidagi xalqaro faoliyatlarini axborot
texnologiyalari va manbaalar bilan boyitib borish;
* axborot texnologiyalarini joriy etish, institut bo’limlarining dasturiy va texnik vositalar bilan jihozlash sohasidagi
taklif va loyihalari ekspertizasini qamrab olgan holda axborot texnologiyalarini institutning o’quv jarayoniga hamda
boshqa faoliyat doiralariga joriy etish va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish;
* institut boshqaruvi va o’quv jarayonini axborot bilan ta’minlash maqsadida axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini zamon talablaridan kelib chiqqan holda rivojlantirish va joriy etish bo’yicha ishlarni amalga oshirish;
* professor-o’qituvchilar va xodimlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar hamda talabalarga axborot kommunikatsiya
texnologiyalaridan, xususan, internet tizimidan keng ko’lamda o’quv va ilmiy izlanishlar borasida ish olib borishlari uchun
qulay shart-sharoitlar yaratish;
* fakultetlarda kompyuter texnikalaridan
o’quv jarayonida foydalanishni texnik va uslubiy jihatdan qo’llabquvvatlash;
* fakultet va kafedralar uchun yagona tizimga asoslangan elektron
ta’lim resurslarini yaratish hamda joylashtirish ishlarini texnik va dasturiy
jihatdan ta’minlash;
* institutning korporativ axborot tizimini dasturiy va texnik jihatdan
nazorat qilish va ularni talab darajasida ishlashiga ko’maklashish;
institutning yagona axborot tizimini yaratish va rivojlantirish hamda
Respublika va xalqaro tizimga integratsiyalash (yaxlit qilib birlashtirish)ni
ta’minlash, xususan, institut bo’limlari, fakultetlari uchun lokal va uzoq
masofada joylashgan binolarida, talabalar yotoqxonasidagi kompyuterlarni shu tizimga bog’lash loyihalarini ishlab chiqish
va ularni amalga oshirish, tizim infrastrukturasini zamon talablari asosida rivojlantirishni tashkil etish;
* institut axborot serverlarining dasturiy-texnik kompleksini ishlab chiqish va ularning ishlashini nazorat qilish, unda
saqlanayotgan ma’lumotlardan institutning ichki tizimida foydalanish huquqini chegaralash vositalarini ishlab chiqish va
joriy etish;
* institut kompyuter sin¢ari dasturiy komplekslaridan foydalanishni va ishga layoqatliligini ta’minlash;
* professor-o’qituvchilar va xodimlarning boshqaruv faoliyatini hamda o’quv jarayonida zamonaviy axborot
texnologiyalaridan foydalanish borasidagi malakalarini oshirish tizimini uslubiy ta’minlash;
* institut tomonidan boshqa tashkilotlar bilan hisoblash ishlari bo’yicha olib borilayotgan o’zaro hamkorlik xo’jalik
ishlariga ko’maklashish;
* institutning avtomatlashtirilgan axborot tizimini manfaatdor bo’lgan fakultet va bo’limlar uchun ular bilan hamkorlikda
loyihalash, ishlab chiqish va rivojlantirish;
* umum institut Internet va Internet-resurslari holatini tahlil qilish, loyihalash, ishlab chiqish va nazorat qilishni tashkil etish;
* multimediali taqdimotlarni ishlab
chiqish, maketlash va taqdimot materiallarini yaratish;
* umum institut nusxa ko’chirish-ko'paytirish texnikalarining
ishlashiga amaliy yordam berish;
* kommunikatsiya jihozlari, tizimli kommunikatsiya va hisoblash
texnikalarini ta’mirlash bazasini yaratish;
* kompyuter tuzilmalarining tizim ishini testlash va tahlil qilish uslublarini ishlab chiqish;
* axborot resurslari, kommunikatsiya markazi, intellektual kompyuter sistemasi markazlari tomonidan o'quv jarayoni va
faoliyatning boshqa turlarini axborotlashtirish maqsadida bajarilayotgan ishlarni, shuningdek, institutning axborotkommunikatsiya tizimi bilan o’zaro hamkorlikni talab qiladigan ishlarni operativ (tezkor) ravishda o’zaro muvo¡qlashtirish;
* videokonferentsiya, videomaslahatlar va videobahslar o’tkazishda foydalanuvchi va tinglovchilarga amaliy yordam berish;
* kompyuter sin¢ari va lokal tarmoqda axborotlar xavfsizligini ta’minlash;
* ishga yaroqsiz orgtexnika vosilariga texnik xulosa berish;
* Markazning faoliyati va maqsadlariga mos keladigan loyihalar bo’yicha Fan va axborot texnologiyalar markazi hamda chet el grantlariga e’lon qilingan konkurslarda qatnashish;
* O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda mazkur Nizom talablari doirasida faoliyatning boshqa turlarini olib borish. Barchamizga ma`lumki axbоrоtlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisоdiyot va jamiyat hayotining barcha sоhalarida zamоnaviy axbоrоt texnоlоgiyalarini, kоmpyuter texnikasi va telekоmmunikatsiya vоsitalarini оmmaviy ravishda jоriy etish hamda ulardan fоydalanish, fuqarоlarning axbоrоtga оrtib bоrayotgan talab-ehtiyojlarini yanada to’liqrоq qоndirish, jahоn axbоrоt hamjamiyatiga kirish hamda jahоn axbоrоt resurslaridan bahramand bo’lishni kengaytirish uchun qulay shart-sharоitlarni yaratish maqsadida hukumatimiz tоmоnidan bir necha qоnun, 20 dan оrtiq farmоn va qarоrlar qabul qilingan hamda hоzirgi kunda ijrоsi ta`minlanmоqda.