Birinchi prezidenti, buyuk davlat va siyosat


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/44
Sana28.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#717362
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
xoldor

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2017-yil 2- 
sentyabrda Samarqanddagi I.Karimov haykali ochilishidagi nutqi. 
2. O’zbekiston Respublikasi prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2017-yil 25- 
yanvardagi qarori. 
3. I.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”. - T.:”Ma’naviyat”. 2008. 
80-b. 
4. I. Karimov Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, 
ma’naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish- barcha 
ishlarimizning mezoni va maqsadidir. - T: “ Ma’naviyat”, 2007. 225-b. 
5. I.Karimov Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat 
qilish-eng oliy saodatdir.-T: “O’zbekiston”, 2015. 70-b. 
 
 
 
 
 


124 
ISLOM KARIMOVNING BUYUK AJDODLAR XOTIRASIGA 
BAG’ISHLANGAN IJTIMOIY-SIYOSIY FAOLIYATI 
 
Qozoqova Ch., 
SamDCHTI talabasi 
Buyuk insonlarning nomi hech qachon unutilmaydi, balki bugun ular 
yonimizda emasdir, ammo ularning amalga oshirgan ishlari, so’zlari hamon 
yodimizda, xotiralari esa abadiy. Ular biz uchun butun hayotimizga saboq 
bo’ladigan umrni kechirish bilan bir qatorda o’z nomlarini hayot zarvaraqlariga 
oltin harflar bilan yozib qoldirishdi. Ikki daryo oralig’ida makon topgan 
Vatanimizni o’tmishi va buguni uchun sharafli xizmat qilgan ulug’ zotlar nomlari 
cheksizdir. Mamlakatimizning istiqboli asoschisi, yurtimizda yashayotgan har bir 
oila, bola uchun qayg’urgan, U zot Vatanda emas, balki Vatan uning qalbida, 
vujudida yashar edi, shubhasiz. Istiqlol yillarida birinchi prezidentimiz 
rahnomoligida milliy o’zligimizni saqlab, kelajak avlodga yetqazib berish, 
ajdodlarimizning buyuk nomlarini qayta tiklash, xalqimizning boy ma’naviy 
merosini asrab-avaylash va yanada chuqurroq o’rganish borasida ulkan ishlar 
amalga oshirildi. 
Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek, jamiyat taraqqiyotidagi har qanday 
o’zgarishlar, yangiliklar, ayniqsa, insoniyat rivojiga katta turtki beradigan 
jarayonlar, kashfiyotlar o’z-o’zidan yuz bermaydi. Buning uchun avvalo asriy 
an’analar, tegishli shart-sharoit, tafakkur maktabi, madaniy-ma’naviy muhit mavjud 
bo’lmog’I kerak. Haqiqatan ham, tarixga nazar tashlasak ajdodlarimizning nafaqat 
xalqimiz balki butun jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan mardonavor hissalariga 
guvoh bo’lamiz. Ahmad- al Farg’oniy, Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu 
Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher 
Navoiyning nomlari bugun qalbimizda, ong va shuurimizda g’urur va iftixor 
hislarini junbushga keltiradi. Bobokalonlarimizning merosi bilan birgalikda 
ularning nomlarini ham abadiylashtirish maqsadida birinchi prezidentimiz 


125 
tomondan samarali amaliy ishlar bajarildi. Jumladan, 1994-yil mamlakatimizda. 
Mirzo Ulug’bek yili deb e’lon qilindi. O’sha yili Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 
yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Parij shahridagi YUNESKO 
qarorgohida buyuk allomaning ilmiy merosi va uning ahamiyatiga bag’ishlangan 
xalqaro anjuman bo’lib o’tdi. Birinchi Prezidentimiz ‘’Yuksak ma’naviyat – 
yengilmas kuch’’ asarida shunday yozadi. ‘’Bu haqda so’z yuritar ekanmiz,
beixtiyor 1996-yili Parijda YUNESKOning o’sha paytdagi Bosh direktori bilan 
Ferederiko Mayor janoblari bilan bo’lgan suhbat yodimga tushadi. O’shanda janob 
Mayor Ulug’bekning ilmiy merosini yuksak baholab, uning yulduzlar harakatiga 
doir hisob-kitoblari bugungi kunda kompyuter yordamida tekshirib ko’rilganda 
atigi bir necha daqiqaga farq qilishi aniqlandi, deb aytib qoldi. Shunda men unga 
qarab, yo’q Federiko Mayor janoblari, Ulug’bek xato qilishi mumkin emas, balki 
quyosh va yulduzlar harakati o’zgargandir deb javob qaytargan edim. 
Chindan ham, Mirzo Ulug’bek hisobi bo’yicha bir yil 365 kun 6 soat 10 
daqiqa va 8soniyani tashkil etadi. Bugunga kelib esa bir yil 365 kun 6 soat 9daqiqa 
va 6soniyadan iborat ekanligi aniqlandi. Bugun yurtimizda Mirzo Ulug’bek nomi 
berilgan tuman, ma’naviyat maskanlari, mahallalar, ko’chalar ko’p. Aynan istiqlol 
yillarida yengilmas sarkarda Amir Temurning xotirasi va boy merosi tiklandi. 
Davlatimizning birinchi rahbari tomonidan 1996-yil Amir Temur yili deb e’lon 
qilindi va sohibqiron tavalludining 660yilligi keng nishonlandi. Amir Temur ordeni 
ta’sis etildi. Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil etildi.
O’rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning 
zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati’’ mavzusidagi xalqaro 
konferensiyaning Samarqand shahrida o’tkazilishi ham bejiz emas. Zero, bu shahar 
butun dunyo sivilizatsiyasining qadimiy o’choqlaridan biridir. Bu yerdagi obidalar, 
madaniy yodkorliklar ajdodlarimiz dahosidan, olis va buyuk o’tmishdan 
so’zlaydilar. Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, Samarqand tuprog’ining har bir 
zarrasida ulug’ bir hikmat bor, har bir ko’chasi, maydon va xiyobonida salobat, 
fayzu tarovat bor. Bu qadimiy va hamisha navqiron shaharning har bir g’ishtida 
bunyodkor xalqimizning iste’dodi va mahorati, boqiy qadriyatlar mujassam. 


126 
Anjumanda AQSH, Yaponiya, Qohira, Fransiya, Xitoy, Belgiya, Italiya, 
Niderlandiya universitetlari professorlari o’rta asr Sharq allomalarining hayoti, 
ilmiy faoliyati haqida ma’ruza qildi. 
Shular bilan bir qatorda 1998-yili Ahmad Farg’oniyning 1200yiligi, Imom 
al-Buxoriyning 1225 yilligi, 1999-yil Jaloliddin Manguberdining 800yilligi, 2000-
yilda Marg’inoniyning 910yilligi, Imom al-Moturidiyning 1123yilligi keng 
nishonlandi, ularga bag’ishlab haykallar o’rnatildi. Davlatimizning birinchi rahbari 
rahnomoligida amalga oshirilgan islohotlar jarayonida xalqimizning sha’ni, qadr-
qimmati, g’ururi, ma’naviyati va milliy qadriyatlarini qayta tiklashga alohida 
e’tibor qaratildi. Mustabid tuzum davrida qatag’on qilingan yuzlab yurtdoshlarimiz 
xotirasi abadiylashtirildi. 2000-yili poytaxtimiz Bo’zsuv sohilida ‘’Shahidlar 
xotirasi’ yodgorlik majmui barpo etildi. Majmua tarkibida ‘’Qatag’on qurbonlari 
xotirasi’’ muzeyi va shu nomdagi jamg’arma tashkil qilindi. Aziz avliyolarimiz 
mangu orom topgan maskanlarning ziyoratgohlarga aylantirilishi, muqaddas 
qadamjolarning obod etilishi, bugun biz yoshlarning o’z tarixidan faxrlanish 
tuyg’usini kuchaytiribgina qolmay, buyuk ajdodlarga munosin vorislar bo’lib 
kamol topishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish