Savol va topshiriqlar
1. “Umr tepasida musht tuygan...” misrasini izohlashga harakat qiling.
2. Shoir o‘z zimmasiga qanday katta ish olganki, uni tamom qilmasdan umri
tugashi mumkinligini aytyapti? Bu satrlarda shoirning bashoratomuz
krlari
ifodalangan bo‘lishi mumkinmi?
3. Nega bu she’rga “Monolog” deb nom berilgan?
4. She’rda qo‘llanilgan badiiy o‘xshatishlarga misollar toping.
5. “Monolog” she’rini to‘liq yod oling.
41
ASQAD MUXTOR
(1920–1996)
XX asr o‘zbek she’riyati, nasri, tarji-
machilik san’ati va dramaturgiyasi rivojida
Asqad Muxtorning alohida xizmatlari bor.
Jahon adabiyotining eng sara namunalarini
puxta o‘rgangan, badiiy ijodga juda jiddiy
faoliyat turi sifatida qaragan bu adib o‘zidan
boy va ibratli adabiy meros qoldirdi.
Asqad Muxtor 1920-yilning 23-dekabrida
Farg‘ona shahrida temiryo‘lchi oilasida dunyoga keldi. Oiladagi
uchinchi farzand bo‘lgan Asqad endigina 11 yoshga to‘lganida
otasi vafot etadi. O‘n ikki yetim bolani boqib katta qilish oson
ish emas edi. Asqadjon balog‘at yoshiga yetguncha bolalar uyi-
da tarbiya topadi, o‘qiydi. 1936-yilda u Toshkentga kelib, jur-
nalistlar tayyorlaydigan kurslarga o‘qishga kiradi, gazeta tahriri-
yatida ishlaydi.
Keyingi taqdiri badiiy va publitsistik ijod bilan bog‘liq
ekanini anglagan Asqad Muxtor 1938-yilda Samarqanddagi
doril fununga o‘qishga kiradi. Urush yillari bu ilm dargohi O‘rta
Osiyo dorilfununiga qo‘shilishi munosabati bilan ko‘pchilik qa-
tori A.Muxtor ham Toshkentda o‘qishni davom ettiradi.
Universitetni muvaffaqiyatli tamomlagach, uni Andijonga ish-
ga yuboradilar. Bu yerdagi pedagogika institutida uch yil da-
vomida o‘zbek adabiyoti kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat
ko‘rsatadi.
1945-yilda Asqad Muxtorning taqdiri yana Toshkent bilan
bog‘lanadi. U o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan matbuot nashr-
larida bo‘lim mudiri, mas’ul kotib vazifalarini bajaradi. Bu yil-
lari uning badiiy va publitsistik matn ustida ishlash qobiliyati
charxlanadi.
1960–1965-yillar oralig‘ida Asqad Muxtor respublikaning
eng yirik adabiy nashri – “Sharq yulduzi” jurnaliga muharrir-
lik qiladi. Uning “Guliston” jurnaliga, “O‘zbekiston adabiyoti
42
va san’ati” haftalik gazetasiga bosh muharrirlik qilgan yillarini
hamkasblari iliq xotiralar bilan yodga olishadi.
Asqad Muxtor badiiy ijodga juda yoshligidan qiziqdi.
Uning “Tilak”, “Tong edi”, “Totli damlar” singari ilk she’riy
asarlaridayoq (1935–1938) adabiyotdan juda ko‘p narsani kutuv-
chi, unga butun umrini bag‘ishlashga tayyor ijodkor qiyofasi
gavdalangandi.
Ikkinchi jahon urushi yillari Asqad Muxtor poeziyasining asosiy
mavzusi, o‘z-o‘zidan, urush bilan bog‘landi. Yosh shoir ning kuchli
pafosga yo‘g‘rilgan “G‘alaba ishonchi”, “Jangchining bayram ke-
chasi”, “Tug‘ishganlar qaytdi”, “Sog‘inish” singari o‘nlab she’rlari
urush davri o‘zbek poeziyasi namunalari bo‘lib qoldi.
Uning “Po‘lat quyuvchi” (1947), “Hamshaharlarim” (1949),
“Rahmat, mehribonlarim” (1954), “Chin yurakdan” (1956), “99
miniatura” (1962), “Karvon qo‘ng‘irog‘i” (1964), “She’rlar”
(1966), “Quyosh belanchagi” (1971), “Sizga aytar so‘zim”
(1978) singari she’riy to‘plamlarini kuzatib, shoirning ijodiy
balog‘atga yetishish jarayonini anglash mumkin.
Ayniqsa, uning “99 miniatura”, “Karvon qo‘ng‘irog‘i”
to‘plam laridan joy olgan lirik asarlari o‘z davri adabiyoti piligi-
ning sezilarli darajada ko‘tarilishiga sababchi bo‘lgan edi.
O‘tgan asrning 50-yillaridan boshlab Asqad Muxtor o‘z ijodiy
imkoniyatlarini prozaik janrlarda ham sinab ko‘rishga kirishdi.
Dast labki kichik hikoyalardan so‘ng, birin-ketin yozuvchining
“Daryolar tutashgan joyda” (1950), “Qoraqalpoq qissasi” (1958),
“Buxoroning jinko‘chalari” (1980), “Bo‘ronlarda bordek halovat”,
“Jar yoqasidagi chaqmoq” (1982), “Kumush tola” (1987) singari
qissalari, “Opa-singillar” (1954–1955), “Tug‘ilish” (1960–1963),
“Davr mening taqdirimda” (1964), “Chinor” (1969–1973),
“Amu” (1984) nomli yirik romanlari yaratilib chop etildi. Bu
asarlarning har biri o‘zbek o‘quvchisi tomonidan katta qiziqish
bilan kutib olindi, jiddiy adabiy bahslar qo‘zg‘alishiga sababchi
bo‘ldi.
Bundan tashqari, Asqad Muxtorning bolalarga bag‘ishlangan
“Chin yurakdan” (1956) nomli she’riy, “Hayotga chaqiriq”
(1956), “Dunyo bolalari” (1962) nomli hikoyalar to‘plamlari
ham nashr qilindi.
43
Rus adabiy tilini juda yaxshi egallagan va his qilgan Asqad
Muxtor tarjimachilik sohasida ham ibratli muvaffaqiyatlarga
erishdi. Masalan, u buyuk dramaturg Sofokl qalamiga mansub
“Shoh Edip” asarini mahorat bilan o‘zbekchalashtirgan edi. Bun-
ga qo‘shimcha Asqad Muxtorning Pushkin, Lermontov, Tagor,
Mayakovskiy, Blok, Gorkiy, Shevchenko singari klassiklardan
qilgan tarjimalari o‘zbek kitobxoniga ajoyib tortiq hisoblanadi.
Taniqli adib uzoq davom etgan og‘ir xastalikdan so‘ng
1996-yilning 17-aprelida Toshkent shahrida vafot etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |