XULLAS, O‘N UCHINCHI QOIDA:
Har bir tongni quvonch bilan qarshi oling. Har bir yangi kunga Tangrining navbatdagi in’omi, kecha tugata olmagan ishingizni nihoyasiga yetkazish uchun berilgan navbatdagi ajoyib imkoniyat sifatida qarang. Kayfiyatingizni kelayotgan kunga sozlang. Birinchi soatdayoq muvaffaqiyat g‘oyasi, bugun qiladigan ijobiy ishlaringizning g‘oyasi tug‘ilsin. Bu kun boshqa hech qachon qaytarilmaydi. Uni dastlabki ondan boshlab, bekorga sarflamang. Yomon kayfiyat tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchrashdan ortiq bemaza narsa yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |