«GO‘ZALIM, BEVAFO GULISTONIM...»
Go‘zalim, bevafo gulistonim,
Bog‘i umrimda toza rayhonim,
G‘am-u qayg‘ularim hujumindan
Sen eding mehribon nigahbonim.
Meni behuda tashlading-ketding,
Nega o‘ldirmading-da, tark etding.
Kel, gulim, kel, ayoqingg‘a yiqilay,
Bir zamon qo‘y: to‘lib-toshib yig‘lay.
Qo‘y, biroz qo‘yki, xoki poyingni
Surmadek yoshli ko‘zuma suray.
Ketma, tur, tingla arzi holimni,
Arz etay holi purmalolimni.
Qani ul damki, sen eding yorim,
Munisim, hamdamim, madadkorim.
Sening og‘ushi iltifotingda
Rohat etmishdi jismi bemorim.
Meni behuda tashlading-ketding,
Nega o‘ldirmading-da, tark etding.
Kel, ayoqingg‘a qon bo‘lub to‘kulay,
Bir nafas dardi hajrdan qutulay.
Kel, go‘zal dilbarim, kel, sochingni
Bir taray, bir o‘pay-da, so‘ngra...
Meni behuda tashlading-ketding,
Nega o‘ldirmading-da, tark etding.
Abdurauf Fitratning ko‘p qirrali ijodkor ekanini ta’kidlagan
edik. Uning lirik merosi ham she’riyatning turli janrlaridan
tashkil topgani va bu asarlar mavzusi rang-barang insoniy his-
larni o‘zida mujassam etganini alohida ta’kidlamoq lozim.
173
Avvalgi darslarda Siz bilan shoirning ijtimoiy-siyosiy mav-
zusidagi she’rlariga to‘xtalgan bo‘lsak, bugun uning ishqiy liri-
kasiga oid ajoyib bir asar bilan tanishamiz.
Bu she’rning yozilish tarixi alohida bir qissa bo‘lib, hozir
uni to‘liq hikoya qilib berishning mavridi emas. Faqat bir nar-
sani aytamizki, shoir hayotida chuqur iz qoldirgan iztirobli sevgi
tarixi bu she’rning yozilishiga turtki bergan. Unda ko‘nglining
suygan do‘stidan ayrilgan lirik qahramon iztiroblari quyuq ba-
diiy bo‘yoqlarda ta’sirli ifodalangan. Garchi, mazkur she’r bar-
moq vaznida bitilgan bo‘lsa-da, unda mumtoz lirikamizga xos
bo‘lgan badiiy o‘xshatishlar, jonlantirish, istiora, qochirim sin-
gari adabiy san’atlardan keng foydalanilgani diqqatni tortadi.
Bu narsa shoir tarjimayi holida aytganimiz – Fitratning Sharq
mumtoz adabiyotining katta bilimdoni bo‘lgani ta’siridir.
She’r lirik qahramoni uchun suyukli yor faqat ko‘ngil quvon-
chi, dildorlik ramzi emas. Uning ruhiyatini tinimsiz qaqshatadi-
gan g‘am-u qayg‘ulardan panoh, qalbini yupatib taskin beruvchi
mehribon ham u!
U bilan o‘tgan kunlar munis kunlar edi, dilga hamdam, ruh-
ga madadkor bor edi. Dunyo va tiriklik tashvishlaridan zada
bo‘lib ketgan jism-u jon faqat yor og‘ushidagina orom topar,
bir muhlat hayot og‘riqlarini unutardi.
Ayriliq iztiroblari oshiq ko‘ngilni mutlaqo abgor – xor qildi:
u bunday ko‘rgilikdan o‘limni – barcha azoblardan birdaniga
qutulmoqni afzal biladi. Agar yor qaytsa, u yana bir dildorlik
ko‘rsatsa, oshiq uning oyoqlariga nafaqat o‘tli yosh, balki qon
bo‘lib to‘kilishga – uning amri-la qurbon bo‘lmoqqa rozi...
Fitratning bu she’ri uning ijodkor do‘sti Cho‘lponning ishqiy
mavzudagi asarlariga hamohang ekanini ham e’tiborga olaylik.
Go‘yo ikki buyuk qalb va qalam egalari bu borada ham ijodiy
raqobatga kirishib, yangi vazn – barmoqda o‘zbek she’riyatining
nodir namunalarini yaratgandilar...
Xulosa qilib aytganda, o‘zbek milliy she’riyati, prozasi, mao-
ri
, tilshunosligi, adabiyotshunosligi, jamiyatshunosligi singari
o‘nlab sohalar oyoqqa turishiga, rivojiga ulkan hissa qo‘shgan
Abdurauf Fitratning hayoti va ijodiy yo‘li barcha zamonlar
uchun ibrat namunasi bo‘lib qolishi shubhasizdir.
174
Siz bilan biz bu alloma faoliyatidan Vatanni, Millatni, Xalq-
ni qanday sevmoq lozim, uning taqdiriga daxldor masalalarga
qanday yondashib, ularni qay taxlit yechish to‘g‘ri bo‘lishini
o‘rganishimiz ham qarz, ham farzdir!
O‘tgan ajdodlarimiz merosidan faxrlanish, albatta, kerak. Bi-
roq bu merosning mazmun-mohiyatini chuqur bilmay, his qil-
may, u bilan og‘izdagina maqtanib yurish durust ish emas. Qa-
chonki, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy singari millatparvar
bobolarimiz qalbida yongan yurt ishqi yuraklarimizga ko‘chib
o‘tsa, biz bu olovni asrab-avaylab, u bilan kelgusi nasllar
ko‘nglini yoritsak, shundagina o‘tmish ajdodlarimiz xotirasiga
munosib avlod sanalamiz!
Do'stlaringiz bilan baham: |