XULLAS, SAKKIZINCHI QOIDA:
Boshqa hech qachon kun va tunlaringizni ikkinchi darajali va keraksiz narsalarga to‘ldirib yubormang, aks holda hayotning chinakam chaqirig‘iga javob berishga vaqtingiz qolmaydi. Bu ishga ham, dam olishga ham birdek taalluqli. Shunchaki «xo‘jako‘rsin»ga o‘tkazilgan kun bayram uchun sabab bo‘la olmaydi. Modomiki, siz doimiy kun tartibingizga ozgina o‘zgartirish kiritib, ko‘p narsaga erishishga qodir ekansiz, qimmatli vaqtingizni behuda sarflamang! Mayda-chuydalarga berilishni, omaddan berkinishni bas qiling. o‘sib-rivojlanishingiz uchun ham vaqt va joy qoldiring. Hoziroq! Ertaga emas, shu bugun!
Do'stlaringiz bilan baham: |