BIRINCHI QISM
ELEKTR YURITMA ASOSLARI
I. BOB. ELEKTR YURITMANING UMUMIY TAVSIFI.
1.1. Elektr yuritma tarifi, turlari va rivijlanishining qisqacha tarixi
Elektr yuritma deb elektr mator, uni boshqaruvchi (ishga tushiradigan,tezligini rostlaydigan tormozlab to‘xtatadigan) lektr apparatlari va mator bilan ish mashinasi orasidagi mexanik uzatmadan iborat qurilmaga aytiladi. Boshqarish apparatlari vositasida avtomatik ravishda ishga tushiriladigan, to‘xtatiladigan yoki yuklanishni o‘zgartirishga qaramay aylanish tezligini o‘zgartirmay saqlaydigan hamda aylanish yo‘nalishini teskari tomonga aylantiradigan yuritma avtomatlashtirilgan elektr yuritma deyiladi. Texnalogiya talablariga binoan tezligi majburiy ravishda o‘zgartiriladigan yuritma rostlanadigan elektr yuritma deb ataladi.
Avtomatlashtirilgan va rostlanadigan elektr yuritma tarkibida o‘zgartirgich ham bo‘lishi mumkin. O‘zgartirgich deb elektr tokini bir turdan boshqa turga, masalan, o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmasga yoki aksincha, shuningdek, tok kuchlanishi yoki chastotasi qiymatini hamda fazalar sonini o‘zgartiradigan moslamaga aytiladi.
Shunday qilib, avtomatlashtirilgan elektr yuritma vositasida elektr energiyasini mexabik energiyagaaylantirishdan tashqari, bu mexanik energiyani elektr usuli bilan talabga binoan rostlash imkoni yaratiladi. Natijada texnalogiya jarayonini takomillashtirish, ish unimi va mahsulot sifatini oshirish mumkin bo‘ladi.
Birinvmchi elektr yuritmasi 1838-yilda rus akademigi B.S.Yakobi tomonidan yaratilgan bo‘lib, u o‘zi kashf etgan o‘zgarnas tok matorini kemaga ortib, uni harakatlantirgan, ammo bu paytda tejamli tok banbayi mavjud emasligi sababli elektr yuritmani keng ko‘lamda qo‘llash imkoni bo‘lmagan. Rus injeneri M.O.Dolivo-Dobrovolskiy tomonidan 1889-1891- yillar orasida transformator, asinxron matori va uch fazalisistemaning yaratilishi bilan elektrotexnika taraqqiyoti misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib ketdi. Bu rus injeneri o‘z navbatida uch fazali elektr energiyasini transformator vositasida uzoq masofaga tejamli uzatib, Garmaniyaning Frankfurt shahrida o‘tkazilgan elektrotexnika sohasidagi birinchi umumjahon ko‘rgazmasida o‘zi yasagan asinxron matorli nasos alaktr yuritmasi ishini namoyish etgan.
Shundan so‘ng, XX asrning boshlaridayoq elektr energiyasini dunyo miqyosida ishlab chiqarish va indan xalq xo‘jaligining turli sohalarida foydalanish keng rivojlanib, elektrotexnika hatto fan sifatida shakllana boshladi.
Agar 1915-1916- yillarda Toshkent ko‘chalrida Belgiyadan keltirilgan konka nomli otlar bilan harakatlantiriladigan yuritmalar paydo bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda Andijon viloyating Asaka shahrida qad ko‘targan zavodda robot va kompyuterlar bilan boshqariladigan elektr yuritmalarning konveyer liniyalarida Neksiya, Damas, Tiko va Matiz nomli yengol avtomobillar uzluksiz ravishda ishlab chiqarilmoqda, shahrimiz ko`chalarida esa, ketma-ket qo`zg`atishli o`zgarmas tok matorli elektr yuritmalarga ega bo`lgan zamonaviy jihozlangan tranvay, trolleybus va metropolitan ishlab turibdi. Demak, hozirgi kunda og`ir va yengil sanoat, qurilish, qishloq xo`jaligi va xatto maishiy xizmat texnikasida elektr yuritmadan keng va samarali foydlanilmoqda.
1.2. Elektr yuritmalarda qo`llaniladigan mator turlari.
Sanoat, transfort, qurilish, qishloq xojaligi ishlab chiqarishi va maishiy xizmat texnikalari elektr yuritmasining matorlari o`zgaruvchan, o`zgarmas va katta quvvatlarda, turli tuzilishlarda ishlab chiqariladi. Xususan iishlashda ishonchli, soda tuzilishli, o`lchamlari va massasi kichik, arzon bo`lgan asinxron matorlar keng qo`llanilmoqda. Jumladan, uzliksiz ishlaydigan tansfort, nasos, compressor, vintelyator mexanizmlaring yuritmasida 4A, 5A, Ai va PA seriyali kichik quvvatli asinxron matorlar ishlatiladi. Ishga tushirish sharoiti og`ir va tezligi rostlanishi kerak bolgan
Do'stlaringiz bilan baham: |