Savol va topshiriqlar
1. Radif haqida ma’lumot b
е
ring.
2. Bu istilohning atalishi bilan she’rdagi o‘rni va vazifasi o‘rtasida qanday
bog‘liqlik bor?
3. Radifning qo
yaga bog‘liq jihatlarini tushuntirib b
е
ring.
4. Radifning turlarini sanang.
5. Radifning she’riy janrlar bilan aloqadorligi aynan nimalarda ko‘rinadi?
TUYUQ VA TAJNIS
T u y u q – lirik janr. U arabiy va forsiy adabiyotda yo‘q.
Bu janr namunalarini faqat turkiy she’riyatdagina uchratamiz.
Tuyuqlar aslan turkiy xalqlar og‘zaki adabiyoti ta’sirida
shakllangan, takomil topgan. Keyinchalik yozma adabiyotga
o‘tib, muayyan qoidalarga bo‘ysungan, talablari qat’iylashgan.
Bir necha adabiy-badiiy talab tuyuq janrining asosiy qoi-
dasiga aylangan:
Tuyuq, albatta, to‘rt misradan iborat bo‘lishi kerak.
Tuyuq misralari, xuddi ruboiydagi kabi,
a-a-a-a
yoki
a-a-b-a
tarzida qo
yalanishi zarur.
Tuyuq, albatta, ramali musaddasi mahzuf (yoki maqsur)
vaznida, ya’ni «
foilotun–foilotun–foilun
(yoki
foilon
)» tarzida
bo‘lishi shart. Taqte’si: – V – – / – V – – / – V – (yoki
V – ~).
Tuyuqda qo
yaga olingan so‘zlar, albatta, tajnisli bo‘lishi,
ya’ni omonim so‘zlardan yoki shakldosh so‘zlar turkumidan
tashkil topishi darkor.
Ilgari tuyuqlar janrning ana shu talablaridan dastlabki uchta-
siga javob bergan, xolos. Lekin keyinchalik janrning to‘rtinchi
sharti yuzaga kelgan. Shu tariqa tuyuqlarni tajnissiz tasavvur
qilib bo‘lmay qolgan.
T a j n i s – badiiy san’atlardan biri. Lug‘aviy jihatdan
jins-
dosh,
ya’ni
shakldosh
degan ma’noni anglatadi. Bu
nutqda
shakli bir xil, ammo ma’nosi har xil so‘zlar yoki so‘zlar tur-
kumini qo‘llash,
degani.
Ammo bu san’atni oddiygina qilib,
omonimlar ishlatish
ekan-da,
deb hisoblamaslik kerak. Chunki omonimlar – tilda
96
qat’iylashgan shakldosh so‘zlar. Tajnisni yuzaga keltirish uchun
esa muallif bir necha so‘zlar ishtirokida ohoriy (original, ya’ni
birmartalik) shakldoshliklar yaratishi mumkin. Masalan,
ul Oy,
u loy, uloy (ulay)
so‘z birikmalari tilda o‘zaro omonim emas.
Shoir she’rda bularni shunday qo‘llaydiki, natijada bir gal
ul
Oy (u Oy)
, boshqa safar
u loy,
uchinchi ko‘rinishda esa
uloy
(ulay)
ma’nolarini anglatadi. Shundan ifoda go‘zalligi kelib
chiqadi. O‘quvchi yo tinglovchi shuurida ajib bir badiiy zavq
paydo bo‘ladi.
Turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tili – tajnis yaratish uchun
juda katta imkoniyatlarga ega. Hatto, tilimizdagi shu qulaylik
adabiyotimizda tajnis ishlatish shart qilib qo‘yilgan alohida,
maxsus bir janrning paydo bo‘lishiga olib kelgan.
Tuyuq – shunday janr. Unda qo
yaga olingan so‘z yoki
so‘zlar turkumi o‘zaro shakldoshlik paydo qilishi shart.
Lut
yning mana bu tuyug‘i qo
yasida tajnis bo‘lib kelgan
so‘zlarni ko‘rib o‘taylik:
Ko‘ngluma har yonki boqsam,
dog‘i bor,
Har necha dardimni desam,
dog‘i bor.
Qilcha tanga bori ishqing yor edi,
Bir sori bo‘ldi
roqing,
dog‘i bor.
Birinchi misradagi
dog‘i bor
so‘zlari ko‘ngildagi dog‘ni
ko‘zda tutadi. Ikkinchi misrada esa xuddi shu so‘zlar
otashi
bor
degan ma’noni anglatadi. To‘rtinchi misrada bu so‘zlar
yana (tag‘in) bor
ma’nosida kelgan.
Tajnis qo
yaga olinganda shuning o‘zi qo
ya vazifasini
o‘taydi. Ya’ni ma’nosi har xil bo‘lgani uchun bu yerda tajnisli
so‘zlarning takrorlanishi qo
ya o‘rnida qabul qilinadi.
Shoir tajnisda aynan
bor
so‘zi mavjudligidan foydalanib
uchinchi, ya’ni qo
yasiz misrada ham ataylab
bori
so‘zini
qo‘llaydi. Zimdan bu kalima bilan qo
yadagi so‘zlar o‘rtasida
ham boshqa bir tajnis yuzaga keladi.
97
Do'stlaringiz bilan baham: |