XULLAS, UCHINCHI QOIDA:
Har safar xatoga yo‘l qo‘ysangiz yoki muvaffaqiyatsizlikka uchrasangaz, bu haqda uzoq o‘ylamang. Odamlar o‘z xatolaridan o‘rganadilar. Xatoga yo‘l qo‘yish qobiliyatini qo‘yilgan maqsadga erisha bilish qobiliyatidan ajratib bo‘lmaydi. Hech kim har doim g‘alaba qozonolmaydi. Muvaffaqiyatsizliklaringiz rivojlanishingizning zarur sharti va tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Xato qildim deb ko‘p o‘ksimang. Agar vaqti-vaqti bilan muvaffaqiyatsizlikka uchrab turmasangiz, uni yengishga kuchingiz borligini qaerdan bilardingiz? Harakatni to‘xtatmang va omad sizga albatta kulib boqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |