ISBN 978-9943-03-591-1
3
MAQSUD SHAYXZODA
(1908 – 1967)
Maqsud Shayxzoda nomi nafaqat o‘z-
bek kitobxonlari, balki qardosh ozarbay-
jon o‘quvchisi uchun ham ardoqli nomdir.
Chunki iste’dodli shoir Ozarbayjon diyori-
da tug‘ilib, ijodkor sifatida O‘zbekistonda,
o‘zbeklar bag‘rida ulg‘aydi, atoqli qalam so-
hibi sifatida kamol topdi, o‘zbek adabiyoti-
ning
XX
asrdagi
ulkan
namoyandasiga
aylandi. Ikki xalqning farzandi bo‘lmish
Maqsud Ma’sum o‘g‘li Shayxzoda 1908-yil-
da Ozarbayjonning Agdash (Oqtosh) shahrida shifokor oilasida
tug‘ildi. Boshlang‘ich va o‘rta ma’lumotni o‘zi tug‘ilgan shahri-
da olgach, Boku Oliy pedagogika institutiga sirtdan o‘qishga
kiradi. 1925-yildan boshlab Darbanddagi 1-bosqich ozarbayjon
maktabida, Bo‘ynoqdagi ta’lim va tarbiya texnikumida o‘qituvchi
bo‘lib ishlaydi. 1927-yilda aksilinqilobiy tashkilot a’zosi sifati-
da qamoqqa olinib, 1928-yilning fevralida Toshkentga surgun
qilinadi. Maqsud Shayxzoda Toshkentga kelgach, turli gazeta-
jurnallarda adabiy xodim, 1935–1938-yillarda O‘zbekiston Fan-
lar Komiteti qoshidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim,
1938-yildan vafotiga qadar Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat
pedagogika instituti- (hozirgi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat
pedagogika universiteti)ning o‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi-
da dotsent vazifasida xizmat qildi.
Shayxzoda o‘zi e’tirof etganidek, hali savodi chiqmasidan
she’r mashq qila boshlagan shoir. Biroq u o‘zining dastlabki ijod
namunalarini 1929-yildan boshlab e’lon qila boshladi. O‘ttizinchi
yillarda shoirning “Loyiq soqchi”, “O‘n she’r”, “Undoshlarim”,
“Uchinchi kitob”, “Jumhuriyat”, “O‘n ikki”, “Yangi devon”,
“Saylov qo‘shiqlari” nomli she’riy to‘plamlari nashr etiladi. Ush-
bu she’riy majmualar Maqsud Shayxzodani o‘zbek adabiyotida
o‘z ovoziga ega bo‘lgan katta iste’dod sifatida elga tanitdi.
4
Ikkinchi jahon urushi yillarida Shayxzoda barcha o‘zbek
shoir va yozuvchilari qatori bor ijodiy salohiyatini fashizm usti-
dan g‘alaba qozonishga qaratdi. Bu davr shoir ijodining yuqori
darajaga ko‘tarilgan, uni chinakam vatanparvar ijodkor ekanini
namoyon qilgan davr bo‘ldi. Insoniyatga tahdid solayotgan XX
asr balosi – fashizmni yo‘q qilish, hayotni, tiriklikni, or-no-
musni saqlash, xalqni ruhan yengilmas likka, matonatga undash
shoirning o‘sha yillari chop etilgan “Kurash nechun” (1941),
“Jang va qo‘shiq” (1942), “Kapitan Gastello” (1941), “Ko‘ngil
deydiki” kabi to‘plamlarining bosh mavzusi bo‘ldi. Shu yillar-
da Shayxzoda “Jaloliddin Manguberdi” (1944) dramasini yozdi.
Unda o‘z yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun mo‘g‘ul bos-
qinchilariga qarshi kurashgan Xorazm shohining jangovar jaso-
ratini tarixan aniq va haqqoniy tasvirladi.
Qadrli o‘quvchi! O‘zbekiston tarixi fanidan yaxshi ma’lumki,
yurtimizni XIII asrlarda Chingizxon qo‘shinlari bosib olmoqchi
bo‘lganida, xalqimizning asl mard o‘g‘lonlaridan biri Jaloliddin
Manguberdi istilochilarga qarshi qattiq kurashadi. Vatan musta-
qilligini saqlash uchun mardonavor turib jang qiladi. Ushbu
drama o‘z vaqtida sahnalashtirilgan va jasur vatanparvar Jalolid-
din Manguberdi siy mosini sahnada buyuk aktyorimiz Shukur
Burhonov gavdalantirgan.
Maqsud Shayxzoda urushdan keyingi tinch qurilish yillari
yana qaytadan nohaq qatag‘on qilinganiga qaramay, farovon
hayot va bun yodkorlik zavqini tarannum etuvchi she’rlardan ibo-
rat “O‘n besh yil ning daftari”, “Olqishlarim”, “Zamon torlari”,
“Shu’la”, “Chorak asr devoni” kabi to‘plamlarini nashr ettiradi.
1958-yilda shoir qadimiy va navqiron, azim poytaxtimiz Tosh-
kent haqida teran falsa
y va ushbu shaharga nisbatan nihoyatda
ehtirosli tuyg‘ularga boy “Toshkentnoma” dostonini yozadi.
Shayxzoda adabiyotning liro-epik turida ham muvaffaqiyat
bilan qalam tebratgan ijodkor. U “O‘rtoq mulk”, “Tuproq va
haq”, “Chirog‘”, “O‘rtoq”, “Meros”, “Ovchi qissasi”, “Iskandar
Zulqarnayn”, “O‘n birlar”, “Jenya”, “Oqsoqol”, “Ahmadjonning
hikmatlari”, “Uchinchi o‘g‘il”, “Nurmat otaning tushi” kabi
dostonlarning mualli
dir.
5
Maqsud Shayxzoda badiiy asarlar yozibgina qolmay, adabiyot-
shunoslik va adabiy tanqid sohasida samarali ijod qilgan. Ayniqsa
uning buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodi va faoliyatini
o‘rganishga bag‘ishlangan jiddiy tadqiqotlari navoiyshunoslik
fanini yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqdi, desak yang-
lishmaymiz. Shuningdek, zabardast olimimiz o‘zbek mumtoz
va zamonaviy adabiyotning Bobur, Muqimiy, Furqat, Oybek,
G‘a
ir G‘ulom, Hamid Olimjon, xalq og‘zaki ijodining ajo-
yib vakili Fozil shoir, jahon adabiyotining Nizomiy Ganjaviy,
Shota Rustaveli, A. S. Pushkin, N. A. Nekrasov, A. N. Ost-
rovskiy, T. G. Shevchenko, A. P. Chexov kabi namoyandalari-
ga bag‘ishlangan asarlar yaratgan. Shayxzoda mohir tarjimon
sifatida Sh. Rustaveli, V. Shekspir, A. S. Pushkin, M. Yu. Ler-
montov, Nizomiy, Fuzuliy, Mirza Fatali Oxundov, Ezop, Esxil,
Gyote, Bayron, Mayakovskiy, Nozim Hikmat va boshqa yozuv-
chilarning asarlarini o‘zbek tiliga ag‘dargan.
Do'stlaringiz bilan baham: |