Savol va topshiriqlar
1. “Nil va Rim”dek yirik she’riy asarni yaratmoq uchun ijodkordan iste’doddan
tashqari yana nimalar talab qilingan?
2. Qullar mehnati, kuchi, hayoti evaziga Misr ehromlari, Rim obidalari bunyod
etilgan. Bu ikki hodisa o‘rtasida ziddiyat yo‘qmi? Agar bo‘lsa, Siz uni qanday
izohlagan bo‘lardingiz? Bu savollarga o‘qituvchingiz yordamida, sinfdoshlaringiz
bilan birga javob topishga harakat qiling.
3. “O‘lim yaxshi, odam agar shunday xor bo‘lsa!
Bir parcha non nima o ‘zi! Shunga zor bo‘lsa!” –
misralarida ko‘proq qanday qadr to‘g‘risida gap ketyapti?
4. “Rim ustida shamsiyadek tumanli osmon” misrasida ko‘kdagi holat nimaga
o‘xshatilyapti? Bu o‘xshatishning ramziy ma’nosi ham bormi?
5. O‘zbekiston xalq shoiri A.Oripovning “Olomonga” she’rini topib o‘qing.
Bu she’rdagi olomon bilan “Nil va Rim”da yo‘lbars changalida parchalangan
gladiatorning o‘limiga chapak chalayotgan “xalq” o‘rtasida bog‘liqlik bormi? Bu
masalani ham o‘qituvchingiz yordamida muhokama qiling.
6. “Tun qancha qora bo‘lsa, oy shuncha yorug‘!” misrasiga jo qilingan ramziy
ma’noni izohlashga urining.
7. She’rning lirik qahramoni o‘zini “O‘sha jonman, o‘sha qonman va o‘sha
shonman!!!” – demoqda. Shu birgina misraga insoniyatning erk va ozodlik uchun
olib borgan kurashi jamlangan bo‘lishi mumkinmi? Mulohaza qiling.
8. “Nil va Rim” asaridan bir parchani yod oling va sinfda ifodali o‘qib bering.
37
MONOLOG
Sevgi! Sening shirin tilingdan
Kim o‘pmagan, kim tishlamagan?
Darding yoyday tilib ko‘ksidan,
Kim qalbidan qonlar to‘kmagan?
Seni yaxshi bilaman, go‘zal,
Petrarkani
1
o‘qiganim bor.
Buyuk Rimning Sapfosi
2
azal
Xayolimni oshiqday tortar.
Bilamanki, Tasso
3
bechora
Rohat ko‘rmay o‘tgan bir umr.
Ey makkora qiz, Leonora
4
,
Nomi qora bilan yozilgur!..
Balki, guldan yaralgan pari
Tosh ko‘ngilli Beatriche:
5
– Gadosan, – deb qochmasa nari
Dante baxtli bo‘lardi picha!
Balki, Hamlet
6
oydin tunlarda
Ofeliyani
7
erkalatardi.
Balki, uzun sochini silab
Azongacha ertak aytardi.
Agar xiyonatni bilmasa,
Ezmasa fojia yuragin!
Yo‘q! Yo‘q, shoir! Gar shunday bo‘lsa,
Shekspirning yo‘qdir keragi!
1
Petrarka – qadimgi Rim shoiri.
2
Sapfo – qadimgi Rim shoirasi.
3
Tasso – o‘tli ishq-muhabbat kuylangan asarning baxtsiz qahramoni.
4
Leonora – yana bir adabiy qahramon.
5
Beatriche – mashhur italyan shoiri Dantening sevgilisi.
6
Hamlet – mashhur shoir va dramaturg Uilyam Shekspirning shu
nomdagi tragediyasining bosh qahramoni.
7
Ofeliya – Hamletning sevgilisi.
38
Dezdemona
1
, gunohsiz dilbar,
Jigar qonlaringni ichgan kim?
Bilaman, Otello
2
, bilaman,
Otello haqlimi?.. Shoir – jim!..
Jim!..Ufqdan botar quyoshni
Shart kesilgan boshga o‘xshatdim.
Parcha-parcha kuygan shafaqlar
Tirqiragan qonni eslatdi!
Qanday qo‘rqinch! Qanday qabohat!
Mumkin emas hech qiynalmasdan!
Aqlidan ozganmi muhabbat?
Mumkin emas, qarshi turmasdan!
Mumkin emas, ey, oliy janob,
Necha yurakni aylab xarob.
Shohona toj kiygan muhabbat,
Mumkin emas! Qanday qabohat!
Ki, odamning o‘ziniginamas,
Hissini ham xarob qilsa davr!
Qiynalaman!.. Yuragimda hovur...
Bu – qarshilik! Yo‘q! Gina emas.
Bu – qarshilik! Ko‘ring tarixni.
Umr tepasida musht tuygan...
Qiynalaman vijdon bilan man,
Mumkin emas, qarshi turmasdan!
O‘z zimmamga katta ish oldim:
Ehtimolki, tamom qilmasdan –
Umrim tugar. Ammo, bo‘lmaydi
(Ko‘nglim o‘rniga hech tushmaydi).
Senga qarshi bosh ko‘tarmasdan
Asrlarni yig‘latgan sevgi!!!
1933
1
Dezdemona – Shekspirning yana bir tragediyasi – “Otello”ning bosh
qahramonlaridan biri.
2
Otello – shu nomdagi asarning bosh qahramoni, Dezdemonaning eri.
39
Ishq-muhabbat jahon adabiyoti, tasviriy va qo‘shiqchilik san’ a ti,
musiqasining doimiy va hech qachon ohori to‘kilmaydigan mav-
zusidir. Yodingizda bo‘lsa, mashhur tatar shoiri Xodi Toq tash:
“Muhabbat ul o‘zi eski narsa, Lekin har bir yurak uni yong‘orta
(yangilaydi)”, – degan edi. Zero, har bir inson balog‘at yoshiga
yetar ekan, uning qalbiga avval notanish bo‘lgan ajib bir his –
muhabbat hissi, albatta, mo‘ralaydi. Insonning o‘zi kabi inson
go‘zalligiga, latif chiroyiga, qalb xazinasiga bo‘lgan qiziqishi
bosh ko‘taradi. Ikki yosh bir-birini ko‘rgisi, ko‘zlariga termilgi-
si, uzoq-uzoq suhbatlar qurgisi keladi. Odam bolasi sevgisi, se-
vilgisi keladi.
Usmon Nosir hayoti va ijodi to‘g‘risida avvalgi darsda
o‘qiganingiz ma’lumotda bu shoir haqidagi Turob To‘laning
taassuroti bilan tanishgan edingiz. Uning gaplariga yana bir
e’tibor bering:
“Usmon
she’riyatimizga
shamolday
kirib
keldi.
Balki
bo‘ronday! U shunday to‘polon va to‘lqin bilan keldiki, uncha-
muncha she’riy uslub va ijodni to‘s-to‘s qilib yubordi...”
Usmon Nosirning “Monolog” she’ri bu
krni yana bir bora
tasdiq laydi. She’r lirik qahramoni shunga qadar hamma qulluq
qilib turgan, ta’ri
ga hamd-u sano keltirayotgan sevgiga... qarshi
bosh ko‘taradi.
Uning nazdida, bu tuyg‘u ne-ne insonlarni sarson-sargardon
qildi. Ular orasida Petrarka va Sapfo ham, Tasso va Dante
ham, Hamlet va Otello ham bor. Shoir:
Aqlidan ozganmi muhabbat?
Mumkin emas, qarshi turmasdan! –
der ekan, bu qudratli kuch, bu yengilmas his qarshisiga mardona
chiqadi. Shu yerda shoir o‘zi qarshi borayotgan hodisaning mohi-
yatiga aniqlik kiritadi. Zero, u umuman sevgi-muhabbatni emas,
balki insonning shunday mo‘tabar, nozik tuyg‘ularini xo‘rlagan,
sevgining qo‘llariga xanjar tutqazgan davrni qoralaydi:
Ki, odamning o‘ziniginamas,
Hissini ham xarob qilsa davr!
40
Qiynalaman!.. Yuragimda hovur...
Bu – qarshilik! Yo‘q! Gina emas.
Agar gap faqat sevgining o‘zidagina bo‘lsa edi, lirik qah-
ramon gina-yu araz bilan cheklanishi mumkin edi. U alohida
urg‘u beradiki, “Bu – qarshilik! Yo‘q! Gina emas!”...
Shoir bu masala naqadar chigal, balki yechimsiz ekanini
teran his qiladi. Ko‘ngil ishi, ishq mojarosi “ikki karra ikki –
to‘rt” qabilida hal bo‘lmasligini, bu masalada gunohkorni topish
amrimahol ekanini yaxshi anglaydi.
Siz ham o‘ylab ko‘ring, masalan, Kumushbibi (Abdulla
Qodiriy ning “O‘tkan kunlar” romani qahramoni) fojiasida kimni
aybdor qilib ko‘rsatamiz? Zaynabnimi, O‘zbek oyimnimi, Ota-
beknimi... kimni?
Bu murakkab holatni Usmon Nosir quyidagi misralar
bag‘riga singdiradi:
Agar xiyonatni bilmasa,
Ezmasa fojia yuragin!
Yo‘q! Yo‘q, shoir! Gar shunday bo‘lsa,
Shekspirning yo‘qdir keragi!..
Xulosa qilib aytganda, “Monolog” she’ri sevgi-muhabbat
mavzusi mutlaqo yangi nuqtayi nazardan turib yoritilgan, talqin
etilgan o‘lmas asar hisoblanadi. Nafaqat u yozilgan payti, to
hozirgacha ko‘ngliga muhabbat hissi ingan yoshlar beixtiyor shu
she’r misralarini eslaydilar, boshqaga eshittirmay pichirlaydilar.
She’riyatning, Usmon Nosir poeziyasining kuchi, jozibasi,
“yuqumliligi” ham aynan mana shularda ko‘rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |